Yuridik psixologiya


Yuridik psixologiya fanining tarixiy rivojlanishi


Download 2.33 Mb.
bet29/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

3. Yuridik psixologiya fanining tarixiy rivojlanishi

Odil sudlovni o’rnatishda psixologik bilimlardan foydalanish qadim zamonlardan boshlangan.


Antik va o’rta asr (mil. av. 3-asr va 5-17asr) larda jinoiy javobgarlikka tortish uchun empirik tajribalardan foydalanilgan.
Empiriya – bu odamning ichki dunyosi asosida to’plangan tajriba tashqi dunyo (atrof-muhit, sharoitlar, munosabatlar) dan yiroq bo’lganligini bildiradi. Inson “qafasda”, uning ichki dunyosini o’zgartirib bo’lmaydi, uning tabiati asli shunday degan fikrlar bo’lgan edi.
Odam “qafas”da bo’lganligi sababli unga ta’sir ko’rsatuvchi kuchlar o’rganilmagan edi.
O’rta asr davrlarda jinoyatchilar o’z aybini tan olmasligi va aybiga iqror bo’lmasligi natijasida ularni turli hil qiynoqlarga solib kerakli ko’rsatmalarni olish tajribasi keng tarqalgan edi (uzoq muddatdagi jismoniy va ruhiy qiynoqlar, o’liklar yotgan qorong’i xonalarga qamash va h.k.)
Burjua hukm surgan davrdan boshlab ilk bor psixologik bilimlar paydo bo’ldi. Oshkoralik va tortishuv asosida olingan guvohlarning ko’rsatmalari katta ahamiyatga ega bo’la boshladi.
Rossiyada jinoyatchilikda jinoyatchining psixologiyasiga etibor berish kerakligi to’g’risida I.T.Posashkov (1652-1726) faol fikr yuritadi. Uning nuqtai nazari bo’yicha jinoyatchilarning boshqa odamlarga nisbatan salbiy ta’sirini yo’qotish maqsadida ularning xulqatvorini tavsiflash kerak bo’ladi.
V.N.Tatishev (1686-1750) fikriga ko’ra “qonunlarni yoshlikdan bilish lozim, ularni bilmaslik buzilishga olib keladi”, degan nazariya ilgari suriladi.
Knyaz M.M.Sherbatovning fikriga ko’ra qonun chiqarishda xalqning psixologiyasi, insonlarning yuragini bilish lozimdir (1733-1790). U birinchilardan bo’lib jinoyatchini muddatdan avval chiqarib yuborish masalasini ko’targan.
19-asrda I. Gofbauerning “Sud hayotida psixologiyani qo’llash” va I.Fridrixning “Sud psixologiyasiga oid muntazam qo’llanma”deb nomlangan ilmiy izlanishlarida psixologik nuqtai nazaridan shaxs, uni ayblash tushunchasi, sud jarayoni, psixologiyasi kabi savollar keng yoritib berilgan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling