«Yuridik shaxslarning soliq qarzini hisobini yuritish» dasturiy mahsulini joriy qilish maqsadlari. Dasturiy mahsul ma‘lumotlar bazasining shakllanishi
Dasturiy mahsul ma’lumotlar bazasining shakllanishi
Download 50.52 Kb.
|
19-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy mahsulda ma‘lumotlarni shakllantirish tartibi va muddati.
Dasturiy mahsul ma’lumotlar bazasining shakllanishi.
Dasturiy mahsul ma’lumotlar bazasida quyidagilar shakllanadi: - budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar uchun hisoblangan va to‘langan to‘lovlar, shuningdek, mavjud soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni korxonalar (jismoniy shaxslar), faoliyat turlari, vazirliklar, statuslar, mulkchilik shakli, banklar hamda hududlar kesimida jadval shakli; - to‘lov muddati uzaytirilgan soliq qarzlari to‘g‘risidagi hisobotlarning jadval shakli; - ogohlantirish talabnomalari, qarzdor korxonalar (jismoniy shaxslar) va debitorlar hisobiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari, debitor korxonalar (jismoniy shaxslar) hisobidan undirilgan summalar, ho‘jalik sudiga rasmiylashtirilgan (da’vo) arizalar hamda qanoatlantirilgan da’vo arizalar bo‘yicha dasturiy mahsulga kiritilgan sud buyruqlari to‘g‘risidagi reyestr ma’lumotlari jadval shakli; - soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida, “41-grafa” jadvali shakli. Dasturiy mahsul ma’lumotlar bazasining shakllanishi 1-rasmda keltirilgan. Dasturiy mahsul uch pog‘onada yuritilishi mo‘ljallangan: - birinchi pog‘ona tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyalarida; - ikkinchi pog‘ona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida; - uchinchi pog‘ona Davlat soliq qo‘mitasida. 113
Dasturiy mahsulda ma‘lumotlarni shakllantirish tartibi va muddati. Budjet va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan qarzdorlikka “Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish” bo‘lim (sho‘’ba)lari tomonidan ogohlantirish talabnomalari, ijrosi bajarilmagan talabnomalar bo‘yicha sudga da’vo arizalar, mazkur ariza bo‘yicha sudda ko‘riladigan ish yuzasidan ma’lumotlarni dasturiy mahsul orqali to‘g‘ri shakllantirishni amalga oshiradi. Davlat soliq inspeksiyasi pog‘onasida: - har haftaning chorshanba kuni «Axborot tizimlari» bo‘lim (sho‘’ba)lari tomonidan yuridik hamda jismoniy shaxslarning shaxsiy hisob varaqalarda saldo hisoblash, dasturiy mahsulning (BL) pochta fayllarini yaratish va Davlat soliq boshqarmasiga taqdim etish; Hududiy Davlat soliq boshqarmasi pog‘onasida: - har haftaning chorshanba kuni “Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish” bo‘limlari tomonidan DSIlardan yuridik xamda jismoniy shaxslar bo‘yicha qabul qilib olingan dasturiy mahsulning (BL) pochta ma’lumotlarini boshqarma pog‘onasidagi dasturiy mahsullar yordamida DSB ma’lumotlar bazasiga yuklash; - DSB pog‘onasidagi dasturiy mahsullar orqali DSIlar tomonidan amalga oshirilgan majburiy undiruv choralari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda haftaning payshanba kuni boshqarma rahbariyatiga tahliliy ma’lumotlarni kiritish hamda Davlat soliq qo‘mitasiga yuqoridagi pochta ma’lumotlarni taqdim etish. Davlat soliq qo‘mitasi pog‘onasida. - “Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish” boshqarmasi tomonidan DSBlardan yig‘ib olingan DSIlarning dasturiy mahsullar (BL) pochta ma’lumotlarini (yuridik va jismoniy) DSQ pog‘onasidagi dasturiy mahsullar ma’lumotlar bazasiga yuklash, tahliliy jadvallarni shakllantirish; - mazkur tahliliy jadvallar asosida joylarda soliq qarzini majburiy undiruvga qaratilishida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, DSQ yig‘ilishlarida muhokama etish uchun DSQ rahbariyati va Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalariga taqdim etish amallari bajariladi. Javobgarlik “Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish” bo‘lim (sho‘’ba)lari tomonidan soliq karzini majburiy undiruvga qaratilishida, “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish va statistika” boshqarmasi va uning hududiy bo‘lim(sho‘’ba)lari shaxsiy hisobvaraqadagi ma’lumotlar haqqoniyligi uchun; “Soliq qarzini majburiy undirish” bo‘lim (sho‘’ba)lari tomonidan soliq qarzini majburiy undiruvga qaratilishida dasturiy mahsulning amaliyotda to‘g‘ri yuritilishi, undagi ma’lumotlarni haqqoniyligi va soliq qarzini belgilangan muddatlarda majburiy undiruvga qaratilishi uchun; Davlat soliq organlarida dasturiy mahsullardan to‘liq va samarali foydalanish bo‘yicha buyruqlar bilan mas’ul xodimlar tayinlash va ular tomonidan ijrosini ta’minlash yuzasidan doimiy nazorat olib borish shaxsan hududiy Davlat soliq xizmati organlari birinchi rahbarlarining zimmalariga yuklatiladi. Xulosa. Dasturiy mahsul joriy etilishi natijasida davlat budjeti oldidagi qarzdorliklar bo‘yicha ma’lumot shakllari birxillashtirildi. Dasturiy mahsuldagi tahliliy jadvallar soni 1000 dan ziyod. Qarzdorlik summalarini vazirlik (uyushma)lar, hududlar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar, manbalar, mulk shakli va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha doimiy ravishda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarga inkasso topshiriqnomasi qo‘yishdan boshlab sud ijrochisiga ijro hujjatini 114
majburiy undirishga qaratish bo‘yicha ko‘rilgan choralar monitoringi jadvalini to‘ldirish uchun har bir korxonaga o‘rtacha 10-15 minut talab qilingan bo‘lsa, dasturiy mahsul orqali endilikda yiliga o‘rtacha 33,8 ming ish kuni miqdorida mehnat tejalishiga erishildi. Download 50.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling