Yuridik psixologiya
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishning aso- siy maqsadi – ko’rsatuvlari qayta tiklanishi lozim bo’lgan shaxsni so’roq qilishdan so’ng olingan ma’lumotlarga qo’shimcha axborotlarni olishdir. Shu bilan birga, assosiativ aloqalar vujudga kelishi natijasida so’roq qilinayotgan shaxsning kriminal vaziyat holatlari hamda uning ayrim tafsilotlari to’g’risidagi xotirasi yaxshilanadi. Hodisa sodir bo’lgan joyda so’roq qilish paytida jinoyat jarayoni subyekti faqat xotirasida qolganlarni gapirib bergan narsa va predmetlar muhitida bo’larkan, u tergovchi xonasida aytishni unut- gan faktlarni eslashi mumkin.
Tergovchi ko’rsatuvlarni tekshirish jarayonida so’roq qilish pay- tidagiga nisbatan juda ko’p ma’lumotlarni olishi mumkin. Tergovchi ko’rsatuvlarning qayta tiklanishi jarayonida belgi-so’z darajasida- gi ma’lumotlarni idrok qilishdan aniq obrazlar darajasidagi ma’lumotlarni idrok qilishga o’tadi. Chunki u nafaqat eshitadi, balki ko’radi va qiyoslaydi. Bu unga tekshirilayotgan qilmish yoki voqyeani chuqur hamda har tomonlama idrok qilish va tushunish imko- nini beradi. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish jarayonida tergovchi ko’pincha o’z oldiga o’zi yoki ayblanuvchi tomonidan ilgari surilgan u yoki bu versiyaning ishonchliligini tekshirish vazifasini qo’yadi. Bunday tekshirish jarayonida tergovchi uning tasavvuri yaratgan xayoliy modellarni tahlil qilishdan haqiqiy vaziyat yoki uning elementlarini qayta tiklash, tahlil qilish hamda tekshirish darajasiga o’tadi. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish, qoida tariqasida, faqat so’roq qilinayotgan shaxsning roziligi bilan o’tka- zilishi sababli, tergovchi ushbu murakkab tergov harakati davomida muvaffaqiyatli aloqa o’rnatish va uni oxirigacha saqlab turish maqsa- dida, sezilarli kommunikativ xususiyatlarini namoyon qilishi hamda boshqa usullar bilan aniqlash qiyin yoki imkonsiz bo’lgan ish bo’yicha to’plangan dalillardagi qarama-qarshiliklarni aniqlashi lozim. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish faqat agar ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs o’zi sodir etgan (yoki o’ziga olgan) u yoki bu qilmish haqida gapirib berishga, zarurat tug’ilganda, ular- ni namoyish qilib berishga, talab qilingan izoh va tushuntirishlar- ni berishga va shu kabilarga rozilik bergan hollardagina amalga oshirish mumkin. Ko’pincha ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishni o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’lishi kuzatiladi: hodisa sodir bo’lgan joyning o’zini aniqlash; yo’nalishlarni aniqlash; tergov uchun ahamiyatga ega bo’lgan predmetlarning joylashishi- ni aniqlash; tergovga ma’lum bo’lmagan shaxslarni aniqlash; ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlarning ko’rsatuvlarini joydagi yoki xonadagi obyektiv sharoit bilan qiyoslash jarayonida aniqlanishi mumkin bo’lgan hodisaning ayrim epizodlari va tafsi- lotlarini aniqlashtirish; jinoiy qilmishning sodir etilishiga yordam bergan holatlar- ni aniqlab olish; ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslarning hodisa sodir bo’l- gan joy, ayrim obyektlar yoki yo’nalishlardan xabardorligi to’g’risi- dagi faktlarni tasdiqlash. Bu yerda turli variantlar bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rsatuv- lari tekshirilayotgan shaxs o’g’irlangan boyliklar qayerga yashirilga- nini, jinoyat quroli tashlab yuborilgan joy qayerda ekanligi, o’z harakatlarining izlari joylashuvini ko’rsatadi. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda muvaffaqiyatli qayta tiklash tergovchidan muayyan tashkilotchilik qobiliyatini talab etadi. Hodisa sodir bo’lgan joyda ko’rsatuv berishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida psixologik jihatga ega bo’lgan bir qator tashkiliy ishlarni hisobga olish lozim. Birinchi navbatda, ko’rsatuvlarni tek- shirish vaqtini to’g’ri tanlash kerak (huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtga yaqin). Ayblanuvchi to’g’ri ko’rsatuv berganidan so’ng uni hodisa sodir bo’lgan joyga olib chiqishga tayyorlash lozim (agar bunga zaru- rat bo’lsa). Shuni unutmaslik kerakki, bir necha kun, ayniqsa, bir necha hafta mobaynida sustkashlikka yo’l qo’yish ayblanuvchi bilan psixologik aloqaning yo’qolishiga va hatto uning o’z nuqtai nazarini o’zgartirishiga olib kelishi mumkin. Ko’pincha bu kamerada u bilan birga bo’lgan shaxslarning salbiy ta’siri ostida yuz beradi. Bundan tashqari, tergovchi tergov harakatining markaziy figura- si – ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning psixologiyasini yaxshi o’rganishi kerak. Bu zarur psixologik aloqani yo’lga qo’yishga yordam beradi, keraksiz nizolarga yo’l qo’ymaslik hamda tekshirish jarayoni- da ko’plab zarur dalillarni olish imkonini beradi. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish o’tkazish vaqtida, bir tomondan, ayblanuvchi (agar zarur bo’lsa, unda gumon qi- linuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar), boshqa tomondan, tergovchi o’rtasi- da lozim darajadagi psixologik aloqa muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ayniqsa, bu tergovchi bilan tekshirishdagi ishtiroki uning holatini yomonlashtirishga emas, balki ishning barcha holatlari eng yuqori darajada aniqlanishiga qaratilgan gumon qilinuvchining o’zaro munosabatlariga tegishlidir. Bu jinoyat ishini adolatli hal etish imkonini beradi. Ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi bilan gaplashganda tekshirish kimdir (masalan, jinoyat ishtirokchisi) unga nisbatan qo’yayotgan soxta aybni bekor qilishga imkon berishini ta’kidlash lozim. Tergovchi ba’zan ko’rsatuvlari tekshirilishi lozim bo’lgan shaxs nuqtai nazariga atrofidagilar (masalan, kameradoshlar, ishtirokchi- lar, ishning natijasidan manfaatdor bo’lgan boshqa shaxslar) ko’rsatadigan salbiy ta’sirlar to’g’risida ham yodda tutishi lozim. Shunday odamlar borki, tergovchi bilan yolg’iz qolganda sodir etilgan jinoyat yoki qilmish to’g’risida sidqidildan so’zlab beradi, shu bilan birgalikda, bir guruh shaxslar ishtirokida bular haqida gapirib berishda katta psixologik qiyinchilikni his qilishadi. Shuning uchun so’roq qilinadigan shaxs bilan quyidagi muayyan ishlarni avvaldan amalga oshirish kerak: ushbu prosessual harakatning maqsad va vazifalarini, ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish tartibini tushuntirish, unda kimlar ishtirok etishini, ular qanday vazifalar- ni bajarishini aytib berish. Tergovning ko’rsatuvlarni tekshirishni o’tkazish jarayonidagi vazifalardan biri ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar) tomonidan to’g’ri ko’rsatuv berilishini hamda ko’rsatuv berishni rad qilishning oldini olishni rag’batlantirishdan iborat, shuning uchun ham ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsni fosh etish elementi mavjud bo’lmasligi yoxud eng past darajaga tushirilishi lozim. Ayblanuvchi bilan mayda, unchalik muhim bo’lmagan, keyinchalik, navbatdagi so’roq qilishlarda hal qilish mumkin bo’lgan tafsilotlar bo’yicha ziddiyatga borish maqsadga muvofiq emas. Bevosita ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish jarayonida tergovchi bir vaqtning o’zida kishilarning katta guruhi (o’z yordamchilari, mutaxassislar, konvoylar, xolislar)ga rahbarlik qilishi, katta miqdordagi ma’lumotlarni idrok qilishi, o’ziga olishi, ularni tahlil qilishi, tergov harakatlarining borishini yo’nalti- rishi, shuningdek to’plangan ma’lumotlarni yetarli darajada to’liq qayd qilishi lozim. U chalg’ituvchi holatlar (masalan, begona shaxs- larning, ushbu harakatlar uchun keraksiz apparaturalar va shu kabi- larning mavjud bo’lishi)ni eng past darajagacha qisqartirishi zarur. Psixologik jihatdan bir qator muammolar ko’rib chiqilayotgan tergov harakatining boshqa ishtirokchilarini ham e’tiborga olishni taqozo etadi. Ularni avvaldan tanlash zarur. Ular tekshirishda ish- tirok etish uzoq vaqtni talab etishini va undan foydalanishni bilishlari lozim. Yo’qsa, ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish jarayonida jabrlanuvchi (guvoh) poyezdga kechikayotganligi, farzandini bolalar bog’chasidan olishga ulgurmasligi va shu kabilar- ni aytganda, ortiqcha asabiylashish yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi, tabiiyki, tergovchining ishini murakkablashtiradi. So’ngra tergovchi o’zining har bir yordamchisi hamda ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishning boshqa ishtirokchilari bilan ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar) kelgunga qadar uchrashishi hamda gaplashib olishi va amalga oshiriladigan tergov harakatining mohiyatini batafsil tushuntirib berishi, har biriga majburiyatlarining hajmi hamda bajaradigan vazifalarini belgilab berishi, ko’rsatuvlari tekshiriladigan odamning shaxsini tavsiflab berishi foydadan xoli bo’lmaydi. Basharti so’z gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqida borar ekan, ko’rsatuvlarni tekshirish ishtirokchilari jirkanish, nafratlanish, qahr-g’azab, rahm-shafqat, ko’ngilchanlik qilish va shu kabi his-tuyg’ularni namoyon etishiga yo’l qo’ymasligi to’g’risida ogohlantirilgan bo’lishi lozim, chunki ehtiyotsizlik bilan aytilgan bitta so’z darhol tergovchiga bo’lgan ishonch muhitini buzishi hamda tergov harakatini davom ettirishga imkon bermasligi mumkin. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish davrida jinoyat voqyeasidan keyin ko’p vaqt o’tgan paytlarda tergov xodimlarida muayyan psixologik qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunday hollarda landshaft yoki sharoitning o’zgarganini hisobga olish zarur. Shoshmasdan asta-sekinlik bilan so’roq qilinayotgan shaxsda assosiativ aloqalarni jonlantirishga, unga tekshirish natijalarini to’g’ri baholash imkonini beradigan u yoki bu holat, tafsilotlar va boshqa detallarni eslashga yordam beradigan barcha choralarni ko’rish juda muhimdir. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish o’tkazil- gandan so’ng tergov harakatining natijalari jamlanadi, tahlil qilinadi hamda dastlabki tergovning keyingi yo’nalishlari belgi- lab olinadi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling