«yurisprudensiya»


Download 1.39 Mb.
bet71/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3-masala
Fuqaro A. Sirdaryoga borib, baliq ovlash taqiqlangan vaqtda 35 kg baliq ovlab ketayotganda, tabiatni muhofaza qilish inspektori uni to‘xtatib, amaldagi qonunchilikni buzganligini aytib, mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzib, ishni sudga oshirib yubordi.
Sudda fuqaro A. unga qo‘yilgan ayb noto‘g‘riligini aytib, quyidagi vajlarni kelltirdi, ya’ni unga tabiatni muhofaza qilish organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzganligi uchun ayb qo‘ygan. Lekin fuqaro A. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni buzganligi aytib o‘tib, demak unga qo‘yilgan ayb noto‘g‘ri bo‘lib va u mazkur ayib bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini aytib o‘tdi.
– Sizning fikringizcha sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
– Fuqaro A.ning vajlari haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishi yuzasidan fikr bildiring.


4-masala
N. ismli bir olim tabiiy obyektlarni insonni o‘rab turadigan moddiy dunyoning elementi emas, degan fikr bilan, o‘z nazariyasini amaliyotga tatbiq etmoqchi bo‘ldi. Unga qarshi boshqa olim tabiiy obyektlar moddiy dunyoning elementi va unga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish kerakligini olg‘a surdi. Ikki olim o‘rtasiga O‘zbekiston ekologik harakati qo‘shildi va bu holatga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldi.
– Aytingchi qaysi olimning fikri amaldagi qonunchilikka zid keladi?
– O‘zbekiston ekologik harakatining vakolatiga olimlarnig mazkur bahsiga qo‘shilib fikr bildirishi amaldagi qonunchilikka to‘g‘ri keladimi?


5-masala
Nazorat ishlaridan birida ekologiya huquqi tizimi Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, hokimiyatlardan tashkil topgan deb yozilgan.
– Ekologiya huquq tizimi yerdamida masalani huquqiy yechimini toping?
– Ekologiya huquqi tizimi qismlarini bunday bo‘lishini amaliy jixatini, nazariy jixatdan asoslantirib bering
Fuqaro G. Navoiy viloyati hududidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga taalluqli suv havzalaridan bir qismini xususiy mulk qilib berilishini so‘rab viloyat hokimligiga ariza bilan murojaat qildi.
– Fuqaro G.ning arizasi qanoatlantirilishi mumkinmi?
– Qanday tabiat obyektlari xususiy mulk sifatida berilishi mumkin?



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling