Yusupbekov N. R., Muxitdinov D. P bazarov M. B., Xalilov
Download 2.28 Mb.
|
boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- AddTo[x, d] x += dx
- DivideBy[x, s] x /= s
- Kiritish Chiqarish i=0
- Divide[1.,3]
- Ceiling [x]
- Seiling[{-.5.9,-5.1,5,5.1,5.9}]
- Divisors[n]
- LCM[n1, n2, . . . ]
- Prime[n]
Operatorlarning qisqartirilgan shakli yozuvlarni ixchamlasada, ammo ifodaning tushunish sal murakkablashadi.
Arifmetik funksiyalar. Mathematica da arifmetik amallarni bajarish uchun quyidagi arifmetik funksiyalardan foydalaniladi: Divide[x, u] — x ning qiymati u ga bo’linadi, ya’ni bu amalning natijasi x u^(-1) ga teng; Plus[x, u, ...] — ro’yxatdagi barcha elementlarning yig’indisini hisoblaydi; Mod[m, n] — m ning n ning bo’lishdagi qoldiqni aniqlaydi; Times [x, u, . . . ] — ro’yxatdagi barcha elementlarning ko’paytmasini hisoblaydi; Misollar: Divide[1.,3] 0.333333 Mod[123,20] 3 Mod[123,-20] -17 Mod[-123,20] 17 Plus[2,3,4] 9 Times[2,3,4] 24 x va u larning qiymatlarini o’rnini almashtirish maqsadida {x, u}={u, x} yozuvdan foydalanish mumkin. Quyidagi funksiyalar xaqiqiy sonlarni ma’lum bir qoidalar buyicha ularga yaqin butun sonlar bilan almashtirish uchun xizmat qiladi: Ceiling [x] — x dan katta yoki teng bo’lgan eng kichik butun sonni aniqlaydi; Floor[x] — x ga kichik yoki teng bo’lgan eng katta butun sonni aniqlaydi; Quotient[n, m] —n/m nisbatni butun qiymatini, Floor[n/m] dagidek aniqlaydi; Round[x] — x eng yakin songacha yaxlitlaydi. Yuqoridagi funksiyalarning argumenti fakat birta qiymatdan iborat qilib ko’rsatilgan bo’lsada ularning argumentlari ro’yxatlardan ham iborat bo’lishini uqtirib o’tamiz. Misollar: Seiling[{-.5.9,-5.1,5,5.1,5.9}] {-5, -5, 5, 6, 6} Floor[{-.5.9,-5.1,5,5.1,5.9}] {-6, -6, 5, 5, 5} Round[{-.5.9,-5.1,5,5.1,5.9}] {-6,-5, 5, 5, 6} Ba’zi funksiyalar butun sonlarning bo’luvchilarini topish va EKUK ini topish imkoniyatini beradi. Masalan:: Divisors[n] — n sonning bo’luvchilarini ro’yxatini beradi; DivisorSigma[k, n] — n sonning musbat bo’luvchilarining k- darajalarining yig’indisin aniqlaydi; ExtendedGCD[n, m] — n va m sonlarining kengaytirilgan EKUB ini aniqlaydi; GCD[n1, n2, ...] — musbat ni sonlarining EKUB ini aniqlaydi; LCM[n1, n2, . . . ] — musbat ni sonlarining EKUK ini aniqlaydi . Butun qiymatli funksiyalar turkumiga Factorial[n] yoki n! larni kiritish mumkin.; Factorial2[n] yoki n! ! — ikqilangan faktoriallarni hisoblaydi: Factorial[10] 3628800 20! 2432902008176640000 10!! 3840 20! //N 2.4329X1018 Natijadagi \ - belgi keyingi simvollarni keyingi qatorga o’tkazish kerakligini ko’rsatadi. Keyingi funksiyalar tub sonlarni va ularning xarakteristikalarini aniqlashga yerdam beradi: Prime[n] — n- tub soni aniklab beradi (Prime[5] – 5 -tub son,ya’ni 11 ni aniqlab beradi); PrimePi[x] — x dan katta bo’lmagan tub sonlarning sonini aniqlaydi (PrimePi[10] funksiyaning natijasi 4 ga teng); Bu funksiyalar sonlar nazariyasining masalalarini yechish uchun mo’ljallangan. Download 2.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling