Yurish va yugurishlar Reja; Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi


Download 21.28 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi21.28 Kb.
#102920
Bog'liq
yurish va yugurishlar


Aim.uz

Yurish va yugurishlar

Reja;

  1. Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi.

  2. Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi


Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi.

“Atletika”-yunoncha so’z bo’lib, u bellashuv, kurash, mashq ma’nolarini anglatadi. QadimYunonistonda kuch va chaqqonlik bo’yicha bellashganlarni atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va o’z xohishga ko’ra bajarganlar. “Yengil atletika” atamasi ham shu bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan bo’lishi mumkin.

Qadim davrlarda katta-katta tadbir va tantanalarda yugurish, sakrash, uloqtirish bo’yicha musobaqalar uyushtirilgan. Shunga ko’ra, aynan sportning mazkur turlari ham qadimgi olimpiada o’yinlariga kiritilgandi. Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport turlari: Yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni qamrab olgan ko’pkurashdan iboratdir, qamrab olingan sport turlari hammabop bo’lgani uchun yer sharidagi millionlab odamlar yengil atletika bilan shug’ullanmoqdalar. Mashqlarning turli –tumanligi va ularning nafi katta ekanligi, jihozlarning murakkab emasligi yengil atletikani har bir shaxs shug’ullanishi mumkin bo’lgan ommaviy sport turi bo’lib qolishiga olib keldi. Shuning uchun ham yengil atletikani “Sport qiroli” deb ataydilar.

Yengil atletika o’ziga xos yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish–tezlik kuchini,chidamlikni tarbiyalaydi, kishi a’zolarining harakatchanligini kuchaytiradi, irodani tarbiyalaydi, tana a’zolarining ish qobiliyatini oshiradi.Yengil atletika mashqlarinning sog’lomlashtiruvchi ta’siri ana shunda. Bu sport turi yaxshi odatlarni, o’z salomatligiga doimiy ravishda e’tibor berib yurish kabi sifatlarni shakllantiradi. Yengil atletika mashqlarining bolalar sog’lig’i va jismoniy o’sishiga ijobiy ta’siri bu sport turini kollejlar uchun o’quv dasturiga kiritilishiga sabab bo’ldi.

Respublikamiz tabiiy sharoiti yengil atletika bilan yil bo’yi ochiq havoda, maydonlarda, bog’lar va stadionlarda shug’ullanish imkonini beradi. Bu sport turi bilan issiq paytlarda yengil kiyim kiyib shug’ullaniladi. Sovuq paytlarda sport kiyiminning qalinrog’i kiyiladi. Oyoqqa ket, krassovka, shippaklar kiyiladi. Stadionda yengil atletika bo’yicha yugurish yoki sakrash musobaqalari o’tkazilganda ,unda qatnashuvchilar tishli shippaklar kiyib olishlari mumkin. U yaqin masofaga yugurishda ko’rsatkichlarni oshirishga (2-3 s ga), uzunlikka sakrashda esa (20-30 sm) uzoqroqqa sakrashga yordam beradi.

Yengil atlatika bilan shug’ullanish chog’ida qator qoidalarga rioya qilish zarur. Qoidaga ko’ra, avval 3-5 daqiqa asta yugiriladi. 6-8 marta umumiy mashqlar bajariladi. Bu harakatni aniq bajarish ko’nikmasini hosil qilishga yordam beradi.

Endigi navbatda mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Buning uchun mashg’ulot o’tkaziladigan joy yaxshilab tayyorlanadi, yugurish yo’lagi ortiqcha narsalardan tozalanadi, uloqtirish uchun xavfsiz joy tanlanadi. Uloqtirish bilan mustaqil shug’ullanish chog’ida to’p oyna, daraxt, odamlarga tegib ketmaydigan yo’nalish tanlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Uzunlikka yoki balandlikda sakrash joyi quruq va tekis bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida o’tkir, uchli narsalar bo’lmasligi lozim. Balandlikka sakrashni kuzatayotgan kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketib, unga tegib ketishi mumkin.

Yugurish mashqini bajarganda so’ng darhol to’xtab yoki o’tirib olish mumkin emas. Masalan, 100-200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10-15 metr qadamlab yurish kerak. Boshqalar yugurayotganda yugurish yo’lakchasida turish yoki uni kesib o’tish ta’qiqlanadi. Musobaqada qatnashayotganlar yonida ham yugurish mumkin emas. Yugurib keliboq sovuq suv ichish mumkin emas, chunki u tanani to’satdan sovutib, yuqori nafas yo’llarini shamollatadi (bundan bronxit, angina va hokozalar kelib chiqadi).

Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash mashqlaridan iborat yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi odamlar yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlaridan zarur harakat sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo`llanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimida yengil atletika mashqlari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`liq edi.

Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular quldorlarning harbiy-jismoniy tayyorarligida katta o`rin egalladi va qabilalar hamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo`ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi Olimpiya o`yinlari hisoblanadi.

Feodal jamiyatida ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo’lgan edi burjua jamiyatida yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sestemasiga kiritdilar.

Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi. Burjuaziya an`anaviy xalq o`yin qoidalaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yurish, sakrash va uloqtirish tusini olib yengil atletika tarkibiga kiradigan sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi.

Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq paydo bo`la boshladi. 1837 yili bu erda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan Regbi shaxri kollej o`quvchilarining dastlabki musobaqalari bo’ldi. Keyinchalik musobaqa programmasiga qisqa masofaga yugurish, to’siqlar osha yugurish va og`ir narsalarni uloqtirishni tusha boshladilar 1851 yildan boshlab musobaqalar programmasiga yugurib kelib balandlikga va uzunlikga sakrash kiritildi.



Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi.

Yurish-insonning joydan-joyga kuchishidagi oddiy usul bulib turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi uzoq va tekis yurganda badandagi barcha muskullar ishlaydi organizmdagi yurak qon tomirlar nafas olish va sestemalar faoliyati kuchayadi natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avvalo sog`lamlashtirishga ahamiyati bor. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham bo’ladi

Paxodda yurish safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnika jihatidan eng qiyin lekin eng foydali xili sportcha yurish qo`llaniladi

Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq yurish musobaqalari stadion yo’lkalarida va oddiy yo`llarda 3 km dan 50 km gacha masofada o`tkaziladi

Yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidasi belgilangan yurish texnikasi hususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo’lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yo`l quymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa, sportchi yurishdan yugurishga o’tgan hisoblanadi. Bu qoidani buzgan sportchi mahsus sud`yalar musobaqadan chetlatadilar.

Yugurish - joydan joyga ko’chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning ko’proq tarqalgan turi bo’lib, juda ko’p sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p xillari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi.

Shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va yugurish tezligini o`zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish, odamning chidamligini, tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta`sir etish mumkin. Yuqori tezlikda yugurish shug`ullanuvchilarga, xususan ularning yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga qo`yilgan talabni oshiradi va chidamlilikni rivojlantiradigan zarur vosita bo’lib xizmat qiladi. Juda katta tezlikda yugurish esa, tezlikni rivojlantirish uchun mashg`ulotlarga kiritiladi.

Yugurish bilan shug`ullanish jarayonida kishi irodasi mustaxkamlanadi, o`z kuchini taqsimlay olish, to’siqlarga o`ta bilish ochiq joyda mo’ljal ola bilish qobiliyati hosil bo’ladi.

Yugurish- har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxassislikdagi yengil atletikachilarning ham, boshqa sport turlari bilan shug`ullanuvchilarning ham trenirovkalarida yugurishga ko’p e`tibor berilish, shuningdek faol dam olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida yugurishning ulushi katta ekani.

Yugurish – yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari etakchi o`rin tutadi, ularga tomoshabinlar ham juda qiziqadi. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi.

Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to’siqlar osha yugurish , estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo’ladi.



Tekis yugurish ma`lum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yo’lkasida (soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda) o`tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo`lka ajaratiladi. Qolgan masofalarga yugurish umumiy yo`lkada o`tkaziladi. Belgilangan masofani o`tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o`lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo’lib, natija shu vaqt ichida bosib o`tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.

To’siqlar osha yugurishning ikkita xili bor: 1) g`ovlar osha yugurish – bunda yugurish yo`lkasida bir-biridan bir xil uzoqlikda masofadagi muayyan joylarga quyilgan bir tipdagi to’siqlardan oshib, 60 dan 400 m masofaga yuguradi:

Tayanch so’zlar.

Yurish


Yugurish

Sakrash


Dеpsinish

Uloqtirish



Adabiyotlar.

T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi
Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling