Etiologiyasi va patogenezi. Xronik kolit yuqumli kasalliklar- dizenteriya,
toksik kolit, turli og’ir metallardan zaharlanish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining
buzilishi, allergik kolik- ba’zi oziq moddalar va dorilarga nisbatan o’ta sezuvchanlik
natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari ba’zan boshqa kasalliklar bilan birga
axiliyada, pankreatitda, avitaminozda, Bazedov kasalligida ham uchraydi.
Yallig’lanish protsessi yo’g’on ichakni butunicha yoki bir qismini qamrab olishi
mumkin. Yallig’lanish xarakteriga qarab kataral, follikulyar, infiltratli, yiringli, yarali
hamda gangrenali kolitlar ajratiadi.
Belgilari. Tez-tez va suyuq ich ketadi. Bemor uzoqdavom etuvchi og’riqdan
shkoyat qiladi. Og’riq ichakning zararlangan qismida bo’lib, ich ketishidan oldin
kuchayadi. Ba’zan og’riq sanchib-sanchib tutatadi. Bemorning kayfiyati o’zgarib,
darmoni quriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |