Yuridik psixologiya
Tintuv o’tkazishning taktik usullari
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- БИНОЛАРДА ТИНТУВ ЎТКАЗАЁТГАНДА ХАТТИ-ҲАРАКАТЛАР ТАРТИБИ Тинтув ўтказиладиган жойга келиш Бинога кириш
- Бино эгасига қидирилаётган нарсаларни топширишни таклиф этиш
- Қидирув ўтказиш (бинони, унинг таркибий қисмлари ва алоҳида нарсаларни кўздан кечириш) Тинтув жараёни ва натижаларини қайд этиш
Tintuv o’tkazishning taktik usullari
Tintuv o’tkaziladigan joyga borish shunday rejalashtirilishi zarurki, u yerda tintuv qilinuvchi yoki uning balog’atga yetgan oila a’zolari bo’lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv yeriga tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham ehtimoldan xoli emas. Agarda tintuv yerida tintuv qilinuvchi yoki uning balog’atga yetgan oila a’zolari bo’lmasa, tintuv faqat obyektiv sabablarga ko’ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi. БИНОЛАРДА ТИНТУВ ЎТКАЗАЁТГАНДА ХАТТИ-ҲАРАКАТЛАР ТАРТИБИ Тинтув ўтказиладиган жойга келиш Бинога кириш Ўз ҳужжатларини кўрсатиш; ўтказиладиган тинтув чоғида огоҳ этиш; бино эгасини қарор билан таништириш; барча иштирокчиларни бир хонага тўпланишга таклиф этиш; ҳар бир кишининг шахсини аниқлаш; уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини тушунтириш. Бино эгасига қидирилаётган нарсаларни топширишни таклиф этиш Тинтув ўтказиладиган бино билан танишиш; қидирилаётган нарсалар сақланиши эҳтимол тутилган жойларни белгилаш; тинтув режасини аниқлаш; тинтув ўтказувчилар ўртасида вазифалари тақсимлаш ва уларга йўл-йўриқлар бериш Қидирув ўтказиш (бинони, унинг таркибий қисмлари ва алоҳида нарсаларни кўздан кечириш) Тинтув жараёни ва натижаларини қайд этиш Tergovchi tintuv yeriga yetib kelib, tintuv qilinuvchiga tintuv maqsadlarini e’lon qiladi hamda bu to’g’ridagi qarorni ko’rsatadi. Tintuv qilinuvchiga uning haqhuquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi va bu narsa tintuv bayonnomasida tegishlicha qayd qilinadi. Bundan tashqari, tintuv qilinuvchiga ishga aloqador bo’lishi mumkin bo’lgan buyum va hujjatlarni o’z xohishiga ko’ra topshirishni taklif qilinadi. Agar ular tintuv qilinuvchining o’z xohishiga ko’ra topshirilsa, tintuv tergovchida hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo’lgan holdagina o’tkaziladi. Qidiruv harakatlarini amalga oshirishdan avval tergovchi tintuv joyi bilan tanishishi, qidiruv harakatlari hajmini aniqlashi, alohida e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari o’rtasida to’g’ri taqsimlashi lozim. Tintuvning normal sharoitlarda o’tishi va dalillarni yo’q qilish ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga hozir bo’lgan shaxslar bir xonada jamlanishi mumkin, ular telefonda gaplashishlari, tintuv tugaguncha tintuv yerini tark etishlari taqiqlab qo’yilishi mumkin. Bolalarni, odatda, tintuv yeridan chiqarib yuboradilar. Agar tergovchi tintuv yerida hozir bo’lgan shaxs o’zida biror narsa yashirayotganiga asoslari bo’lsa, u holda ushbu shaxsni shaxsiy tintuv qilish to’g’risidagi qaror qabul qilinishi mumkin. Tintuv yerida noma’lum shaxslar paydo bo’lsa, ular tergovchi tomonidan tintuv oxirigacha vaqtinchalik ushlab turilishlari mumkin. Agar ushbu shaxslar tintuv yeriga o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kelgan bo’lsalar (vrach, pochtachi, santexnik va boshqalar), ularning shaxsi, kelish maqsadlari aniqlanishi zarur. Ularning kelish maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmasa, tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv faktini sir saqlash to’g’risida ogohlantiriladilar. Tintuvni amalga oshirish muntazamlik va sinchkovlikni talab qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi birorbir predmetni tez ko’zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa obyektga o’tishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Albatta, qidiriladigan obyektlar jismoniy va boshqa xususiyatlariga ko’ra berkitilishi mumkin bo’lmagan predmetlarni sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo’q. Tintuv yeridagi hamma boshqa predmetlar har tomonlama o’rganilishi lozim. Predmet va hujjatlarni yashirin joylarda saqlashdan tashqari jinoyatchilar tergovchining avvalambor yashirin joylarni qidirish inson ruhiyatiga asoslanib qidirilayotgan hujjat va predmetlarni tergovchi e’tibor bermaydi deya hammaning ko’z o’ngida qoldirishi mumkin (masalan, daliliy hujjatlarni yozuv stolida boshqa qog’ozlar bilan birga qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar uchun mo’ljallanmagan predmetlarni ishlatadilar (murabboli bankalar, tilla va qimmatbaho narsalarni, kitoblar qurolyarog’larni saqlash uchun va hokazo). Shuning uchun tergovchi, tintuv yeridagi mebel, kiyim, oyoq kiyim, uyjihoz texnikasi, kitoblar, bolalar o’yinchoqlari, idishtovoq, oshxona jihozlari, oziqovqatlar va boshqalarni diqqat bilan o’rganishi zarur. Imoratda, shuningdek, hovli inshootlarida, tomorqa va boshqa joylarda tintuv o’tkazganda tergovchi har doim bir yo’nalish bo’ylab harakatlanadi, masalan, spiral bo’yicha, soat mili bo’yicha, narsalarni birinketin tekshirib, so’ng – xona markazi, devorlar, pol, keyin esa boshqa xonaga yoki imoratga o’tadi. Ochiq joyda qidiruv ishlarini o’tkazishda tintuvning to’liqligi va har tomonlama o’tkazilishini ta’minlash maqsadida tekshiriladigan hudud alohida qismlarga ajratilib (sektorlar, kvadratlar), tergov guruhi a’zolariga biriktirilib qo’yiladi. Har bir hudud ma’lum bir ketmaketlikda ko’zdan kechiriladi, kerak bo’lganda esa texnika vositalari yordamida o’rganib chiqiladi. Qidiruv vaqtida tergovchi birorbir joyda yashirin joy borligiga asos bo’luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi zarur. Masalan, yam-yashil o’tlar orasida sarg’aygan o’tli hudud, tomorqadagi yangi qazilgan joy, devorning yangi gulqog’oz yopishtirilgan qismi, pol taxtalarining biridagi mixlarning yangi yaltillovchi qalpog’i va boshqalar tergovchining e’tiborini o’ziga jalb etishi hamda mazkur obyekt yoki hudud qismini sinchkovlik bilan tekshirish uchun asos bo’lishi zarur. Murda ko’milgan joyni uy hayvonlari va parrandalarning o’zlarini besaranjom tutishlari ham ko’rsatishi mumkin. Paydo bo’lgan shubhalarni tekshirish uchun tergovchi щup yoki boshqa ingichka predmet yordamida yumshoq mebelni, o’rinto’shakni, yerni va boshqalarni tekshirib ko’rishi mumkin. Bu narsa yetarli bo’lmagan holatlarda murakkabroq asbob-uskunalar qo’llaniladi: murda va mina qidiruvchi, portativ rentgen uskunasi va boshqa qidiruv vositalari. Zaruriyat tug’ilganda uning ortida yashirin joy borligi taxmin qilinayotgan to’siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa qismlarga bo’lib tashlanishi mumkin. Agar qidiruv harakatlari davomida joyning egasi qandaydir sabablarga ko’ra yopiq joyni ochishdan bosh tortayotgan bo’lsa, tergovchiga qonun tomonidan qulf, eshik va boshqa predmetlarni buzish ehtiyojining oldini olib, uni o’zi ochishiga vakolat berilgan. Tergovchi tomonidan yopiq joyni ochish usuli tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur. Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy ishga aloqadorlarini aniqlash maqsadida sodda analitik namunalar olish mumkin. Masalan, giyohvand moddalarni tintuv qilinuvchida mavjud boshqa dorilardan, qon izlari va boshqa biologik izlarni ajratish uchun tintuv yerida tegishli mutaxassis tomonidan ekspress-usullarni qo’llab, dastlabki o’rganishlarni o’tkazish mumkin. Qidiruvni amalga oshirishda tergovchi uning tasarrufidagi tintuv qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olishi shart. Chunki bu kabi ma’lumotlarning hisoboti tintuv o’tkazishning to’g’ri taktikasini tanlash va mazkur tergov harakatini samarali o’tkazish imkonini beradi. Tergov amaliyoti ko’rsatishicha, tintuv qilinuvchining faoliyat turi, qiziqishlari, odatlari va qidirilayotgan predmet va hujjatlarni yashirish usullari, yashirin joylarni tanlash yo’llari orasida ma’lum bir bog’liqlik bor. Ko’pincha, shunday holatlar ham bo’ladiki, tintuv qilinuvchilar birorbir predmetni berkitishda o’z professional tajribalariga suyangan holda, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda joy tanlashadi. Shuning uchun, tintuv vaqtida tergovchi shu kabi obyektlarni o’rganishga katta ahamiyat berishi lozim. Ba’zi bir vaziyatlarda tintuv qilinuvchining yoki uning oila a’zosining o’zini tutishi tintuv yo’nalish ko’rsatishi mumkin. Masalan, tintuv qilinuvchining tergovchi ma’lum bir obyektga yaqinlashganda haddan ziyod asabiylashishi va ma’lum bir obyektdan uzoqlashganda taskin topishi, mazkur obyekt o’zining xususiyatlariga ko’ra yashirin joy bo’lib xizmat qila olmasligi haqidagi tintuv qilinuvchining so’zlari va boshqalar tergovchini sergaklantirishi zarur. Masalan, davlat mablag’larini talon-taroj qilish bo’yicha ishda ayblanuvchining rafiqasi tintuv vaqtida jazavasi tutganligini ko’rsatib oshxonaning burchagiga murabboli bankalarni ota boshladi. Bu narsa tergovchini sergaklantirdi. Oshxona burchagidagi pol ochilganda pullar berkitilgan yashirin joy fosh qilindi. Tintuv qilinuvchi va tintuv yerida hozir bo’lgan boshqa shaxslarni kuzatishni maxsus tezkor xodimga topshirish maqsadga muvofiqdir. Ko’pinchalik tintuv qilinuvchilar ashyoviy dalillarni kir kiyimlarda, bolalar buyumlarida, o’yinchoqlarda va boshqalarda saqlaydilar. Ba’zan ularni ayblovchi hujjatlarni tergovchining bir xil ishni uzoq vaqt bajarishidan hosil bo’ladigan charchoq va e’tiborini susayishiga mo’ljallab, uy kutubxonasidagi kitoblar orasiga joylaydilar. Bu kabi vaziyatlarda tergovchining qat’iylik, keskinlik, sabotlilik kabi fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi. Tintuv vaqtida tergovchi ba’zan tintuv qilinuvchining shaxsiy va ichki hayoti bilan to’qnash keladi. Masalan, qidiruv vaqtida u tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, ichki shaxsiy hayotiga taalluqli va tergov qilinayotgan hodisaga aloqasi bo’lmagan hujjat va predmetlariga duch kelishi mumkin. Qonun, fuqarolar manfaatini ko’zlab, tergovchi bu kabi holatlar ovoza bo’lmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini uqtiradi. Shuning uchun qidiruv harakatlari davomida tergovchi xolislar va tintuvning boshqa ishtirokchilari e’tiborini bu narsalarga, agar ularning ishga aloqasi bo’lmasa, katta urg’u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov qilinayotgan ishga aloqador bo’lib, xolislar va tintuvning boshqa ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo’lsalar, tergovchi ularni bu holatlarni ovoza qilmasliklari to’g’risida ogohlantirib, ulardan tilxat olishi zarur. Shuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan tashqari tintuv qilinuvchi tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatga aloqador predmetlar, ro’yxatga olinmagan qurol-yarog’ va fuqarolik muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo’yiladi. Alohida hollarda ba’zi bir fuqarolar qaytadan tintuv qilinishlari mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko’ra yuzaki o’tkazilgan bo’lsa yoki tergov davomida, tintuv qilinuvchida uning jinoiy faoliyatining aniqlangan yangi epizodlariga taalluqli predmetlar borligi haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo’lgan bo’lsa yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi va aniqlanishi lozim bo’lgan obyektlarni o’z turar joyiga olib kelishi kabi hollar ham qayta tintuvga asos bo’lishi mumkin. Biror shaxsning ish joyini, mehmonxonani yoki yotoqxonani tintuv qilishda tintuv qilinuvchining ixtiyorida bo’lgan va uning shaxsiy mulki bo’lgan predmetlar tintuv qilinadi. Ularga tintuv qilinuvchining ish stoli, asbobuskunalari, kiyim saqlash shkaflari, yotoqxonadagi o’rni, tintuv qilinuvchi ishlatadigan tumbochka va uning shaxsiy buyumlari kiradi. Tergovchi tintuv qilinuvchi bilan birga ishlovchi yoki yashovchi shaxslarning mulkiga nisbatan tintuv o’tkazishi taqiqlanadi. Tergovchi faqat ushbu shaxslarga o’z buyumlarini ko’zdan kechirib, ularning orasida ularga tegishli bo’lmagan buyumlar yo’qligi to’g’risida ma’lumot berishlarini taklif qilishi mumkin. Shaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi bilan tergovchining asoslangan qaroriga binoan amalga oshiriladi. Shaxsiy tintuv faqat bir jinsdagi shaxs tomonidan ushbu jinsdagi xolislar ishtirokida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun alohida xona ajratiladi va undan begonalar chiqarib yuboriladi. Iloji bo’lsa, tintuv qilinuvchi tintuv vaqtida qarshilik ko’rsatmasligi uchun tintuv ikki xodim tomonidan amalga oshirilishi ma’qul. Tintuv qilinuvchining avvalo cho’ntaklari tekshiriladi, quroli olib qo’yiladi, shuningdek, qarshilik ko’rsatishi uchun qo’l keladigan har qanday predmetlar olib qo’yiladi (tamaki va boshqalar). Cho’ntaklar, sumkalar va tintuv qilinuvchining boshqa buyumlari e’tibor bilan tekshiriladi. Agar shaxsiy tintuvni o’tkazish inson tanasini tekshirish bilan bog’liq bo’lsa, tintuv o’tkazish uchun vrachni taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling