Yuridik shaxslarning dividend va foiz tarzidagi daromadlariga soliq solish


Sug`urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning o`ziga xos xususiyatlari


Download 39.43 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2023
Hajmi39.43 Kb.
#1296283
1   2   3   4
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING DIVIDEND VA FOIZ TARZIDAGI DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISH

Sug`urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning o`ziga xos xususiyatlari
Sug`urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlari (151-modda)ga Soliq Kodeksining 142–146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) qayta sug`urta qilish shartnomalari bo`yicha to`langan to`lov summalari;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug`urta texnik zaxiralari o`sishining qayta sug`urta qiluvchilarning sug`urta zaxiralaridagi ulushi o`zgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
3) sug`urta qilish va qayta sug`urta qilish majburiyatlari bo`yicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan to`lov summalari;
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o`tgan yillardagi sug`urta hodisalari bo`yicha tugallanmagan to`lov summalari, shu jumladan da`vo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
5) sug`urta hodisasi ro`y berganligi haqida ma`lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo`yicha sug`urta summalari;
6) sug`urta tashkiloti sug`urta hodisalari ro`y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashtirishga sarflaydigan mablag`lar summalari;
7) sug`urta tashkilotlari zaxira fondlarining miqdori sug`urta tashkilotlari ustav fondining 25 foiziga etguniga qadar mazkur tashkilotlar o`z daromadlarining 20 foizigacha miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar summasi;
8) sug`urta faoliyati bilan bog`liq chet Yuridik shaxslarning xizmatlariga to`langan haq.

Qimmatli qog`ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari
Qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilarining daromadlari (152-modda)ga Soliq Kodeksining 130 va 132-moddalarida nazarda tutilgan daromadlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) qimmatli qog`ozlarni realizatsiya qilishdan olinadigan, quyidagicha aniqlanadigan daromadlar:
-qimmatli qog`ozlar, bundan qarz qimmatli qog`ozlari (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) mustasno, va ishtirok etish ulushi bo`yicha – realizatsiya qilish qiymati va olish qiymati (hissa) o`rtasidagi ijobiy farq sifatida;
-qarz qimmatli qog`ozlari bo`yicha – realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilish sanasidagi diskont amortizatsiyasi va (yoki) mukofot inobatga olingan holda olish qiymati o`rtasidagi ijobiy farq sifatida;
2) qimmatli qog`ozlar bozorida vositachilik va boshqa xizmatlar ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
3) mijozlarning mablag`laridan foydalanishdan Yuzaga keladigan daromadning bir qismi;
4) depozitar xizmatlar, shu jumladan qimmatli qog`ozlar to`g`risida axborot taqdim etish, depo hisobvarag`ini Yuritish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
5) qimmatli qog`ozlar egalari reestrini Yuritish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
6) qimmatli qog`ozlar bilan birjada va birjadan tashqarida savdolarni tashkil etish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
7) hisob-kitob-kliring faoliyati bo`yicha daromadlar;
8) qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya aktivlarini boshqarish bo`yicha daromadlar;
9) qimmatli qog`ozlar bozorida maslahat xizmatlari ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
10) boshqa daromadlar.

Qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning o`ziga xos xususiyatlari


Qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlari (153-modda)ga Soliq Kodeksining 142–146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) tegishli litsenziyaga ega bo`lgan savdoni tashkil etuvchilarga badallar tarzida to`lanadigan xarajatlar;
2) professional faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan paydo bo`ladigan savdo qilish joylarini saqlab turish va ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari;
3) qimmatli qog`ozlar muomalasi va ularni hisobga olish bilan bog`liq o`zaro elektron aloqani tashkil etish hamda olib borish bo`yicha xarajatlar;
4) qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchisining faoliyati to`g`risidagi axborotni oshkor etish bilan bog`liq xarajatlar;
5) o`z mijozlarining topshirig`iga binoan aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlarida ishtirok etish xarajatlari.

O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O`zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadiga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari (SK-154-modda.)
O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O`zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadiga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari (SK-154-modda.)
O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Yuridik shaxsning – O`zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga doimiy muassasa faoliyati bilan bog`liq bo`lgan barcha turdagi daromadlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Yuridik shaxsning – O`zbekiston Respublikasi norezidentining xarajatlariga O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bog`liq bo`lgan, ular O`zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida qilinganligidan qat`i nazar, barcha turdagi xarajatlari kiradi, Soliq Kodeksining 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Ushbu Kodeks 20-moddasi uchinchi qismining 8-bandida ko`rsatilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati o`rtasidagi O`zbekiston Respublikasida omborga tovarlar etkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi.

Yuridik shaxs – O`zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar sifatida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaga chegirishga kiritish huquqiga ega emas:


1) O`zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining mol-mulkidan va intellektual mulk ob`ektlaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yig`imlar va boshqa to`lovlar;
2) xizmatlar uchun vositachilik daromadlari;
3) O`zbekiston Respublikasining ushbu norezidenti tomonidan berilgan zayomlar bo`yicha pul mukofotlari;
4) shu norezidentning O`zbekiston Respublikasidagi faoliyatidan olinadigan daromadlari bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar;
5) hujjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar;
6) O`zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qilingan boshqaruv va ma`muriy xarajatlari.
O`zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa alomatlariga javob beradigan faoliyatidan, davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo`yilguniga qadar olingan daromadlariga Soliq Kodeksining 155 -moddasida belgilangan tartibda to`lov manbaida soliq solinadi. Bunda to`lov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolingan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i u O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo`yilganidan keyin O`zbekiston Respublikasi norezidentining soliq majburiyatlarini uzish hisobiga hisobga olinishi kerak.
Agar O`zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa bilan bog`liq bo`lmagan faoliyatdan daromad olingan bo`lsa va shu daromaddan O`zbekiston Respublikasida to`lov manbaida haqiqatda Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i ushlab qolingan hamda bYudjetga o`tkazilgan bo`lsa, ushbu norezidentning doimiy muassasasida ushlab qolingan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i hisobga olinmaydi.
O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O`zbekiston Respublikasi norezidentining Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`iga qo`shimcha ravishda sof foydasiga ham 10 foizli stavka bo`yicha soliq solinadi.
Sof foyda deganda O`zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan O`zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyatdan olingan, Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining hisoblangan summasi chegirib tashlangan foyda tushuniladi.
Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling