Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи бўйича назорат саволлари
Download 26.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqJo`rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Топшириқ: 1. Ушбу саволларга жавоблар ёзиш. 2. Ҳар бир талаба 10 тадан тест тузиш. 3. Камида 5 та солиштирма тузиш.
Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи бўйича назорат саволлари. Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи тўловчилари бўлиб кимлар ҳисобланади? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиқ солиш объектдарини санаб беринг? Нотижорат ташкилотлари томонидан нотижорат фаолиятини амалга ошириш доирасида фойдаланиладиган объектлар юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиш объекти бўлиб ҳисобланадими? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиқ базасига таъриф беринг? Кўчмас мулкнинг қолдиқ қиймати қандай аниқланади? 1 кв. метр учун мутлақ миқдорда белгиланган энг кам қиймат ҳақида тушунча беринг? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиқ базасини аниқлаш тартибини тушунтиринг? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиғи бўйича қандай имтиёзлар мавжуд? Қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмаларини ўрнатганлик учун қандай имтиёз белгиланган? Солиқ ставкалари ҳақида тушунча беринг? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиғи солиқ даври... Солиқ ҳисоботини топшириш муддатлари? Ўзбекистон Республикаси норезидентлари учун солиқ ҳисоботи қайси муддатда топширилиши лозим? Бўнак тўловлари қандай тартиб ҳисоблаб чиқилади? Юридик шахсларнинг мол-мулк солиғи солиғи тўлов муддатлари ҳақида тушунча беринг? Топшириқ: 1. Ушбу саволларга жавоблар ёзиш. 2. Ҳар бир талаба 10 тадан тест тузиш. 3. Камида 5 та солиштирма тузиш. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i bo`yicha nazorat savollariga javoblar varaqasi. Guruh;SST 06-21 Talabaning ismi: Jo`rayev Jaloliddin 1.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i to`lovchilari Soliq kodeksining 410-moddasida nazarda tutilgan quyidagilardan iborat. a) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; b) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi. Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. 2.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining soliq solish obyekti bo`liq quyidagilar etirof etiladi. Soliq kodeksining 411-moddasiga muvofiq. Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti hisoblanadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar; 2) Qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; 3) temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar; 4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin 6 oy o‘tgach. 3.O`zbekiston Respublikasing Soliq kodeksi 411-moddasiga muvofiq notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar soliq solish obyekti deb hisoblanmaydi. 4. O`zbekiston Respublikasing Soliq kodeksining 412-moddasiga binoan mol-mulk solig`ining soliq bazasi ko`chmas mulkning-o`rtacha yillik qoldiq qiymati hisoblanadi. 5. Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 6. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas: Toshkent shahrida — 2 500 000 so‘m; Nukus shahrida va viloyat markazlarida — 1 500 000 so‘m; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — 1 000 000 so‘m Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. 7.Soliq Kodeksining 413-moddasi muvofiq Yuridik shaxslarning Soliq bazasi quyidagi quyidagi tartiibda aniqlanadi. Soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha soliq bazasi mazkur obyektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining bazasi quyidagi tartibda aniqlanadi. a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar,temir yo`llar, magistral quvurlar va boshqalar uchun- o‘rtacha yillik qoldiq qiymati b) tugallanmagan qurilishning o‘rtacha yillik qiymati; c) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymatidir. 8. Soliq Kodeksining 414-moddasida Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining Soliq imtiyozlari quyidagilardan iborat. Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: a) Madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining; b) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning; c) Yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. d) Yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladi. Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar; 3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar. 9.Soliq Kodeksining 414-moddasoga muvofiq Yuridik shaxslar ixtiyorida bo`lgan mol-mulkida qayta tiklanadigan energiyamanbalari qurilmalari o`rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga mol-mulk solig`idan ozod etiladi. 10.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining soliq solish stavkasi Soliq Kodeksiga 415-moddasiga muvofiq quyidagilardan iborat a) Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi b) Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi. c) Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi: 1) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar; 2) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. 11. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining soliq davri Soliq Kodeksiga 416-moddasiga muvofiq quyidagidan iborat. Kalendar yil soliq davridir. 12. Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi. 13. Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi. 14. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi 417-modaasida bo`nak to`lovlarini hisoblab chiqish quyidagicha izohlanadi Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. 15. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining soliq to`lovlari quyidagi muddatlarda topshiriladi. Aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay; Aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay to‘lanadi. TEST 1. Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni qanday ijaraga olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. A) Moliyaviy ijara (lizing) B) Operativ ijara C) Koperativ ijara D) Ijaraga berilganda bo’lmaydi 2. Aylanmadan soliq to`lovchisi hisoblangan soliq to`lovchilar mol-mulk solig`ini qachon to`laydilar. A) Xar chorakdagi uchinchi oyning 20-sanasidan kechiktirmay B) Xar chorakdagi uchinchi oyning 10-sanasidan kechiktirmay C) Soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay D) Soliq hisoboti davridan keying yilning 20-sanasidan kechiktirmay 3.Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi necha foiz miqdorida belgilanadi. A) 3% B) 4% C) 2% D) 1.5% 3. Soliq solinadigan baza qanday tartibda aniqlanadi ? A) Ko`chmas mulkning soliq solish obyektlarining o`rtacha yillik qoldiq qiymati B) Tugallanmagan qurilish obyektining o`rtacha yillik qiymati C) O`zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko`chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o`rtacha yillik qiymati soliq soliq solinadigan bazadir. D) Barcha javoblar to`gri. 4. O`rtachcha yillik qiymat qanday hollarda qo`llaniladi A) Ko`chmas muklkka B) Temir yo`llar, magistir quvurlar C) Tugallanmagan qurilish D) Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari 5. Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning nechinchi sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi. A) 1-martidan B) 15-fevraldan C) 1-aprelidan D) 1-iyunidan 6. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ining soliq davri bu…. A) Kalendar yil soliq davridir. B) Kalendar oy soliq davridir. C) Har choraklik soliq davridir. D) 6 oy soliq davridir 7. Yuridik shaxslarning mol-mulki obyektlarga nisbatan soliq bazasi Toshkent shahrida va viloyat markazlarida 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam summasi qanchadan past bo‘lishi mumkin emas A) 1 500 000 so`m B) 1 000 000 so`m C) 2 500 000 so`m D) 2 000 000 so`m 8. Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari orasidan yuridik shaxslar mol-mulkining soliq solish obyekti hisoblanadigan obyektni ko`rsating. A) Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin 6 oy o‘tgach B) Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari C) Soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar D) Yer uchastkalari 9.Mol-mulk moliyaviy ijaraga olinganda soliq to’lovchi kim hisoblanadi ? A) Ijaraga oluvchi shaxs B) Ijaraga beruvchi shaxs C) Soliq solinmaydi D) To`g`ri javob yo`q 10.Yuridik shaxslarning mol-mulki obyektlarga nisbatan soliq bazasi Nukus shahrida va viloyat markazlarida 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam summasi qanchadan past bo‘lishi mumkin emas A) 1 500 000 so‘m B) 2 500 000 so‘m C) 1 000 000 so‘m D) 2 000 000 so‘m Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling