Yurak qon tomir tizimi. Puls ya`ni nabzning hosil bo`lishi, uning sodda va murakkab sifatlari to`g`risida
Download 21.09 Kb.
|
12.Yurak qon tomir tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak kasalliklarining asosiy klinik belgilari
Yurakning tabiiy mizoj belgilari:
-ko`krak qafasi keng, puls tabiiy katta va tez, kuchli bo`lsa yurak tabiiy issiq Mizojli bo`ladi. -ko`krak qafasi tor, puls tabiiy kichik, siyrak va sust bo`lsa, yurak tabiiy sovuq mizojli bo`ladi. -puls yumshoq , tez ta`sirlanish, terining ho`lligi, yurakning ho`l mizojliligini bildiradi. -puls qattiq bo`lsa, kechikib ta`sirlanish, terining quruqligi, yurak mizoji quruqligini bildiradi. Yurak kasalliklarining asosiy klinik belgilari: Buzilgan issiq mizoj byelgisi: puls tez, nafas odatdagidan ko`proq, kuchli tashnalik, umumiy ozish, bexuzurlik, g`amginlik kuzatiladi. Buzilgan sovuq mizoj byelgisi: puls odatdagidan kichik, sust, siyrak, nafas olish kuchsiz, cho`chish, qo`rqoqlik kuzatiladi. Buzilgan ho`l mizoj byelgisi: puls odatdagidan ko`ra yumshoq, tez ta`sirlanish, xiltlardan bo`ladigan isitmalar kuzatiladi. Buzilgan quruq mizoj belgilari: puls odatdagidan ko`ra qattiqrok, kech ta`sirlanish, badan ozishi yuzaga kyeladi. Yurak kasalliklarini davolashning umumiy qoidalari: - Mizoj buzilishi sababi moddadan bo`lsa, badanni bo`shatish kerak: 1) tomirdan qon olish kerak 2) dorilar bilan (taryoq va podzaxrlar) yurak xiltini bo`shatish 3) yurak mizojini almashtirish -Yurakni dorilar bilan giyohlar bilan davolash Yurakning buzilgan issiq mizojiga qarshi: shom olmasi yoki bexi suvini ichirish asl ho`l mevalarni qaynatib quyo`litirilganining shirasidan berish tavsiya etiladi. Yurakning buzilgan sovuq mizojiga qarshi: katta ma`jun dorilar, rayxoniy sharob, xushbuy quyuq va suyuq surtma dorilar berish uchun tavsiya etiladi. Buzilgan quruq mizojda: xo`llovchi ovqat ko`proq edirish, Hammomga tushirish, sovuq suv ichirish, dam olish, kam Harakat qilish, issiq ovqatdan keyin ko`p uxlatish tavsiya etiladi. Buzilgan ho`l mizojda: engil ovqatlar buyurish, qurituvchi dorilar berish mo``tadil badantarbiya, Hammomga tushish, -xushbuy sharobdan oz-oz iste`mol qilish tavsiya etiladi. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling