Yuridik sohada psixokorreksiya va psixodiagnostikani tutga


Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari


Download 255.5 Kb.
bet6/14
Sana09.06.2023
Hajmi255.5 Kb.
#1466847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari
Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo‘linadi:
test vazifalari qo‘llaniladigan metodika tiplari;
metodikada qo‘llaniladigan test materiallari adresati;
sinaluvchi kishilar tomonidan test materiallarining tasavvur qilinish shakli;
psixodiagnostik xulosalar uchun qo‘llaniladigan ma’lumotlar xarakteri;
metodikalardagi test normalarning mavjudligi;
metodikalarning ichki tuzilmasi.
Test vazifalarining qo‘llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar:
so‘rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar);
ta’kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o‘z fikriga mosini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan);
mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko‘rinishi: verbal, obrazli, materialli);
harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog‘liq topshiriqlar);
fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta’siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.;
Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar:
anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan);
anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo‘linadi.
Birinchi tipdagi metodikalarga so‘rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin.
Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko‘ra:
blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo);
texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo‘li bilan);
sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi.

Download 255.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling