Yuridik psixologiya
Jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimida
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat qidiruv bo’limi xodimi
Jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimida kuzatish psixologik jarayon va faoliyatning shakllaridan biri tarzida intellektual tafakkurning shartlaridan bo’lgan kuzatuvchanlikni, boshqacha qilib aytganda, fahmfarosatni rivojlantiradi.
Psixologik kuzatuvchanlikning muhim qirralaridan birio’zini kuzata olish, xatti-harakatlari va xulqatvorini tahlil qilish, o’z xatolarini e’tiborga olish va ularni vaqtida tuzatishdan iborat. Jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimi faoliyatining tashkiliy tomoni alohida ahamiyatga ega. Xodim intizomli, o’ziga talabchan bo’lishi, vaqtni to’g’ri rejalashtirishi, ko’ngilli yordamchilar va jamoatchilik mehnatini tashkil eta olishi, ularning yordamidan samarali foydalanishi darkor. Xodim faoliyatining rekonstruktiv tomonidan shundan iboratki, u taxminni yaratishda muhim rol o’ynaydi, jinoyat ko’rinishi lavhasini tiklaydi, ish bo’yicha asosiy farazlarni ishlab chiqadi va qidiruv ishlarini rejalashtiradi. Jinoyat qidiruv bo’limi xodimi aqlidroki, mehnat faoliyati mobaynida amaliy tafakkuri tezkorligi bilan ajralib turadi va tezkor xodim deb nomlanadi. Uning tafakkurida tahlil (analiz) va umumlashtirish (sintez) birday ahamiyat kasb etib, o’zaro uyg’unlikni taqozo etadi. Xodim faoliyatining ahamiyati shundaki, u jinoyatlarning oldini olishga intilishi, o’z hududida hisobda turadigan shaxslar tomonidan jinoiy maqsadlarni amalga oshirishda g’ov bo’ladigan vaziyatni vujudga keltirishi lozim. Buning uchun u odamlar bilan tez til topishishi, lozim paytda aktyorlik qobiliyatini namoyon etishi, o’zgaruvchan shart-sharoitni e’tiborga ola bilishi, topqirligi va irodasiga tayanishi, qonunlar doirasida ishontirish va majburlashni qo’llay olishi darkor. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash xodimlarining faoliyati yuzaki qaraganda ikirchikirlardan iborat ish bo’lsada, og’ir va darhol ko’zga tashlanmaydigan mehnatdir. Biroq, bu bo’linma xodimlarining xalqqa g’araz maqsadlarda, o’z manfaatlarini ko’zlab o’zlashtirilgan katta miqdordagi moddiy boyliklarni qaytarishda tutgan o’rinlari beqiyosdir. Boshqa turdagi jinoyatlarda odatda jinoyat sodir etilgandan so’ng uning iziga tushilsa, iqtisodiy jinoyatlarga kurash sohasida ko’z ilg’amas belgilarni qidirib topish orqali jinoyat ishi qo’zg’atiladi. Iqtisodiy jinoyatlar bo’linmalarining xodimlari jinoyatchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun umumiy madaniyat, intellektual va professional qobiliyat sohasida qonunbuzarlardan ustun turishlari kerak. Murakkab, isbotlash qiyin bo’lgan davlat va jamoa mulkini o’zlashtirishday jinoyatlarni fosh etish ulardan buxgalteriya hisobini, tovarshunoslikni, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini, qayta ishlashning o’ziga xos tomonlarini, mahsulotni eltish va saqlash qoidalari va hokazolarni miridansirigacha bilishlarini talab etadi. Ushbu bo’linma xodimi uchun eng muhimi, odamlarning fe’latvorini bilish, ularning diliga yo’l topish, halol odamni nopok kimsadan ajrata olish, o’g’rilar guruhining murakkab pog’onalarida to’g’ri yo’lni topish, bu pog’onalardagi ojiz bo’g’inni ilg’ab, uning yordamida murakkab jinoyatni fosh etishdir. Bunday jinoyatlarni ochishda, tergov qilish jarayonida sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda jinoyat sodir etilishiga turtki bo’lgan motivlar va sharoitlarni qidirib topish muhimdir. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling