Yuridik psixologiya


Axloqiy madaniyatni bilish


Download 2.33 Mb.
bet39/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Axloqiy madaniyatni bilish:
1) shaxsning dunyoqarashi, etik bilim va e’tiqodini ifodalaydi (ya’ni, jamiyatning axloqiy talablarini bilish, ongli ravishda maqsadini ifodalash);
2) axloqiy hissiyotlar madaniyati nafaqat “yaxshi” va “yomonni” farqlay olish, balki boy emosional doiraga ega bo’lish, boshqalarga nisbatan hamdard, malham bo’lish qobiliyatlarini nazarda tutadi;
3) amaliy faoliyatda – faol hayotiy pog’onani axloqiy madaniyat orqali qo’lga kiritish mumkinligini anglatadi.
Yurist quyidagi axloqiy sifatlarga ega bo’lishi kerak:
-obyektiv;
-adolatli;
-xolis;
-mustaqil;
-inson huquqlariga rioya qilish va ularni muhofaza qilishi;
-aybdorlik prezumpsiyasi tamoyiliga rioya qilish va h.k.dir.
Yuqoridagi axloqiy sifatlar asosiy tamoyillar tarzida yurist
faoliyatining mazmuni va xulqining strategiyasini tashkil qiladi.
Yurist faoliyati bilan mashg’ul shaxsning etika va madaniyati doimo “yuqorida” bo’lishi lozim.
Kasbiy axloq haqida gap ketganda sud etikasining rivojlanish darajasi ham nazarda tutiladi.
Sud etikasi tizimi 2 bo’limdan iborat:
-umumiy;
-maxsus.
Umumiy bo’lim sud etikasining asoslari, uning predmeti, usullari, vazifalarini ko’rib chiqsa, maxsus bo’lim sud ishlaridagi axloqiy munosabatlarning mazmunmohiyatiga tegishli masalalarni o’rganadi (ya’ni, sud tergov ishlaridagi tergovchining etikasi, advokat, ekspertchilarning axloqi, tuzatish mehnat kolonniyalari tarbiyachilarining axloqi, tergovchining axloqiy tarbiyasi va o’zi nio’zi tarbiyalash) .
Sud etikasi nazariyasining asoschisi bo’lib A.F.Koni hisoblanadi (1909). U “sud etikasi”ni yuridik o’quv yurtlarida o’tish juda ham muhim deb takidlab o’tgan edi.


Yuridik kasblarning kasbgrammasi (tergovchi faoliyati misolida)
Yurist faoliyati – ko’pqirrali “iyerarxiya”(pog’onali) mohiyatga ega. Uning tizimi qanday?
Tergovchining kasbgrammasi.
Kasbgramma bu kasbiy va shaxsiy sifat, bilim, ko’nikma va malakalarning o’zaro bog’liqligini va ularga qo’yiladigan talablarni nazarda tutadi.
Har bir yuridik kasbining o’ziga hos kasbgrammasi mavjud. Uning tuzilishini tergovchi kasbida ko’rib chiqish mumkin. Tergovchi kasbgrammasida 6 tur faoliyati o’z aksini topgan. Bu faoliyatlar vujudga kelgan maxsus vaziyatlarda o’z ifodasini topadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling