Yuridik psixologiya
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) Umumiy ma’lumotlar
- 3) Hayotiy yo’li
- 4) Hayotiy tarmoqlari
Formal usullarga – maqsadga yo’naltirilgan kuzatuv va suhbat, xujjatlarni tahlil qilish, tarjimai holni o’rganish, turli anketa ma’lumotlarni qo’llash kabi usullar kiradi (ong darajasida)
Noformal usullarni – turli intuitiv imkoniyatlar yordamida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar tashkil qiladi (ong osti darajasida) Shaxsni o’rganish sxemasi Qiziqtirayotgan shaxsni o’rganish davomida qo’yidagi maxsus sxemadan foydalaniladi. 1) Umumiy ma’lumotlar: tug’ilgan vaqti va joyi, millati, ma’lumoti, mutaxassisligi, ish joyi, mansabi, oilaviy sharoiti, turar joyi, siyosiy partiyalarga aloqadorligi va h.k. 2) Tashqi belgilari: -yuzi (qisqacha og’zaki portreti, yuz tuzilishi); -bo’yi (past, o’rta, baland, bo’yidagi kamchiliklar); -og’irligi va badanining tuzilishi (oriq, oriqroq, to’la, o’ta to’la va h.k.); -tashqi qiyofasi, kiyinishi (toza yoki toza emasligi, modaga rioya qilgan yoki qilmaganligi va h.k.); -xatti-harakatlari (yaxshi, yomon ta’surot qoldiradi); -ovozi (yoqimli, yoqimsiz, ko’chli, dumog’li va h.k.); 3) Hayotiy yo’li: -ota-onasi (tug’ilgan joyi va vaqti, millati, turar joyi va h.q.); - yoshlik damlari (oiladagi hayoti, oiladan tashqari, nechanchi farzand, aka-singillari, ularning munosabatlari, hayotidagi voqyealarning ta’siri va h.k.); -maktab (maktabning yo’nalishi, qaysi maktabni tugatgan, yaxshi ko’rgan fanlari, tenqurlari bilan munosabatlari, maktab intizomini buzganligi yoki buzmaganligi, yutug’lari, o’qish faoliyatidagi baholari va h.k.); -o’quv yurtlar (kirishning sababi, yutuqlari, olgan bilim, qo’nikma, malakalari, 16-19 yoshdagi ko’zga ko’ringan voqyealari); -mehnat faoliyati va harbiy xizmati (mehnat va harbiy xizmatning xarakteri, ularga munosabati, mehnat faoliyatining shaxsga bo’lgan ta’siri); -oilaviy hayoti (bolalari, kim bilan turmushda). 4) Hayotiy tarmoqlari: -oilasi (eri, xotini, ota-ona va bolalariga munosabati); -kasbi va mutaxassisligi; -siyosiy va jamiyatdagi faoligi; -bo’sh vaqtini o’tkazishi; -sog’ligi; 5) Hulqi: -doimiy qayfiyati (me’yorida, baland, yomon, qiyinchiliklarga bo’lgan munosabati, o’zini yo’qatib qo’yishi yoki yo’qotib qo’ymasligi, befarq bo’lishi); -xissiyotlarining ko’rinishlari (tez, o’rta, oson jahli chiqishi, arzimas narsalarga kayfiyatining buzulishi); - irodasining ko’rinishi (mustaqil, mustaqil emas, intizomli, qat’iy, qo’rqmas va h.k.); -murakkab vaziyatlardagi hulqi (tinchlikni saqlaydi, o’zini yo’qotib qo’yishi, nutqi va harakatlarining mantiqiyligi yoki bunday emasligi); -ichib olgan holatidagi hulqi (tinch, agressiv, nazoratni yo’qotishi, o’z-o’zi bilan bo’lishi, sergap, holi qolishi va h.k.); -ahloqiy hulqi (ahloq normalariga rioya qilishi, ayollar bilan munosabati, rostgo’yligi, murakkab munosabatlarda jasurlik ko’rsatishi va h.k.). Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling