«yurisprudensiya»


Download 1.39 Mb.
bet73/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

9-masala
“GIDRO-TAR-LOK” qo‘shma korxonasi suvdan foydalanganligi uchun qonunda belgilangan tartibda soliq to‘lashi lozim bo‘lgan. Soliq inspeksiyasi xodimi kelib, “GIDRO-TAR-LOK” qo‘shma korxonasi to‘lashi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ogohlantirish xati berib ketadi.
“GIDRO-TAR-LOK” qo‘shma korxonasi soliq inspeksiyasiga javoban, amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliqdan ozod etilganligini ma’lum qilgan.
Soliq inspeksiyasi “GIDRO-TAR-LOK” qo‘shma korxonasiga nisbatan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi kiritgan.
– Sud mazkur holatda qanday qaror qabul qilishi kerak?
– “GIDRO-TAR-LOK” qo‘shma korxonasi vajlarini asoslab bering.


10-masala
Avtomobil-yoqilg‘i qo‘yish shahobchalaridan birida yoqilg‘i-neft mahsulotlarini Sirdaryo daryosiga noqonuniy tashlash holati aniqlangan. Natijada 300 kg. baliq va suv faunasi va florasining nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
– Yetkazilgan zarar hajmi qaysi normativ-huquqiy hujjat asosida hamda kim tomonidan hal etilishi lozim?
– Masalani sud tartibida yeching.


11-masala
Fuqarolar Sh. va V. baliqchilik xo‘jaligi suv havzasidan havaskorlik yo‘li bilan baliq ovladilar. Bu holatni ko‘rgan baliqliqchilik xo‘jaligining qorovuli darhol baliqchilik xo‘jaligining boshlig‘iga murojaat qildi. Baliqchilik xo‘jaligi boshlig‘i Fuqarolar Sh. va V.larning noqonuniy baliq ovlaganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
– Baliqchilik xo‘jaligi boshlig‘ining harakatlariga baho bering?
– Fuqaro Sh.va V larning harakatlariga huquqbuzarlikning alomatlari bormi, agar huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarlikga nisbatan qanday jazo chorasi belgilanishi kerak?


12-masala
Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tadigan Zarafshon daryosining irmog‘iga Navoiy azot korxonasi oqindi suvlarni oqizdi. Suv obyekti tarkibidagi ifloslovchi moddalarning belgilab qo‘yilgan me’yorlardan oshib ketishiga yo‘l qo‘ydi va suvdan foydalanuvchi bunday oqindi suvlarni tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan darajaga yetkazib tozalab bermadi.
Tuman sanitariya nazorati organi bu holatga nisbatan tegishli chora ko‘rish uchun tuman prokuraturasiga murojaat qildi.
– Korxonaning sodir etgan noqonuniy harakatlariga huquqiy baho bering?
– Davlat sanitariya nazorati organining murojaati to‘g‘rimi, agar to‘g‘ri bo‘lsa qanday asoslarda?


13-masala
Axmadjonov N. (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) o‘zining tomorqasida xovuz qurib, xovuzga suvni maxalladan o‘tib ketayetgan ariqdan to‘ldirib, u yerda baliq ko‘paytirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi.
Tabiatni muhofaza qilish organi xodimi va tuman suv resurslarini boshqarish bo‘limi xodimi kelib, Axmadjonov N.ga suv uchun haq to‘lashi kerakligini bundan tashqari mazkur faoliyatini boshlashdan oldin ekologik ekspertizadan o‘tkazishi kerakligini bildiradi va faoliyatni ekspertiza o‘tginigacha to‘xtatib turishi haqida talabnoma beradi.
Bu xolatdan norozi bo‘lgan Axmadjonov N. o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojat qiladi.
– Mazkur ishni amaldagi qonunchilikka asosan, o‘zingizni sudya o‘rni qo‘yib qonuniy hal qiling.


14-masala
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralarini ayrim yer usti va osti suv obyektlari kesib o‘tadi. Qishloq va ovulda yashovchi fuqarolar bir necha marotaba joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlariga qo‘shni mamlakatlar hududlarida suv havzalari ifloslanishi va ulardan nooqilona foydalanilayotganligi to‘g‘risida ariza va shikoyatlar bilan murojaat etdilar.
– Ushbu masalalarni xalqaro va davlatlararo huquqiy hujjatlarga muvofiq hal etilishi tartibi qanday?


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling