Yuridik psixologiya


Mahkumlarni ozodlikka va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash


Download 2.33 Mb.
bet156/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Mahkumlarni ozodlikka va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash


JIEMda tarbiyaviy ishlarning aniq va puxta tashkil etilishi jazoni o‘tayotgan mahkumlarning axloqan tuzalish jarayoni tezlashishiga hamda jazoni o‘tab chiqqach, ularning ijtimoiy hayotga tez moslashib ketishlariga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 97moddasida tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri deb ko‘rsatib o‘tilgan. Darhaqiqat, tarbiyaviy ishlar mahkumlarning xulq-atvoriga ta’sir qilish, ularning xulqini ijobiy tomonga qaratish usullari, vositalari va uslublarining yig‘indisi hisoblanadi.
JIEMda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jinoyat sodir etgan shaxslar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi bilan tartibga solinadi. Unda jazoni o‘tash rejimi hamda mahkumlarni axloqan tuzatishning bir qancha vositalari ko‘rsatilgan. Jumladan, tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etilganlarga ta’sir qilish va axloqan tuzatish vositasi sifatida ham ta’kidlangan. Ammo jazoni ijro etish qonun chiligida tarbiyaviy ishga ta’rif berilmagan, faqat jinoyat-ijroiya kodeksi ning 14 bobida tarbiyaviy ish olib borish tartibi belgilangan. Jazoni ijro etish masalasi bilan bog‘liq ayrim adabiyotlarda ushbu tushuncha ma’na viyhuquqiy tarbiyalash, mahkumlarning onglilik darajasi, madaniyati, intizomlilik darajasini oshirish, ijobiy xislatlarining yuzaga kelishiga turtki berish, shu bilan birga ozodlikdagi hayotga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otish kabi tadbirlar yig‘indisidan iboratdir, deyiladi.
JIEMda tarbiyaviy ishlar olib borish amaliyotidan ma’lumki, mah kumlarni ozodlik va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlashda ayrim tadbirlarni tez-tez va juda ko‘p o‘tkazish bilan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaslik ham mumkin. Muvaffaqiyatga erishish uchun chuqur o‘ylab belgilangan tarbiya shakllari, uslublari, metodlarini tatbiq qilish va tarbiya lashning yangicha yo‘llarini ishlab chiqish zarur.
Tarbiyaviy ishlarning sifati JIEM xodimlarining g‘oyaviysiyosiy yetukligiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning «Kuchli g‘oyaga ega bo‘lishimiz kerak. Bu bilan biz jinoyat yo‘liga kirib ketganlarni jamiyatning haqiqiy a’zosi bo‘lishiga qaytarishimiz mumkin»1,deb ta’kidlaganlari bejizga emas.
Mahkumlarni tarbiyalashdagi vazifalarning aniq rejalashtirib olinishi maqsadga muvofiqdir. Birovni tarbiya qiladigan insonning o‘zi yaxshi tar biya ko‘rgan bo‘lishi kerak.
Ayniqsa JIEMda tarbiyaviy ishlarni olib boruv chilar yuqori axloqiy sifatlarga ega, haqiqatgo‘y, rostgo‘y bo‘lishlari lozim. Ulardan mavqe, obro‘ va mashaqqatli mehnat talab qilinadi. Ko‘pincha, mahkumlar qattiqqo‘l, talabchan, lekin odil tarbiyachilarni hurmat qilishadi. Tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyati pedagogik mahoratning qay darajada ligiga ham bog‘liq. Xodim o‘z ustida muntazam ishlash bilan birga dunyo qarashini kengaytirib, huquqiy va dunyoviy bilimlarini boyitib borishi zarur. Xodimning tashkilotchilik qobiliyati tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, mahkumlarni ozodlik va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash faoliyati bilan belgilanadi.
Turkum (otryad) boshlig‘i yaxshi tashkilotchi bo‘lsa, barcha ishlarni doimo o‘zi bajaravermay xodimlarga taqsimlab beradi va bajarilishini nazorat qiladi. Tarbiyaviy ishlarning bir xil tarzda olib borilishi bilan ijobiy natijaga erishish qiyin kechadi. O‘tkaziladigan har bir tadbirga alohida qarash, did bilan ijodiy yondashish kerak.
Demak, JIEM ma’muriyati tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish bilan cheklanib qolmay, balki aniq rejalar asosida muassasa xodimlarining g‘oyaviysiyosiy, mafkuraviy, xizmat tayyorgarligi va pedagogik mahoratlarini oshirish yo‘llarini amalda qo‘llashlari lozim.
Muassasa muhitini yaxshilash bilan birga, mahkumlarning moslashuv jarayonida va ozodlikdagi hayotga tayyorlash kabi juda muhim ishlarni amalga oshirishda JIEM psixologlarining o‘rni beqiyos.
Psixologning faoliyati izolyatsiyalangan holatda emas, balki aniq bir boshqaruv tizimida olib borilishi kerak. Jazoni ijro etish muassasalarida vujudga kelgan tizimni hisobga olgan holda ularning vazifalarini aniqlab olish imkoniyati yuzaga keladi. Psixologlar ishining samaradorligi ularga yuklatilgan vazifalarga ham uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Afsuski, ba’zi rahbarlar pedagogik jarayonlarda psixologlarning o‘rni qanchalik ahamiyat kasb etishini yaxshi tushunmaydilar. Natijada ayrim psixologlar ilmiy ish bilan shug‘ullanadilar yoki amaliyotdagi birorta xodimning o‘rniga ishlab yuradilar. Bunday yondashuv axloq tuzatish masalasining samarali hal etish hamda mahkumlarni ozodlikka va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlashga to‘sqinlik qiladi.
Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, jinoiy jazoni ijro etish muassasasining psixolog xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan quyidagilardan iborat:

    • jinoiy jazoni ijro etish muassasalarida ijobiy, ma’naviy, psixologik muhitni shakllantirish;

    • mahkumlar o‘rtasida psixologik-pedagogik yo‘nalishdagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;

    • mahkumlarning shaxsiy, psixologik, demografik, kriminogen va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda toifalarga taqsimlash;

    • jazoni ijro etish muassasasi xodimlari tomonidan psixologiya va pedagogika asoslarini batafsil o‘rganish;

    • IIV jazoni ijro etish muassasalari qoshida psixologik malakani oshirish bo‘yicha maktablar tashkil etish;

    • JIEM xodimlarining siyosiy, ishbilarmonlik va shaxsiy sifatlarini o‘rganish;

    • ilg‘or jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini namuna sifatida amaliyotga tatbiq qilish; mahkumlarni yangi hayot tarziga moslashtirish va ozodlikka tayyorlash.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jazoni ijro etish muassasalaridagi ayrim ishlar psixologlarning ishtirokisiz amalga oshirilmaydi.




1 Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5 – T., 1997. – 87b.
Ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida JIEMdagi psixologlarning qanday vazifani bajarishlari zarurligi to‘g‘risida yagona fikrga kelib olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Psixologlarning vazifalarini belgilashda har tomonlama yondashish lozim. Ayrim mualliflar: «Psixologlarga mahkumning shaxsini aniqlash, ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun tavsiyalar berish vazifasi qo‘yili shi kerak»1, – deydilar. Ammo V. F. Pirojkovning fikridan kelib chiqib, JIEM psixologlarining vazifalari quyidagilardan iborat deyishimiz mumkin: yangi kelgan mahkumlarning yoshi va psixologik xususiyatlari, hayot yo‘li, jinoyatni sodir etish sabablari va oqibatlarini, har bir mahkum ning jazoga, jinoyatchilikka munosabati, kelgusi rejalari kabilarni o‘rganib chiqish asosida tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishi va dasturlarini belgilash;

    • taqsimlash hay’atining ish faoliyatida ishtirok etish;

    • yangi kelganlarning jazoni o‘tash jarayoniga moslashuvini o‘rganish;

    • pedagogik jihatdan nisbatan og‘ir ahvoldagi mahkumlar ustida chuqurroq izlanishlar olib borish, psixologik tayyorlov va jinoiy jazoni ijro etish muassasasining ta’sirini yanada mustahkamlovchi tavsiyalar berish; mahkumlar bilan bog‘liq murakkab vaziyatlar yuzaga kelganda tarbiyachilarga maslahatlar berish;

    • tavsiyalarning bajarilishini nazorat qilish va natijalari to‘g‘risida rahbariyatga ma’lumot berib borish;

    • JIEM xodimlari o‘rtasidagi psixologik bilimlarni boyitish maqsadida tashviqot ishlarini muntazam uyushtirish, tashxisni amalga oshirish tartibini ularga o‘rgatib borish, mahkumlarni ozodlikka, ya’ni keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash rejalarini ishlab chiqish va barcha xodimlarni ushbu faoliyat bilan tanishtirish.

    • Jinoiy jazoni ijro etish muassasalaridagi psixologning bosh ko‘rsatmasi – shaxsni va jamoaning tashxisi, tarbiyachilarga beriladigan peneten tsiar ma’lumot hisoblanadi1. V. F. Pirojkovning fikricha, psixologlarning faoliyati profilaktika, tashxis, proforientatsiya, ekspert maslahati va tashviqot yo‘nalishlaridan iborat.







1 Andreyev V. N. Psixolog sledstvennogo izolyatora. – M., 1989. – S.5.
Demak, psixologning faoliyati faqatgina tashxis bilan chegaralanmaydi, balki keng qamrovli faoliyatni o‘z ichiga oladi. Psixologlar ko‘pchilik bajara olmaydigan ishlarni qila oladilar, shu bois ularning maxsus bilimlarga ega bo‘lishlari juda zarur.
I. P. Bashkatov, A. S. Sablinalar esa psixolog faoliyatiga o‘quvtarbiya viy, ishlab chiqarish va profilaktik tadbir funktsiyalarini ham qo‘shadilar2.
Psixologning jazoni ijro etish muassasasidagi ish olib borish madaniyatiga qarab maxsus vazifalari ko‘paytirib boriladi. Avvalambor, yangi kelgan va tarbiyasi og‘ir mahkumlar bilan ish olib borishni unga topshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Psixologning faoliyatidagi maxsus tomonlarni o‘rganib chiqqandan keyin unga navbatdagi murakkab vazifa larni qo‘yish mumkin. Ammo barcha mahkumlarning ruhiy holatini aniq lashga birgina psixolog jismonan ulgurolmaydi.
Psixologning vazifalarini belgilashda, albatta, jinoiy jazoni ijro etish muassasasi faoliyatidan kelib chiqish, ushbu tizim va undagi shaxslarning tarkibi hamda tegishli qonunlarni e’tiborga olish talab qilinadi. Psixologning bajaradigan ishi jazoni ijro etish muassasalari oldiga qo‘yilgan maqsadlarga zid bo‘lmasligi kerak. Uning faoliyati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: izolatsiyadagi rejim, barcha faoliyatning huquqiy tartibga solinganligi, mahkumlarga ta’sir etishning maxsus vosita laridan foydalanish kabilar shular jumlasidandir. Agar psixolog aniq, belgilangan ish bilan o‘z vaqtida shug‘ullansa, jinoiy jazoni ijro etish muassasalarida uning faoliyati keng qamrovli va samarali bo‘ladi. Ish obyektidan kelib chiqqan holda psixologning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. mahkumning shaxsini psixologik jihatdan o‘rganish va unga ta’sir qilish;

  2. mahkumlar jamoasi va salbiy yo‘nalishdagi kichik guruhlar ustida ishlash;





1 Pirojkov V. F. Psixologicheskiye osnovы perevospitaniya osujdennыx v vospitatelnotrudovыx koloniyax. – M., 1979. – S.2425.
2 Bashkatov I. P., Sablina A. S. Psixolog VTK. – M., 1978. – S.7.

  1. jazoni ijro etish muassasalaridagi shahodatlangan yoxud yollangan xodimlar bilan ish olib borish kabilar.

Yuqoridagi faoliyatlar to‘laligicha amalga oshirilgandagina mahkum larni axloqan tuzatish, yangi hayot tarziga moslashtirish, ozodlikka va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash singari masalalarda ijobiy natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling