«Yuridik shaxslarning soliq qarzini hisobini yuritish» dasturiy mahsulini joriy qilish maqsadlari. Dasturiy mahsul ma‘lumotlar bazasining shakllanishi


«Soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirish» dasturiy mahsuli


Download 50.52 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi50.52 Kb.
#1539644
1   2   3
Bog'liq
19-Mavzu

 
2.«Soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirish» dasturiy mahsuli. 
Budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarga qarzi mavjud bo‗lgan soliq 
to‗lovchilarning hisob raqamiga inkasso topshiriqnomalarini elektron ko‗rinishda qo‗yish va ijrosini 
nazorat qilish borasida «Soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirish» dasturiy 
mahsuli ishga tushirildi.
Soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirish, O‘zbekiston Respublikasining 
“Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002 yil 22 
apreldagi 1122-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar 
to‘g‘risida»gi Nizomga asoslangan. 
Elektron inkasso topshiriqnomalarini shakllantirish qoidalari, tarkibi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2010 yil 3 avgustda tasdiqlangan “Тexnologik 
yo‘riqnomasi”ga asoslanadi. 
Elektron inkasso topshiriqnomalari quyi davlat soliq inspeksiyalarida soliq to‘lovchining shaxsiy 
hisobvarag‘ini yurituvchi, coliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish
ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi tomonidan «SIAIJ-4» dasturiy majmuasi orqali 
shakllantiriladi. 
Elektron inkasso topshiriqnomalari ilgari qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari bilan yangi hosil 
bo‘lgan qarz o‘rtasidagi farq summasiga shakllantiriladi. 
Elektron inkasso topshiriqnomalari soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomalari nusxasi 
Soliq kodeksining 63-moddasi talablarida xizmat ko‘rsatuvchi bank belgisi bilan soliq organlariga 
taqdim etilgan taqdirda qo‘yilmaydi. 
Shakllantirilgan inkasso topshiriqnomalari avtomatik ravishda, elektron jurnalda ro‘yxatga 
olinadi, ya’ni elektron reestr dasturiy mahsulda yuritiladi.
Elektron inkasso topshiriqnomalari, Davlat soliq inspeksiyalari (DSI) kesimida individual 
raqami bo‘yicha ajralib turadi. 
DSIda soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasini yurituvchi xodim tomonidan shakllantirilgan 
elektron inkasso topshiriqnomalari ro‘yxatga olingach, jo‘natish uchun yig‘iladigan elektron pochta 
papkasiga tushadi. 
Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga 
xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, tayyorlangan pochta fayllarini ko‘rib bo‘lgach, bu to‘g‘risida DSI 
boshlig‘i yoki uning birinchi o‘rinbosariga fayllarni jo‘natishlari to‘g‘risida elektron raport beradi. 
Elektron 
pochtadagi 
fayllar 
DSI 
boshlig‘i 
yoki 
uning
birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanib Davlat soliq qo‘mitasiga (DSQ) yuboriladi. 
Qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini jo‘natish DSI boshlig‘i yoki birinchi o‘rinbosari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Inkasso topshiriqnomalarini ijrosini to‘xtatish yoki ijrodan chaqirib olish, faqat DSI boshlig‘i 
tomonidan amalga oshiriladi.
DSI boshlig‘i mehnat ta’tilida, kasal, xizmat safarida yoki uning vazifasi vakant bo‘lgan 
holdagina inkasso topshiriqnomalarini ijrosini to‘xtatish yoki ijrodan chaqirib olish ishlari DSI 
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
DSQ tomonidan shakllantirilgan elektron inkasso topshiriqnomalari bank ish kuni davomida 
(banklararo elektron to‘lovlarni o‘tkazish vaqti tugashidan bir soat oldin) banklarga yuboriladi. 
Shakllantirilgan elektron inkasso topshiriqnomalari fayl ko‘rinishida Markaziy bankning 

115 
Хavfsizlik va axborotlarni himoya qilish departamentining “SM” dasturiy ta’minoti orqali banklarga 


yetkazib beriladi.
“SM” dasturiy ta’minoti DSQga yuborilgan fayllarni ko‘rsatilgan manzilga uzatilganligini 
tasdiqlovchi axborot fayllarini yuboradi. 
 Тijorat banklari DSQ tomonidan yuborilgan fayllarni quyidagi tartibda qabul qiladi: 
- fayl nomidagi sana belgilari bankning “Operatsion kuni” sanasi bilan taqqoslanadi
“tekshiruv qatori”dagi oldingi reysi raqami, DSQ tomonidan yuborilgan fayllar reestridagi yuborilgan reyslar raqami tartibi bilan solishtiriladi; 
fayldagi har bir elektron inkasso topshiriqnomasi bank tizimi tekshiruvlaridan o‘tkaziladi, 
ularning umumiy soni va umumiy summasi “tekshiruv qatori” bilan taqqoslanadi. 
DSQ tomonidan yuborilgan fayl tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng, undagi elektron inkasso 
topshiriqnomasi ijroga qaratilishi lozim va Adliya vazirligida 1999 yil 30 yanvarda 615-son bilan 
ro‘yxatga olingan, “Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini 
hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan, ushbu daqiqadan ijroga olingan 
hisoblanadi. 
Тijorat banklari belgilangan tartibda DSQ tomonidan yuborilgan elektron inkasso 
topshiriqnomalari ijrosi va holati bo‘yicha, fayl ko‘rinishida DSQga kun davomida (OnLine) ma’lumot 
yuborib turadi. 
Тijorat banklari o‘z “Operatsion kuni”ni yopishi bilan ish kuni oxiriga qadar, DSQ tomonidan 
yuborilgan va o‘z navbatida bankdan DSQga yuborilgan barcha fayllar reestrini solishtirib natijasi 
bo‘yicha elektron solishtirma bayon tuziladi va DSQga taqdim etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Adliya 
vazirligida 
2002 
yil
15 aprelda 1122-son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar 
to‘g‘risida»gi Nizomning 45-bandiga muvofiq inkasso topshiriqnomasini to‘g‘ri qo‘yilishi bo‘yicha 
javobgarlik inkasso topshiriqnomasini qo‘ygan shaxs (DSI) zimmasiga yuklatiladi. Banklar 
to‘lovchilarning o‘z schyotlaridan so‘zsiz tartibda pul mablag‘larini hisobdan chiqarish bo‘yicha 
e’tirozlarini ko‘rib chiqmaydilar. 
Тexnik muammolar natijasida, olingan fayllarni tijorat banklariga yetkaza olmaslik holatlari 
to‘g‘risida, Markaziy bank axborotga ega bo‘lishi bilan, DSQga darhol ma’lum qiladi. 
Тijorat banklari tomonidan davlat soliq inspeksiyalaridan yuborilgan elektron inkasso 
topshiriqnomalari ijroga qabul qilingach, ilgari (qog‘ozda) qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari 
inspeksiyalarga reestr asosida qaytariladi. 
Ushbu jarayon DSI va xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan tegishli solishtirish dalolatnomasini 
rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Xulosa. Dasturiy mahsul amaliyotga joriy etilgunga qadar respublika bo‗yicha inkasso 
topshiriqnomalarini qo‗yish uchun 1,5 mingga yaqin soliq inspektorlari jalb qilingan bo‗lsa, 
bugungi kunda bu ishlarni har bir inspeksiyada 1 kishi uddalamoqda va taxminan 1,3 ming 
nafar xodimlarning ish hajmi va vaqti tejaldi. 2010 yil davomida 3256 mingta inkasso 
topshiriqnomalarini chop etish uchun 6512 ming dona qog‗oz hamda printer texnikasi, 
butlovchi 
materiallar uchun 250 mln. so‗m xarajat qilingan bo‗lsa, inkasso topshiriqnomalarini chop etish 
ishlari qog’oz ko‗rinishidan elektron ko‗rinishga o‗tkazilishi evaziga, 3540 tonnadan iborat 
qog‗oz sarfi tejaldi. 
Inkasso topshiriqnomalarini banklarga tarqatish 34 kun vaqtni talab qilgan bir vaqtda
dasturiy 
mahsul joriy etilishi bilan bu amallar uchun 10 daqiqa kifoya bo‗lmoqda.
Ilgari inkasso topshiriqnomalari harakatini vertikal nazorat kilish imkoniyati bo‗lmagan, bugungi 
kunda esa ushbu ishlar avtomatlashtirilib, DSIlar, vazirliklar hamda korxona-tashkilotlar kesimida nazorat qilish tizimi joriy etildi. 
Download 50.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling