Yuridik psixologiya


Sud-psixologik ekspertizasi turlariga quyidagi usullar kiradi


Download 2.33 Mb.
bet37/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Sud-psixologik ekspertizasi turlariga quyidagi usullar kiradi:

  • jinoiy ishga taalluqli bo’lgan ma’lumotlarni psixologik talqin qilish;

  • anamnez (biografik) usuli;

  • kuzatish va tabiiy eksperiment;

  • shaxsni individual psixologik xususiyatlarini o’rganish;

  • psixoanaliz;

  • anketalardan foydalanish;

  • suhbat;

  • kompyuter diagnostika usuli (test orqali psixogramma tuzish).

Xulosa qilib aytganda, turli psixologik va yurisprudensiyaga oid usullar tizimli yondoshish orqali faoliyat jarayonining asosiy psixologik qonuniyatlari, o’zaro hamkorlikni chuqur talqin qilish, shaxs strukturasi va huquqiy normalarning tizimini o’rganish va ularga aniq tavsif berishga yordam beradi.


Yuridik mehnat faoliyatiga psixologik tavsif
Yuridik mehnat psixologiyasining predmeti huquqni qo’llovchi faoliyatning psixik qonuniyatlarini o’rganish va yuridik kasbning kasbgrammalariga oid psixologik asoslarini ishlab chiqish, kasbiy mahorat ko’nikma va malakalarni tarbiyalash, kadrlarni tanlab olish va joylashtirish, huquqni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish, kasbiy yo’nalish, kasbiy saralash, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining shaxsini tarbiyalash va shakllantirish, kasbiy buzilish va uni oldini olish, ishchi joy va vaqtni tashkillashtirish kabi masalalarni o’rganishga qaratilgan.
Ko’pgina buyuk psixolog olimlar (L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev va boshq.) psixologiyaning metodologik asoslarini o’rganish uchun insonning amaliy mehnat faoliyatini psixologik talqin qilib chiqish kerak degan fikrni yuritganlar.
Amaliy mehnatning yurisprudensiya misolida samaradorligi va sifatini oshirishda quyidagi aspektlarga e’tibor qaratib o’tish zarur:
1) yurisprudensiyaga oid ko’p maqsadli mehnat jarayonining samaradorligini o’rganish, tizimli talqin qilish va amalga oshirish (bu tergovchi, prokuror, sudya, yuriskonsult va h.k. faoliyat turlarida);
2) mehnat samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini ko’rib chiqish;
3) mehnat samaradorligini o’rganish davomida shaxs strukturasini talqin qilish;
4) mehnat samaradorligini oshirish davomida unga ta’sir etuvchi tashqi shart-sharoitlarni psixologik talqin qilish.
Yuridik faoliyatdagi yutuqlar birinchi navbatda muloqot jarayoni, maxsus vaziyatlarda odamlarni boshqarish bilan bog’liqdir. Lekin, bu vaziyatlarning mohiyatiga tushunib yetish ularni haqqoniy talqin qilish birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Buning uchun amaliyotda hukmdorlik qilayotgan mehnat jarayoni zarurdir. Shuning uchun yuridik mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi shaxs va unga qo’yilayotgan talablarning birbiriga bo’lgan bog’liqligi va taqqoslanishiga qaratilgan.
Yuqoridagi muloqot jarayoni qanday ko’rinishga ega, uni qay tarzda amalga oshirish mumkin, qo’yilayotgan talablar qanday ijro etilishi mumkin?

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling