9 - MAVZU : TINTUV PSIXOLOGIYASI. (2 SOAT)
REJA:
1.Tintuv qidiruv faoliyati jarayonida.
2.Qidiriluvchi va yashirinuvchi shaxs psixologiyasi. Turli vaziyatlarda qidiruv faoliyatining mo’ljal olish asoslari.
3.Tintuv o’tkazilayotgan joyda dastlabki harakatning psixologik ahamiyati.
4.Tintuv orqali topilayotgan obyektlarning tintuv qilinuvchi shaxsga ta’sir yetish xususiyatlari. Tintuv kilinuvchi shaxslarning o’zlarini tutishi.
5.Tintuv qilinayotgan shaxslar bilan nutqiy va nigohiy (mimika pantomimika) muomala.
6.Binolarda va ochiq joylarda tintuv o’tkazishning psixologik xususiyatlari.
Tintuv o’tkazish – ongli ravishda yashirilgan obyektlarni titib ko’rish demakdir. Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishdan farqli o’laroq bu yerda, aniq maqsad borligi yaqol ko’rinadi (nimani qidirish).
Berkitilgan narsalarni topish uchun tergovchi:
1. berkitilgan narsani qidirib topishga qaratilgan vazifani hayolan hal qiladi;
2. qidirib topishga qaratilgan harakatlarni qo’llaydi.
Tintuv o’tkazish – yaqqol ko’zga ko’rinadigan va qidiruv harakatlariga ega bo’lgan jarayondir. Berkitilib qo’yilgan obyektlarni topa olish judayam mushkul ish, ayniqsa bu obyektlar to’g’risida kam ma’lumotga ega bo’lsang. Buning uchun tergovchi psixologik jihatlari, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollanishi lozim.
Tintuv o’tkazish uchun kerakli bo’lgan omillarni tergovchi mohirona ishlatishi lozim (tintuvga tayyorgarlik, maqsadga qaratilgan kuzatuv sharoitni tahlil qilish, tintuv qilinayotgan shaxsni kuzatish). Tintuv o’tkazish uchun qilingan chala tayyorgarlik muvafaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.
Tintuvning muvofaqiyatli bo’lishida tergovchining tashkilotchilik qobiliyatlari kerak bo’ladi. U o’zi va o’zgalarning harakatlarini aniq belgilab olishi, samarali qadamlarini ishga solishi lozim. Shuning uchun tergovchi tintuv vaqtini belgilashi, tergov harakatini o’tkazuvchi qatnashchilarni tanlashi, texnik vositalarni tayyorlashi, tintuv qilinuvchi shaxsni dastlab o’rganib chiqishi kerak.
Tintuv davomida ma’lumot olish uchun ishlatiladigan asosiy usullardan biri bu uning natijasini kuzatish va tahlil qilishdir.
Tintuv qilinuvchi shaxs xulqini kuzatish davomida kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olish mumkin. Bu yerda eng avvalo tintuv jarayonida nizoli vaziyatning yuzaga kelishi oqibatida uning hulqidagi psixologik qonuniyatlariga e’tibor berish kerak bo’ladi. Tergovchi va shaxs nizoliy vaziyatga tushishi mumkin. Bunday holatda tintuv qilinuvchi shaxs qattiq xayajonli qo’rquvda bo’ladi va berkitilgan narsalarga yaqinlashgan sari u bezotalanib o’zining xatti-harakatlari bilan ayibini oshkor qilib qo’yadi (qaltiraydi, qizarib yoki oqarib ketadi, terlaydi…).
Do'stlaringiz bilan baham: |