Yurakning tuzulishi topografiyasi
Download 23.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reflektor yoyi.
REFLEKS HAQIDA TUSHUNCHA
Asab faoliyatining asosiy shakllaridan biri bo’lib reflekslar hisoblanadi. Refleks - organizmga tashqi yoki ichki muhitdan ko’rsatilayotgan qo’zg’alishlarga markaziy asab tizimi ishtirokida beriladigan javob reaksiyasidir. Odam oyog’ining tovon qismi terisini qo’zg’atish, reflektor ravishda oyoq kaft va barmoqlarining qisqarishini chaqiradi. Bu tovon refleksdir. Sonning to’rt boshli muskullari paylarini tizza usti qismidan pastki tomonidan o’rilsa oyoq tizzadan bukiladi. Bu tizza refleksdir. Emadigan bolani lablariga tegish bilan unda – emish refleksini kuzatish mumkin. Kuchli yorug’lik bilan ko’z qorachig’ini qisqarishini chaqirish mumkin – qorachiљ refleksi va hokazo. Reflektor faoliyat tufayli organizm tashqi yoki ichki muhitlardagi turli o’zgarishlarga juda tez reaksiya qilish xususiyatiga egadir. Reflektor reaksiyalar juda turli-tumandir, ular shartli va shartsiz bo’lishlari mumkin. Ular orasidagi farqlanishlarni biz keyinroq ko’rib chiqamiz. Reflektor yoyi. Tananing barcha organlarida qo’zg’atuvchilarga sezuvchan nerv uchlari joylashgan – bular reseptorlardir. Reseptorlar joylashgan joyiga, tuzilishiga va funksiyasiga qarab turlichadir. Ayrim reseptorlar juda oddiy tuzilgan nerv uchlari shaklidagi ko’rinishlarga ega bo’lib, ularning ayrimlari murakkab tuzilishga ega bo’lgan sezgi organlarining ayrim elementlari hisoblanadi, masalan, ko’zning tur pardasi. Reseptorlar joylashgan joyiga qarab eksteroreseptorlarga, proprioreseptorlarga va interoreseptorlarga bo’linadilar. Eksteroreseptorlar tashqi muhitning qo’zg’alishlarini qabul qiladi, ularga kњzning tur pardasi, quloq, teri reseptorlari, ta’m va hid bilish organlarining qabul qiluvchi hujayralari kiradi. Interoreseptorlar ichki organlarning to’qimalarida (yurak, jigar, buyrak, qon tomirlari va boshqa organlarning) joylashgan va organizmning ichki muhitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi. Proprioreseptorlar - muskullar va paylarda joylashgan bo’lib, ularning qisqarishini, cho’zilishini qabul qiladi, hamda gavdaning holati va xarakati haqida signallar beradi. Reseptorlarda ta’sir ma’lum kuchga va vaљtga ega bo’lgan ta’sirotchilar ta’siriga mos holda qo’zg’alish jarayoni yuzaga keladi. Yuzaga kelgan qo’zg’alish reseptorlardan markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy asab tizimiga o’tkaziladi. Markaziy asab tizimida qo’shimcha neyronlar hisobiga refleks tor hajmli vaqtlardan asab tizimining butun-yaxlit faoliyatiga aylanadi. Markaziy asab tizimida tushayotgan signallarning qayta ishlanishi – tahlili bajariladi va markazdan qochuvchi tolalarga impulslarni o’tkazilishi yuz beradi. Refleks natijasida o’z faoliyatini o’zgartiruvchi ishchi organ – effektor deb ataladi. Reseptordan ishchi organgacha nerv impulslarini o’tkazuvchi yo’l reflektor yoyi deb ataladi. Bu refleksning asosiy materiali hisoblanadi.Reflektor yoyi haqida gap yuritgan paytda, har bir bajariladigan reflektor akt katta miqdordagi neyronlar ishtirokida bajarilishini nazarda tutish kerak. Refleksning ikki yoki uch neyronli yoyi bor-yo’g’i chizma haqiqatdan esa tananing turi qismlarida joylashgan juda ko’plab reseptorlarini qo’zg’alishidan yuzaga keladi. Har qanday reflektor aktda nerv impulslari markaziy asab tizimiga kelgach, keng miqyosda tarqaladi va uning turli qismlarigacha yetib boradi. Shu sababli reflektor reaksiyalarning tuzilish asosini markazga intiluvchi, markaziy yoki qo’shimcha va markazdan qochuvchi neyronlar zanjiri tashkil qiladi desak to’g’riroq bo’ladi. Download 23.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling