Yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi (kolit) klinik kechishiga ko’ra
dizenteriyadan so’ng paydo bo’ladi, biroq uning vujudga kelishiga patogen
bakteriyalar (ichak tayoqchasi, stafilokokk, streptokokk), ovqat toksikoinfeksiyasi
ham sabab bo’lishi mumkin. O’tkir kolit aksariyat yoz faslida sifatsiz sabzavot-
mevalar va eski go’sht, baliq mahsulotlari iste’mol qilish tufayli paydo bo’ladi.
Qo’rg’oshin va smobdan zaharlanish, allergik faktorlar oqibatida ham ro’y berishi
mumkin. Basharti, yallig’lanish protsessi hazm yo’lining boshqa qismlari (me’da
ingichka ichak)ga tarqalsa, gastroenterokolit paydo bo’lganligidan dalolat beradi.
Belgilari. O’tkir kolitning asosiy belgilaridan biri soxta hojatga borish istagi
(tenezm) bilan ich ketishidir. Axlatda shilimshiq ko’p va qon aralash bo’ladi. Qon
aralash ich ketishi ko’proq dizenteriya koliti uchun xos, biroq bu etiologiyasi
boshqacha o’tkir kolitda ham ba’zan kuzatiladi. Bunday bemorlarda sutkasiga 20
marta va undan ham ko’p ich ketadi. Axlat konsistensiyasi bir xil emas. Qorin ushlab
ko’rilganda, yo’g’on ichak yo’li bo’ylab og’riq borligi aniqlanadi. Gavda
temperaturasi ko’tarilib, ba’zan
38 -39
0
ga yetadi. Til qurib, karash boylaydi, ishtaha yomonlashadi. Bemorning
darmoni quriydi. Kasallik bir necha kunga cho’ziladi. Odatda beor tuzalib ketadi.
Biroq kasallik xronik formaga o’tib ketishi mumkin. Ba’zida klinik ko’rinishi aniq
bo’lmagan dizenteriya kolitini o’z vaqtida aniqlash juda muhim. Buning uchun
axlatga qon aralashib ketadigan har qanday kolitda, axlatni dizenteriya tayoqchasi
bor-yo’qligiga tekshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: