Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasi Me’da va o’nikki barmoq ichak
yarasining rivojlanishi bir xil bo’lib, oqibatda bemorning mehnat qobiliyati pasayadi.
Etilologiyasi va patogenezi. Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasining kelib
chiqishida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi muhim rol o’ynaydi.
Noqulay tashqi ta’sir natijasida bosh miya po’stlog’ining funksiyasi izdan chiqadi. Bu
esa me’da va o’nikki barmoq ichak yarasining paydo bo’lishiga imkon beradi.
Bundan tashqari, kuchli hayajonlnish, ovqatlanish rejiminnig buzilishi, organizmning
o’ziga xos xususiyati va gormonal faktorlar ham kasallikning kelib chiqishiga sabab
bo’ladi. Nihoyat yara paydo bo’lishida nikotin spirtli, ichimliklarni iste’mol qilish
ham muhim rol o’ynaydi. Me’da yarasi ko’pincha me’daning pilorus qismi va kichik
egilmada, ba’zan kardial qismida paydo bo’ladi. Yara yumaloq yoki elleps shaklda
ko’pincha yakka va kamdan-kam hollarda to’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |