«yuridik psixologiya» fanidan


Download 58.67 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

Shizofreniya – uzluksiz (progrediyent) psixik kasallik hisoblanib (xurujlar remissiyalar bilan almashib turadi, ammo kasallik tо‘xtovsiz rivojlanadi), unda sо‘zsiz ravishda tez yoki sekin rivojlanadigan shaxsning о‘ziga xos tipdagi о‘zgarishlari kiradi (psixik jarayonlar birligining yо‘qolishi). Kasallikning rivojlanishi, ayniqsa, uning yaqqol formasi shaxsning xulq-atvor belgilarining keskin og‘ishiga, psixik faollikning pasayishiga va oldingi ijtimoiy bog‘liqlikning buzilishiga yoki yо‘qolishiga olib keladi. Buning oqibatida kasallarda ijtimoiy dezadaptatsiya paydo bо‘ladi.
O.K.Tixomirov (1969) shizofreniyaga xos tafakkurni kuzatar ekan, uning tuzilishi uchta tarkibiy qismni о‘z ichiga oladi, deb ta’kidlaydi.
Birinchi tarkibiy qism – motivatsion sohadagi buzilish. Bu esa о‘z-о‘zidan shaxsiy ma’noning buzilishiga olib keladi. Shaxsiy ma’no esa normativ hollarda inson ongida qiziqishni paydo qilib, hodisalarga о‘ziga xos ahamiyatlikni vujudga keltiradi, ushbu hodisalarning mohiyati va ahamiyatini inson idrokida о‘zgartiradi (A. N. Leontyev, 1975).
Shizofreniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda predmet va hodisalarning shaxsiy ma’nosi umumqoidalar bilan qabul qilingan va insonlar bilim doirasida shartlangan real holatlarga mos kelmaydi. Shuningdek, shizofreniya kasalligidagi shaxsiy ma’noning buzilishida standart va nostandart informativ belgilarning tenglashishi tafakkur buzilishidagi psixologik mexanizmning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bular, о‘z navbatida, uchinchi tarkibiy qismni, yani tanlangan (selektiv) informatsiyalarni buzilishiga olib keladi. Ushbu uch tarkibli tuzilma shizofreniya tafakkurining yaqqol kо‘rinishidir.
Shizofreniyaning uchta belgisi mavjud:
► autizm;
ruhiyatning ajralishi;
► hissiy tо‘nglik.
Autizm – bu о‘xshash kо‘rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bо‘ladigan real borliqdan ketish. Ular kasallik boshlanishidanoq yolg‘izlikka intiladilar, atrofdagilardan ajralib, muomilaga kirishishlari qiyin, odamlar bilan tо‘qnash kelganlarida kо‘zni olib qochadilar, sо‘rashganda qо‘l chо‘zmaydilar. Ba’zi hollarda niqob ostida yurishni afzal kо‘radilar, ya’ni: katta kо‘zaynak taqishni, boshiga shlyapa kiyishni, uzun soch, soqol о‘stirishni. Agar kasallik og‘ir darajaga yetgan bо‘lsa ularning fikrlashi о‘zi bilan о‘zi bо‘lib qoladi, о‘z xayollari bilan yashaydilar, uydan chiqmaslikka harakat qiladilar yoki aksincha uydan chiqib tog‘larga, о‘rmonlarga ketib qolishlari mumkin.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling