Yurak-qon tomir tizimi funktsiyalarining yoshga oid xususiyatlari va ularning jismoniy faoliyatdagi ah’amiyati


Download 178.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.12.2017
Hajmi178.91 Kb.
#21660
  1   2   3

%ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÎËÈÉ ÂÀ %ÐÒÀ ÌÀÕÑÓÑ 

 Ò!ËÈÌ ÂÀÇÈÐËÈGÈ

 

             ÁÅÐÄÀ¹  ÍÎÌÈÄÀGÈ #ÀÐÀ¹ÀËÏι ÄÀÂËÀÒ 

 ÓÍÈÂÅÐÑÈÒÅÒÈ

 

          



Åêîëîãèÿ âà ôèçèîëîãèÿ êàôåäðàñè 

 

 



 

ÉÓÐÀÊ-¹ÎÍ ÒÎÌÈÐËÀÐ ÔÈÇÈÎËÎÃÈßÑÈ

 

ôàíèäàí ìà



’ðóçà ìàòíè 

 

 

 

 



 

 

           



 

 

Òóçóâ÷è`  



 

 

 



Ìàòóðàçîâà Ý. 

 

 



 

 

 



No’kis  

 

Yurak-qon tomir tizimi funktsiyalarining yoshga oid xususiyatlari va 

ularning jismoniy faoliyatdagi ah’amiyati. 

 

 



 

 

Reja: 

1. Kirish. 

2. Asosiy qism. 

2.1. Qon, qon aylanish tizimi va uning funktsiyalari. 

2.1.1. Qon tarkibi va uning fizikaviy-kimyoviy  xususiyatlari. 

2.2. Jismoniy faoliyat va uning fiziologik asoslari 

2.3. Jismoniy faoliyatda qon tizimida yuzaga keladigan o’zgarishlar. 

2.4. Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat.  

3. Yakuniy qism (xulosalar).  

    Adabiyotlar. 

 

Kirish. 

Bajaraladigan h’ar qanday jismoniy ish, muskul h’arakati tanadagi barcha 

tizim va azolar funktsiyasiga faol tasir qiladi. Masalan, oddiy h’araktlar-yurish, 

chopish, sakrash, qo’l meh’nati va h’okazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar 

almashinuvi, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funktsiyasi kabi 

tiriklik faoliyatilarni tezlashtiradi. Og’ir jismoniy meh’nat qilishda esa 

kuzatiladiganbunday o’zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu h’olat organizm 

uchun befarq bo’lmaydi.  

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish zaminida sog’lik va 

salomatlikni muh’ofaza qilish, meh’nat unumdorligini oshirish, h’alqlar va 

davlatlar o’rtasida do’stlik munosabatlari o’rnatish va mustaxkamlash kabi 

tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul 

h’arakati tanadagi barcha tizim va azolar funktsiyasiga faol tasir qiladi.   

Salomatlik bir kishi emas, balki butun jamiyat boyligidir. Uni 

mustaxkamlash, saqlash inson umrini uzaytirish, samarali, faol xayot kechirishi 

uchun barcha sharoitlarni yaratib berish Respublikamizda eng ustivor 

maqsadlardan biri qilib belgilangan. 

 

Ah’oli salomatligini yaxshilashda odamlarning jismoniy faoliyat va sport 



bitlan shug’ullanishi katta samara berishi yaxshi malumdir. Akademik V.V. Parin 

(1969 y.) takidlab o’tganidek “Jismoniy faoliyat organizmda almashinuv 

jarayonlari darajasi, h’amda suyak, muskul va yurak-qon tomir tizimi h’olatlarini 

belgilaydigan omillar qatoriga kiradi”. 

 

Lekin xozirgi davr muammolaridan biri aynan kamh’arakatlik bo’lib, u 



tobora rivojlanib borib er yuzi ah’olisi salomatligiga katta taxdid solmoqda. Bir 

kechayu-kunduzda odam organizmi o’rta h’isobda taxminan 2800-3800 kkal. 

energiya sarf qilishi va undan 1200-1900 kkal energiya jismoniy faollikga 


sarflanishi kerak bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatgich  oxirgi 100 yil 

ichida 200 barobar kamayib ketganligi takidlanmoqda.  

 

Jismoniy faoliyat va sport organizdma ayniqsa yoshga bog’liq o’zgarishlar – 



jismoniy va aqliy qobiliyatlar, immunitet, turli stresslarga qarshilik kuchi 

kamayishi, yurak –qon tomir tizimida yuz beradigan kamchiliklar rivojlanish 

vaqtini ancha orqaga suradi. Bunda birinchi navbatda organizmning qon va yurak – 

qon tomir tizimlaridagi adaptatsion o’zgarishlari katta ah’amiyatga ega. Chunki bu 

tizim  organizm ichki muh’iti barqarorligini saqlash, modda va energiya 

almashinuvi jadalligini belgilash va h’okazo h’ayotiy jarayonlarni to’g’ri borishida 

asosiy rol o’ynaydi. 

Faol h’arakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha azolarning 

meyoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan h’arakat qilib turish sharoitdagina o’z 

funktsiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun h’am jismoniy tarbiya va sport 

bilan shug’ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim.  

Faol h’arakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam 

chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini h’am tegishli 

ravishda taminlaydi. 

Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon 

bosimining yuqori bo’lishi (gipertoniya), miokard infarkti, asab tizimining qator 

xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o’t va siydik yo’llarida 

tosh paydo bo’lishi kabi «zamon kasalliklari» ko’pincha jismimizning h’arakatga 

«to’ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o’tiladigan kasalliklar bilan og’rigan 

bemorlarning aksariyat qismi o’tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, ilmiy 

xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rah’barlar va 

boshqalar) shug’ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining 

doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki 

maxsus sport sektsiyalarida shug’ullanishi eslatib o’tilgan xastaliklarning 

chekinishiga, salomatliklarining mustah’kamlanishiga olib kelgan (Qurbonov va 

boshqalar, 2007). 

Yurak-qon tomir tizimidagi yoshga oid o’zgarishlar bu tizimni 

 

organizmning jismoniy faoliyatini etarli amalga oshirishdagi ishtirokini taminlab 



turadi. Har bir rivojlanish bosqichida organizmning jismoniy imkoniyatlari bu 

tizimning funktsional h’olati bilan belgilanadi. 

 

Jismoniy faoliyat va sport bilan shug’ullanishning organizmga, xususan qon 



tizimiga tasir etishi murakkab bo’lib, uning davomliligi, intensivligi va ayniısa 

organizmningyoshiga bog’liq bo’ladi. Masalan, maksimal quvvatli va engil 

jismoniy mashqlarning organizmninga tasiri bir biridan tamoman farq qilishi 

mumkin. Vah’olanki, turli sport muassasa, maktab va litseylar, sog’likni saqlash 

kabi tashkilotlarda bu muammoga bag’ishlangan ilmiy va o’quv-uslubiy 

 

materiallar etarli emas. 



 

 

2. Asosiy qism. 

Malumki, o’rta yoshli va keksa kishilar yosh nuqtai nazaridan fiziologiyada 4 

davrga bo’lib o’rganiladi.  


1. Wrta yoshli 45 – 59 yosh 

2. Keksalik 60 – 74 yosh 

3. Qarilik 75-90 yosh 

4. Uzoq umr ko’ruvchilar – 90 va undan yuqori. 

 

Ёshning bu davrlari shartli bo’lib yoshga qarab organizmning morfologik, 



biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari h’ar xil bo’ladi. Shu sababli kishining 

biologik yoki taqvimiy yoshga to’g’ri kelmasligi mumkin, bazi kishilar yoshiga 

nisbatan keksaroq yoki teskarisicha bo’lishi h’am mumkin.  

 

Har xil sotsial – iqtisodiy sharoitlar, optimal h’arakat rejimi, jismoniy 



mashqlar bilan muntazam shug’ullanib borish, maqsadli tibbiyot xizmati kishining 

biologik yoshini cho’zishi mumkin. 

 

Boshqa fikrlarga ko’ra organizmning keksarishiga sabab undagi qismlarning 



eyilishidir, qanchalik organizm ko’p va tez ishlasa uning to’qimalari shunchalik tez 

ado bo’ladi. Lekin bu fikr unchalik  to’g’ri emas chunki faol h’ayot kechirib, ko’p 

ishlaydigan olimlar bosh miya nerv h’ujayralarining boshqa kasbdagi kishilarga 

qaraganda ko’p ishlashiga qaramasdan uzoq yillar yashashi aniqlangan.  

 

Uchinchi fikrga ko’ra h’ar bir odam tug’ilganida uning malum «energiya 



zah’irasi» bo’ladi, uni ko’p sarflasa kam yashaydi, iqtisod qilib sarflasa uzoq vaqt 

yashaydi. Hozirgi kunga kelib bu g’oyalarning barchasi to’lig’incha to’g’ri 

emasligi isbotlangan.  

 

Keksarishda asosiy sabab h’ujayra tsitoplazmasi yangilanishining 



sekinlashib borishidir. Keksarib borgan sari organizimda dissimilyatsiya 

assimilyatsiyaga qaraganda kuchayib boradi. Keksarishda yana markaziy nerv 

tizimi va endokrin bezlarda bo’ladigan o’zgarishlar muh’im o’rin tutadi. Ayniqsa 

gipotalamusda kuzatiladigan nuqsonlar tufayli gipofiz ishi yaxshi boshqarilmay 

qoladi, natijada barcha ichki sekretsiya bezlari va nerv tizimi faoliyatida 

kuzatiladigan boshqarish va muh’itga moslashish izdan chiqib kishi keksarish 

oqibatida o’z faoliyatini bir tekis seknilashtirmaydi, masalan, buyraklarda ok-

sidlanish jarayonlari 11% ga kamayganda, yurak muskullarida bu ko’rsatgich 28% 

jigarda esa 34%  ni tashkil qiladi. 

 

2.1. Qon, qon aylanish tizimi va uning funktsiyalari. 

 

Qon odam tanasida qon tomirlari bo’ylab to’xtovsiz h’arakat qilib turadi. 



Qon limfa h’olida to’qimalararo suyuqlik bilan birgalikda organizmning ichki 

muh’itini tashkil qiladi. U tanadagi h’ujayra to’qimalar bilan faqat to’qimalararo 

suyuqliklar yordamida aloqa qilib turadi. Qondan to’qimalarga oqib kelgan 

moddalar dastlab to’qimalararo suyuqlikka, undan to’qimaga o’tadi. Hujayralar va 

to’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida h’osil bo’gan keraksiz moddalar 

h’am dastlab to’qimalararo suyuqlikka va undan limfaga o’tadi. Limfa esa o’z 

navbatida qonga borib qo’shiladi. 

 Qonning 

bajaradigan 

funktsiyalari 

juda muh’im bo’lib, ular asosan 

quydagilardan iborat:  



1) 

Oziqlanishda ishtirok etish, oziq moddalar, uglevodlar, oqsillar, 

yog’lar, vitaminlar va mineral moddalarni tana bo’ylab tashish bilan belgilanadi.  

2) 


Nafas olishda qon muh’im ah’amiyat kasb etib, o’pkadan barcha 

to’qima va h’ujayralarga O

2

 u erdan o’pkaga CO



2

 ni tashiydi. 

3) 

Ajratish funktsiyasi to’qima va h’ujayralarda moddalar almashinuvi 



bois h’osil bo’ladigan oxirgi mah’sulotlarni tanadan chiqarib yuborish bilan 

xarakterlanadi. Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan sut 

kislotasi yog’larning chala parchalanishidan yuzaga keladigan ketonlar, ammiak, 

mochevina, siydik kislotasi, kreatinin va boshqalar kiradi. 

4) 

Himoya funktsiyasi qonning turli qismlari tomonidan yot 



moddalarning (mikroblar va boshqalar) zararsizlantirilishi bilan xarakterlanadi. 

Masalan, qon oqsillari immunitet h’osil bo’lishida, oqqon tanachalari esa 

mikroblarni zararsizlantirishda (fagotsitozlik yo’li bilan) faol ishtirok qiladi 

(fagotsitozlik rus olimi İ.İ.Mechnikov tomonidan 1882 yili ochilgan). 

5) 

Gumoral funktsiya - kon tarkibidagi biologik faol moddalar (masalan, 



gormonlar) vositasida azolar va tizimlarning bir-biriga bog’lanishi bilan 

xarakterlanadi.  

6) 

Termoregulyator funktsiya -  tana issiqligini boshqarib borishi bilan 



xarakterlanadi. Masalan, tananing chuqur qismida vujudga kelgan h’aroratni isigan 

qon tana yuzasiga olib chiqadi.  

7) 

Tanada suv va tuzlar almashinuvida ishtirok qilish funktsiyasi, arterial 



kapillyarlarda suv va tuzlarning to’qimaga venoz kapillyarlarda esa suyuqliklar va 

tuzlarning to’qimalardan qonga qaytarilishi bilan xarakterlanadi. 

 

2.1.1. Qon tarkibi va uning fizikaviy-kimyoviy  xususiyatlari. 

Qon zardob yoki plazma (40-45 %), h’amda shaklli elementlardan (55-60 %) 

iborat. Qonning  tarkibi va fizikaviy xususiyatlari unga kelib qo’shiladigan va 

ajralib chiqib ketadigan moddalar miqdori va tarkibiga bog’liq. Odamda qon 

miqdori umumiy tana massasining 6-8 %  tashkil qilib o’rtacha 5-6 litrga teng, 14 

yoshli bolalarda esa uning miqdori 9 % ga etishi mumkin. Qonning h’ammasi bir 

yo’la tomirlarda oqib yurmasdan uning taxminan 45-50 % i jigar, taloq, teri va 

o’pkalarda zaxira saqlanadi, shuning uchun bu azolarni qon deposi deyiladi. Zaxira 

qon tarkibida gemoglabin va shaklli elementlar oqib yurgan qonga qaraganda 15 % 

ko’p bo’ladi. Zaxira qon tomirlariga past atmosfera bosimi paytida, ko’p qon 

yo’qotilganida h’amda muskul faoliyati davrida chiqadi. Qon malum 

yopishqoqlikka ega bo’lib, uning bu xususiyati suvga nisbatan 5 marta ziyod va u 

qondagi oqsillar h’amda shaklli elementlar tufayli yuzaga keladi. Sportchining 

uzoq vaqt mashq qilishi natijasida qonning yopishqoqligi oshadi. Qonning yana bir 

fizikaviy xususiyati yani solishtirma og’irligi suvga nisbatan yuqori bo’lib 1,05-

1,06 ga teng.  

Qonning osmotik bosimi qondagi tuzlar kontsentratsiyasi bilan belgilanadi. 

(odamda bu ko’rsatgich 0,9 %), u shaklli elementlar va boshqa h’ujayralar 

yarimo’tkazgich membranasi orqali erituvchining (suvning) kontsentratsiyasi kam 

tomondan kontsentratsiya ko’p tomonga o’tgan ko’rsatgichidir (kuchidir). 

Malumki, membrana orqali suv o’tib, h’ar qanday moddalar o’tavermaydi. 


Osmotik bosim tufayli, tanadagi barcha suyuqliklarning kontsentratsiyasi malum 

fiziologik meyorda ushlab turiladi. Suyuqlik osmotik bosimi shaklli elementlar 

ichidagi osmotik bosimdan yuqori bo’lsa-gipertonik, oz bo’lsa-gipotonik, baravar 

bo’lsa-izotonik eritma deyiladi. Shuning uchun qonda shaklli elementlar va plazma 

osmotik bosimi malum nisbatda bo’lishi yashash uchun shart. Qon osmotik bosimi 

organizmda murakkab tizim bilan boshqarilib boriladi (qon tomirlarida, to’qimalar 

va gipotalamusda bo’ladigan maxsus osmoretseptorlar orqali), bu o’rinda teri va 

buyraklar juda katta ah’amiyatga ega. 

Qonning onkotik bosimi qondagi oqsillar bilan yuzaga keltiriladiganosmotik 

bosimdir (oqsil miqdori qonda 7-8 %). Onkotik bosim to’qimalardagi suvning qon 

tomirlariga o’tishini belgilaydigan kapillyarlardagi gidrostatik bosimdir. Masalan, 

arteriya kapillyarlarida u 35 mm simob ustuniga teng, shuning uchun h’am bu 

joyda qon zardobi qon tomiridan to’qimalarga o’tadi, venalarda esa kam va 

suyuqlik qonga (to’qimalardan) o’tadi. Demak onkotik va gidrostatik bosim tufayli 

to’qimalararo suyuqlik va qon orasida moddalar almashinuvi doimiy h’olda sodir 

bo’lib turadi.  

Qon reaktsiyasi N

+

 va ON



  –

 ionlari kontsentratsiyasi bilan belgilanadi. 

Qonda bu ko’rsatgich N

+

 bilan h’isoblanadi rN (inglizcha Poo’er of Hydragen – 



vodorodning kuchi). u vodorod ionlari kontsentratsiyasining teskari logorifmi 

ifodasi. rN odamda 7,35-7,47.  

Qon reaktsiyasining doim bir xil bo’lishida bufer tizimlar, o’pkalar orqali 

So

2



 ning chiqarilishi va buyraklar orqali kislotali mah’sulotlarning chiqarilishi 

muh’im ah’amiyatlidir. Bufer tizimlar karbonat, fosfor, qon plazmasi oqsillari va 

gemoglabindan iborat. Karbonat bufer N

2

 SO



, NaHCO


3

 , KHCO


3

 . Agar qon 

plazmasida  kislota ko’paysa(N

2

 SO



3

 dan kuchli bo’lsa) uning anioni natriy kationi 

bilan birikib neytral tuz beradi, vodorod ionlari NSO

3

 anioni bilan birikib beqaror 



ko’mir kislota h’osil bo’ladi, u esa o’z navbatida N

2

O va SO



2

 parchalanib ketadi.  

Fosfatli bufer tizimiga NaH

2

 RO



4

 , Na


2

 HRO


4

 larni olish mumkin. Ularning 

biri kislotalik, ikkinchisi ishqorlik xususiyatiga ega. Plazma oqsillari amfoterlik 

xususiti bilan (kislota bilan asos sifatida, asos bilan kislota sifatida reaktsiyaga 

kirishish) qon reaktsiyasini birdek saqlaydi. 

Gemoglobin qon bufer tizimining 75 % tashkil qiladi (oksigemoglabin-

kislotali, sof gemoglabin-kuchsiz kislotali xususiyatga ega). Odatda qonda 

kislotalik moddalar ko’proq bo’ladi. Shuning uchun uning ishqorlik rezervini 

aniqlash fiziologiya amaliyotida muh’imdir. Qon reaktsiyasining kislotalik 

tomonga og’ishi – atsidoz ishqorli tomonga og’ishi – alkoloz deyiladi. 

Qon zardobi yoki plazmasi organik va anorganik moddalarning suvdagi 

eritmasidir. Uning tarkibida 90 % oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mochevina, siydik 

kislotasi, sut kislotasi, mineral moddalar, erigan gazlar, vitaminlar, gormonlar va 

fermentlar bo’ladi.  

Zardob oqsillar  qon yopishqoqligini h’amda qon reaktsiyasini belgilaydi. 

Qon bosim uning yopishqoqligiga bog’liq, qon qancha yopishqoq bo’lsa bosim 

shuncha yuqori bo’ladi. Yana ular aytib o’tilganidek immunitetni yuzaga keltiradi, 

qon ivishida faol qatnashadi, siydik limfa h’osil bo’lishida qatnashadi. Ularda 

uglevodlardan glyukozaning zardobidagi miqdori o’rtacha 0,1 %, sut kislotasi esa 


h’ar 100ml qonda 12-15 mg anorganik moddalar plazmada ionlarga parchalangan 

tuzlar kuo’rinishida o’rtacha 1% tashkil qiladi. Eng ko’p uchraydigan ionlar   Na  

va Cl bo’lsa kamroq uchraydigani K,Ca va Mg ionlari. Bu moddalardan K yurak 

urishini sekinlashtirsa Sa tezlashtiradi. Yana Ca qon ivishida qatnashadi. 

 

Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) leykotsitlar (oq qon tanachalari) va 



tromobotsitlardan ( qln plastinkalari) iborat (. . .rasm, Seropegin va boshqalar 87 

bet, ris. 30). Qizil qon tanachalarining umumiy yuzasi odamda 3800m

2

 

(tananikidan 1500 mata katta). Eritrotsit membranasi orqali suv, gazlar, N



+

ioni, 


ON

-

, Sl



-

 HCO


-

3

 annonlari o’tib, ko’pgina kationlar va oqsillar o’taolmaydi. 



Eritrotsitlarning quruq qoldig’ida 95% gemoglabin, qolganlari lipid, uglevod, 

tuzlar va fermentlardir. Eritrotsitning rilib gemoglabin chiqishi gemoliz deyiladi. 

Odamda oqib turgan qlndagi eritrotsitlar soni 25.10

12

-30



⋅10

12

gacha Odamning 



1mm

3

qonida o’rtacha 4-5mln eritrotsit bor. U yadrosiz bo’lib, diametri 7-8mk 



qalinligi 2-3 mk.Ularning vazifalari: 1) O

va SO



2

tashish. 2) Oziq moddalarni 

biriktirib borish;3) organizm kislot ishqor nisbatini bir xil saqlash; 4) Suv – tuz 

almashinuvida qatnashish; 5) Qon ivish jarayonini faollashtirishda qatnashish. 

Eritrotsitlarda mavjud bo’lgan oqsillardan gemoglabin muh’im ah’amiyatga 

ega. Bitta eritrotsitda 400mln gemoglabin molekulasi bo’ladi. uning tarkibi oddiy 

globin va oqsilsiz pigment–gemdan iborat. 

Gemoglabin tarkibida ikkivalent Fe temir elementi 1 g gemoglabinda 3,5 mg 

bo’ladi. O

va SO



ning tashilishda asosiy fungktsiya gemoglabinga tegishlidir. 

Odam qonida gemoglabin miqdori -14,0 g/100sm

3

 65 kg odamda bilan birikkan 



gemoglabin (NVO

2

) oksigemoglabin deyiladi. Oksigemoglabin ochiq qizil rangli, 



shuning uchun arterial qon aynan shu rangda bo’ladi. O

2

ajralgan gemoglabin 



redutsirlangan gemoglabin deyiladi va qoramtir qizil rangda bo’ladi venozqon. SO

2

 



bilan birikkan gemoglabin karbogemoglabin deyiladi. Gemoglabin (is gazi) bilan 

ancha barqaror brikma h’osil qiladi. (O

va Nv ning yaqinligi nisbatan SO va Nv 



yaqinligi 300 marta ziyod va bunday paytda kislorodga nisbatan kuchli chaqqonlik 

paydo bo’ladi 9Kusish, bosh og’rig’i, h’ushdan ketish). 

Yurak va tana muskullarida yana bir pigment-mioglobin bo’lib, u o’zida O

2

 



saqlab turish xususiyatiga ega.  

 

Eritrotsitlar malum cho’kish reaktsiyasiga ega(plazmaga nisbatan 



solishtirma massasi yuqoriligi uchun). Erkaklarda bir soatida 5-9mm, xoti-qizlarda 

8-10mm. Xomildorlik, tanadagi yallig’lanish bu jarayonni tezlashtiradi. Kuchli 

jismoniy mashq bu protsessni sekinlashtiradi. 

Oq qon tanachalari (leykotsitlar) eritrotsitlarga nisbatan ancha kam, odam 

qonning 1mm

3

da 6000-8000 ta bo’ladi. Ularning soni sutkalik turli soatlarda va 



organizimning h’ar xil funktsional h’olatlarida masalan jismoniy mashq qilganda 

o’zgarib turadi. Ularning ko’payishi leykotsitoz, kamayishi-leykopeniya deyiladi.  

 

Leykotsitoz ikki xil, yani fiziologik ( h’omiladorlik davrida, 



ovqatlanishdan, jismoniy ishdan keyin, ruh’iy-h’issiy kechinmalar, ( og’riq 

natijasida) va reaktiv  organizimda bo’ladigan yallig’lanish va infektsion 

kassaliklar tufayli h’olda sodir bo’ladi. Leykopeniya ko’pincha nur kasalligiga 

to’lqin va dori-darmonlarni ko’plab qabul qilish natijasidir. Barcha turdagi 



leykotsitlar amyobasimon h’arakat qiladi (40 mk/ min tezlik bilan). Leykotsitlar 

malum kimyoviy qitiqlagichlar tasirida kapillyarlar endotelitsidan chiqadi va 

mikroblari o’z tsitoplazmasi bilan o’rab olib h’azm qiladi(fagotsitoz), bir leykotsit 

15-20 bakteriyani saranjomlaydi. Leykotsitlar organizimni h’imoya qiladigan 

maxsus modda antitelalar ishlab chiqaradi (antibakterial, antitoksin xusuiyatlarga 

ega bo’lgan). 

Leykotsitlarda bir qator fermentlar h’am bo’ladi (protezalar, peptidazalar, 

diastazalar, lipazalar, dezoksiribonukleazalar). Leykotsitlar tsitoplazmasida 

donachalari bor(granulatsitlar) va donachalari yo’q (agranulotsitlar) gruh’larga 

bo’linadi.  

 

Granulotsitlar umumiy leykotsitlarning 60% ni tashkil qiladi va 



ularning yashash muddati 2 sutka . Ularning o’zi ranglanish xususiyatiga ko’ra 

yana uchga bo’linadi (eozinofiya, bazofil va neytrofil). 

Agronulotsitlar ikkiga bo’linadi, yani limfotsitlar va monotsitlar. 

Limfotsitlar limfatik tugunlarda, taloqda, ayrisimon bezda, ilikda, monotsitlar esa 

suyak iligida h’osil bo’ladi. Leykotsitlar 3-10 kun umr ko’radi. 

Trombotsitlar yoki qon plastinkalari (soni 1mm

3

 da 200,000-400,000), 5-11 



kun yashaydi.  

Ovqatlanishdan keyin, jismoniy ish bajarganda, h’omiladorlik natijasida 

trombotsitlar soni ko’payib ketadi. Ular qon ivishida qatnashadi (Uzidan maxsus 

ferementlar ajratib), organizimning immunobiologik reaktsiyalarida qatnashadi.                   

Qonning ivishi muh’im biologik jarayon bo’lib, buning uchun h’ar bir qon 

tomiri devorida malum olimlar bor, masalan tomirning shikastlanishi u erdagi 

elektr zaryadini manfiy tomonga buradi va oqibatda tromboitlar bir-biriga yopishib 

(kleylanib) aroh’at og’zini yopadi, qon iviydi. 

Tomirlarda oqib yuradigan qonning ivimasligi geparin moddasi taminlaydi, 

u protrombinni trombinga aylanishni, tromboplastin, fibrin h’osil bo’lishini 

to’xtatib turadi. Yana qonda trombinni parchalab yuboradigan antitrombin bo’ladi. 

Qon ivish ivimasligi murakkab neyrogumoral mexanizimlar bilan amalga oshirilib 

turiladi. Turli stress h’olatlar, ruh’iy zo’riqishlar qon ivish jarayonini tezlashtiradi. 

Strees h’olatlarida qon ivishni tezlashtiradigan gormonlar-adrenalin va 

noradrenalinlardir. 

Qon guruh’lari to’g’risida dastlabki ilmiy malumot 1901 yili Avstraliyalik 

olim Karl Landeshteyner tomonidan berilgan. Turli odamlar qoni bir-biriga 

aralashtirilganida bazan eritrotsitlar bir-biriga yopishib (agglyutinatsiya) qoladi. 

Bunga asosiy sabab eritrotsitlarda bo’ladigan antigenlar - agglyutinogenlar (A, V) 

va plazmada uchraydigan antitelalar agglyutininlardir.  I guruh’ – faqat  

agglyutininlar, II guruh’da agelyutinogen A va  aggliyutenin v, III guruxda 

agglyutinogen V va  agglyutinogen b, IV guruh’da faqat A va V agglyutinogenlar 

uchraydi xolos.  

Evropaliklarning 40%  I  qon guruh’iga, 40 dan ko’prog’i II qon guruh’iga, 

10 % - III qon guruh’iga va 6% yaqini IV qon guruh’iga ega. 

Qon quyish katta biologik ah’amiyatga ega. Uni malum sxema bilan olib 

boriladi. Hozir asosan o’z guruh’i qonini bir-biriga qo’yish tavsiya qilanadi. 


Chunki bazi bir omillar agglyutinatsiyaga shular h’isobiga olingan h’olda qon 

quyishda quydagilarga rioya qilinadi:  

1.  Donor ( qon oluvchi) va retsipent (qon beruvchi) qoni bir guruh’ga mansub 

bo’lishi kerak. 

2.  Rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas.  

3.  Bir donor qonini muayyan retsipientga qayta qo’ymaslik lozim.   

Rezus–omil.  1940 yil K. Landshteyner va İ.Vinerlar qonda qo’shimcha 

agglyutinogen borligini aniqladilar va uni rezus-agglyutinogen yoki rezus omil deb 

atashadi. ( Maymun makkaki-rezus qonini quyonlarga ko’yish yo’li bilan ). 

Odamlarning 85%- qonida bu omil mavjud, ularni rezus musbat bo’lmaydiganini 

rezus-manfiy guruh’larga mansub bo’ladi. Agar rezus-musbat qon rezus-manfiy 

qoni bor odamga quyilsa rezus agglyutinilar h’osil bo’ladi. Shu odamga rezus 

musbat qon ikkinchi marta quyilsa oldin h’osil bo’lgan rezus agglyutinin tasirida 

eritotsitlar agglyutinatsiyaga uchraydi bu Xayot uchun juda xavfi h’isoblanadi..  

Limfa  qon h’osilasi h’isoblanadi. Limfa h’osil bo’lishi dastlab K.Lyudvig 

tomonidan tushuntirilgan bo’lib uning takidlanishicha bu suyuqlik kapillyarlar va 

to’qimalar orasidagi gidrostatik bosim farqidan h’osil bo’ladi. Keyinchalik bu 

g’oyani E. Starling rivojlantirib limfa h’osil bo’lishida yana onkotik bosim h’am 

muh’im deydi. Limfa h’am qon singari organizm ichki muh’itini bir xil saqlashda 

qatnashadi. Limfa tanada suv taqsimlanishida, ovqat h’azm bo’lishida, sut h’osil 

bo’lishida, moddalar almashinuvida immunologik reaktsiyalarda qatnashadi.  

Limfa nordon mazali, ishqoriy reaktsiyali (rn-7,35-9,0) rangsiz suyuqlik. U 

eng ko’p jigarda h’osil bo’ladi.(1kg-ga 21-36 ml), yana yurakda (5-18ml) taloqda 

(3-12ml) va muskullarda (2-3ml) h’osil bo’ladi. Limfa tarkibida fibrinogen va 

trambin bo’lganligi uchun u ivishi mumkin.  

Stress reaktsiyalar limfa h’osil bo’lishini kuchaytiradi.  



Download 178.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling