Me’da shilliq qavatining yallig’lanishi-gastrit me’da kasalliklari orasida eng
O’tkir gastrit. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikka asosan ovqatlanish
rejimining buzilishi sabab bo’ladi. Tartibsiz ovqatlanish, ovqat tarkibining sifatsiz
bo’lishi, spirtli ichimliklarni uste’mol qilish kasallikning paydo bo’lishiga qulay
sharoit yaratadi. O’tkir gastrit dori-darmon va boshqa narsalarga nisbatan o’ta
sezuvchanlik (allergiya) tufayli ham vujudga kelishi mumkin. O’tkir gastritning
patogenezi me’daning sekret ishlovchi hamda motor funksiyasining buzilishi
oqibatida ro’y berib, ovqat hazm qilish va uning ichakka so’rilishi izdan chiqadi.
Belgilari. O’tkir gastritda me’da osti sohasida og’riq paydo bo’ladi, bemorning
ko’ngili aynib, qayt qiladi, darmonsizlanadi. Badbo’y qusuqda hazm bo’lmagan oziq
moddalar qoldiqlari, ba’zan o’t bo’ladi. Bemorning ishtahasi yo’qoladi; rangi o’chib,
puls tezlashadi. Tili kul rang karash boylaydi. Palpatsiya qilinganda ko’krak osti
sohasida og’riq bo’ladi. Kasallikning og’ir formasida bemorning temperaturasi
ko’tariladi (38-39%), sovuq ter bosadi, eti uvishadi. Tili karash boylab, so’lak oqadi.
Arterial qon bosimi pasayadi, siydik miqdori kamayadi, ich qotadi. Bemor labida
toshmalar paydo bo’ladi. Ba’zan kollaps holati ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: