Yuridik psixologiya


Sudyaning shiori: “men boshqacha ish tuta olmayman” emas, “men shuni xohlayman” degan so’zlardan iborat bo’lishi kerak


Download 2.33 Mb.
bet41/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Sudyaning shiori: “men boshqacha ish tuta olmayman” emas, “men shuni xohlayman” degan so’zlardan iborat bo’lishi kerak. Qonunga amal qilinayotganda shaxsiy e’tiroz, adovat, hayrixohlik bo’lishi mumkin emas. (A.F.Koni, 1909 )
Sud faoliyatining asosiy vazifasi – ko’rilayotgan ishga oid isbotlarni amaliy qonun hujjatlari asosida chuqur va har tomonlama o’rganib chiqib odil hukum chiqarishdir.
Sud jarayoni davomida, juda qisqa muddat ichida sudyalar sudlanuvchi to’g’risida to’liq tavsif olishlari lozim. Bu tavsif, shaxsni atrofdagi ijtimoiy muhitga bo’lgan munosabatini aks ettiruvchi ma’lumot bo’lib, bunda uni rivojlanishiga oid to’g’ri ijtimoiy tavsif qo’yilganligi va unga ta’sir o’tkazuvchi ijtimoiy vositalar belgilanganligini ifodalanadi va nihoyat, chiqarilgan hukm, shaxsni jamiyat bilan bo’lgan munosabati asosidagi mavjud bo’lgan nizoni bartaraf qilishga imkoniyat beradi.
Sud jarayonini madaniy ravishda olib borish lozim.
Sud bu yagona huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanib, bunda qo’llanilayotgan qonun oshkoralik sharoitida namoyon bo’lishi kerak.


Bu holatda sudya nafaqat sudlanuvchiga balki sud jarayonida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni:
- fuqarolarda huquqiy ongni shakllantirish;
- jinoiy jarayonda jazoni qo’llash uchun kerakli ijtimoiy-psixologik muhit yaratish;
- sud jarayoni madaniyati nuqtai nazaridan sudlanuvchi va uning sheriklariga axloqiy jazo qo’llash;
- sud jarayoni jinoiy ishni sodir etishning sabablari va sharoitlarini topishga jamoaning fikrini qo’llash kabi xarakatlar ishlar amalga oshiriladi.
Sudya kasbgrammasining asosiy tomonlari: ijtimoiy, rekonstruktiv, kommunikativ, tashkiliy, tasdiqlovchi faoliyat turlaridan iborat bo’lib ularni ish jarayonida qo’llanilishi sudyaning kasbiy, o’ziga xos xususiyatlarini namayon bo’lishida nihoyatda qo’l keladi.
Ushbu mavzuni yoritishda biz tergovchi va sudyaning kasbgrammalariga batafsil nazar tashlab o’tdik. Boshqa yuridik kasblar ( ya’ni, prokuror va uning yodamchilari, advokat, ekspertkriminalist, notarius, jinoiy qidiruv inspektori, DAN xodimlari va h.k.) ham o’ziga xos kasbiy va shaxsiy sifat, bilim, ko’nikma va malakalarga ega va ularga qo’yiladigan talablar o’z mazmunmohiyati bilan ajralib turadi..



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling