Yuridik psixologiya


Download 2.33 Mb.
bet148/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Mahkumlarda mehnat qilishga bo‘lgan ko‘nikmalarni yuzaga keltirish uchun quyidagi printsiplarga amal qilish kerak:

    1. jazoni ijro etish tartibqoidalari (rejim)ga ongli ravishda bo‘ysunish;

    2. jamoatchilik ishlarida faol qatnashish va ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;

    3. mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish.

Jazoni ijro etish muassasalarida ijobiy xulq-atvorga ega mahkumlarni rag‘batlantirish – ushbu tizimni rivojlantirish hamda mahkumlarni tarbiya lashning asosiy usullaridan biri. Shuning uchun jazoni ijro etish muas sasalarida rag‘batlantirishning ijobiy natija beruvchi usullari, turli faoliyat va mahkumlarning munosabatlaridagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda ommalashtirish ishlarini muntazam olib borish lozim. Jazoni ijro etish muassasalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarbiyaviy ish jarayonida ma’naviy rag‘batlantirishlarni turli toifadagi mahkumlarning demografik, Ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tizim lashtirib, amalda qo‘llash yaxshi samara beradi.
Mahkumlarni rag‘batlantirish deganda, mehnat qonunchiligida belgilanganidek, malakali mutaxassislar tomonidan mahkumlarni mehnatda jamoa bo‘lib faollik ko‘rsatishga va ijobiy xulqli bo‘lishga da’vat etish hamda ularning yutuqlarini baholash uchun tanlab yo‘naltirilgan vosita va usullardan foydalanish tushunilmog‘i kerak.
Rag‘batlantirish psixologik va pedagogik ta’sir etishning bir maqsadga yo‘naltiruvchi usuli bo‘lib, o‘zaro bog‘liq ikki vazifani bajaradi:

  • rag‘batlantiriluvchi mahkumni ma’lum bir faoliyatni bajarishga undash;

  • boshqa mahkumlarga ijobiy ta’sir etuvchi omil sifatida xizmat qilish.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq yaxshi xulq-atvori, mehnatga va ta’limga vijdonan munosabati, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda faol ishtiroki uchun mahkumlarga quyidagi rag‘bat lantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:

  • tashakkur e’lon qilish;

  • ilgari qo‘llanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;

  • yorliq, qimmatli sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;

  • qo‘shimcha posilka, yo‘qlov yoki banderol olishga ruxsat etish;

  • qo‘shimcha uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv huquqi berish;

  • oziqovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini ko‘paytirish;

  • engillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish, manzil koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno.

Bu normativ hujjatlar mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘bat lantirish va intizomiy jazo choralari hamda ularni qo‘llash tartibini belgilab beradi.
Normativ aktlar mahkumlarni hisobga olish tartibini va rag‘bat lantirishni tashkil etadi va ular quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish ilg‘orlari hurmat taxtasiga suratini osib qo‘yish;

  • maqtov yorlig‘i berish;

  • moddiy ahamiyatga ega bo‘lmagan jazolarni, ya’ni ogohlantirish yoki hayfsanni olib tashlash yoxud hayfsan berishni bekor qilish.

Mahkumlarni ma’naviy rag‘batlantirish uchun tarbiyachi xodimlar quyidagi asoslarni ma’qul deb topadilar:

  • muassasadagi jamoat ishlarida mahkumning faol ishtirok etishi;

  • ma’muriyatning ma’lum bir topshiriq yoki vazifani bajarish uchun mahkumga ishonch bildirishi;

  • mahkumlarga ijodiy tashabbuskorlik uchun imkoniyat yaratib berish.

Mahkumlarni rag‘batlantirish turlari Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ammo jazoni ijro etish muassasalarida qonunda nazarda tutilmagan quyidagi rag‘batlantirish turlari ham mavjud: «O‘z kasbining ustasi», «Ishlab chiqarish ilg‘orlari» hamda jamoa shaklidagi rag‘batlantirishlar – «Namunali bo‘lim», «Eng yaxshi otryad» va hokazo.
Yuqoridagi rag‘batlantirishlarga qo‘shimcha ravishda ijobiy tavsifga ega bo‘lgan mahkumlarga Jinoyat-ijroiya kodeksining 83 moddasiga muvofiq muassasaning qo‘riqlanadigan hududi doirasidan tashqarida soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurishga ruxsat etilishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mahkumlarni alohida (individual) rag‘batlantirishga qo‘shimcha jamoa holda taqdirlash usulini ishlab chiqish yaxshi natija beradi. Masalan:

  1. mehnat musobaqasida g‘olib chiqqan brigada yoki otryadni ko‘chma vimpel yoki maqtov yorlig‘i bilan mukofotlash;

  2. mehnatda yuqori natijaga erishgan va namunali xulq-atvorga ega bo‘lgan jamoa uchun unvon;

v) sport, madaniyat va ma’rifat ishlaridagi yutuqlar uchun kubok yoxud maqtov yorliqlari bilan mukofotlash;
g) mehnat musobaqalarida yuqori o‘rin olgan otryadlarga muassasa boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashakkur e’lon qilish.
Axloq tuzatish yoki mehnat orqali tarbiyalash muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimning hukm etilganlar shaxsiga ta’sir o‘tkazishi uchun zarur jihatlar quyidagilar:

  • shaxs va uning xarakteridagi xislatlarni to‘liq tahlil qila olish;

  • xulq-atvor va uning o‘zgarishi me’yorlarini anglash;

  • tarbiyalash jarayonida jazo va rag‘bat choralarini qo‘llash vaziyatlarini yaxshi bilish;

  • mahkumning emotsional-irodaviy sohasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • mahkumning shaxslararo munosabat me’yorlarini belgilab olish;

  • mahkumga shaxs sifatida e’tibor berish;

  • mahkumlar bilan munosabatda o‘zidagi emotsional holatni bosh qarishga erishish;

  • mahkumlarning xulq-atvorini nazorat qilish tizimini yaratish;

  • mahkumlarga nisbatan olib boriladigan tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish;

  • muassasada faoliyat yurituvchi xodimlar jamoasidagi psixologik muhitni ijobiy saqlashga intilish;

  • mahkumlarning psixologiyasi xususidagi adabiyotlar bilan muntazam tanishib borish;

  • mahkumlarni pedagogik-psixologik jihatdan o‘rganish;

  • mahkumlarni erkin hayotga tayyorlashda psixologik treninglar tashkil etish;

  • shaxs va uning faoliyatidagi ichki regulyatsiya muammolari bo‘yi cha psixologdan maslahatlar olib turish;

  • koloniyada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning tarbiya metodlarini o‘rganib borish;

  • mahkumlarni tarbiyalashda ishontirish usulidan foydalana olish;

  • xodimning kasbiy mahoratini oshirib borish;

– mahkumlar bilan ma’naviyma’rifiy ishlarni tashkil etish borasida ishlaydigan jamoaning psixologik muhitini yaxshilash.
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning hayot faoliyati va huquqiy cheklanishlari rejim, ya’ni JIEMda qat’iy belgilangan kun tartibi asosida tartibga solinadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling