Yusupova dilafruzning


Download 1.06 Mb.
bet2/3
Sana12.11.2020
Hajmi1.06 Mb.
#144568
1   2   3
Bog'liq
DARS ISHLANMA

“Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

1-bosqich: Otaxon adiblarimizdan biri O’zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev asarlari kirib bormagan o’zbek xonadoni bo’lmasa kerak. Yozuvchining romanlari hatto bir qancha chet tillarida ham tarjima qilingan. O’quvchilar e’tibori video-proyektorga qaratiladi. Unda Xudoyberdi To’xtaboyevning hayoti va ijodi bilan bog’liq suratlar namoyish etiladi.


Inson ma’naviyat cho’qqilariga kitobdan qanot yasab ko’tariladi.
Xudoyberdi To’xtaboyev
“Sariq devni minib”, “Sariq devni o`limi” romani kirmagan xonadon, uning qahramonlari bilan do`stlashmagan bolalar bo`lmasa kerak. Buning boisi, yozuvchi bolalar adabiyotiga hayotni haqqoniy tasvirlash bilan o`z o`quvchisini voqealarga ishontira olgani bilan boshqa ijodkorlar farq qiladi.

“Xudoyberdi akaning tabiatida o`zi qandaydir mo`jaz, yaxshi ma’noda bolalik bor” – deydi yozuvchi Shukur Xolmirzayev.

Ayni shu - yaxshi ma’nodagi bolalik, bolalarcha soddalik, samimiyat, kattalar tajribasi, bilimini ko`ngilga jo etgan holda hayot hodisalarini bolalarcha idrok etish tuyg`usi bo`lmaganida balkim X.To`xtaboyev bolalar qalbiga yo`l topa olmasdi.

1.Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev haqida nimalarni bilasiz?

2.Yozuvchining qanday asarlarini o`qigansiz?

3.Bolalar hayotinin ularning sarguzashtlarini hikoya qiluvchi qanday asarlarni bilasiz?


“Sariq devni minib” badiiy filmidan parchalar o’quvchilarga namoyish etiladi.

2-bosqich: Yangi mavzu timsollar ustida ishlash bo’lganligi uchun sinf 2 guruhga bo’lib olinadi va ular musobaqa tarzida timsollarni tahlil qilishadi. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga shunday savol beriladi. “Agar siz sehrli qalpoqchani topib olganingizda nima qilar edingiz?”. O’quvchilarning javobi bir-bir tinglanadi.

Mavzu tahlili uchun “Yelpig’ich” usulidan foydalaniladi. o’qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan Hoshimjon, Hayitvoy, Mirobiddinxo’jalarning ayrim sifatlari yozilgan tarqatmalar aralash holda guruhlarga taqdim etiladi. Guruh a’zolari har qaysi timsolga tegishli sifatlarni birin-ketin o’qituvchiga uzatishadi va o‘z fikrlarini bildirishadi. O’qituvchi tarqatmalarni shu timsol yozilgan kichik plakat atrofiga yopishtiradi va yelpig’ich hosil bo’ladi.


Siz turli-tuman qiziqarli hodisalarga boy sarguzasht asarlarni ozmi-ko‘pmi o‘qigansiz, albatta. Aslida sarguzasht deb boshdan kechirilgan voqealarga aytiladi, biroq adabiy asardagi har qanday voqeani ham sarguzasht deyish mumkin emas. Sarguzasht asarda favqulodda qiziq va g‘aroyib voqealar, o‘quvchini hayajonga soladigan tasvirlar, kechinmalar ko‘p bo‘ladi. Bunday asar kishini doim hayajonda ushlab turadi, uni o‘qiganingizda bu yog‘i nima bo‘larkin deya qiziqishingiz ortib boradi. Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari», Daniel Defoning «Robinzon Kruzo», Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» kabi kitoblari ana shunday asarlardandir. Ularda qahramonlar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan kechiradilar, dahshatli to‘siqlarga duch keladilar. Bunday asarlarda biroz mubolag‘a, biroz fantastik tasvir ustunlik qilgani tufayli ularni muxlislar boshdan oxir hayajon bilan o‘qiydi.

O‘zbek adabiyotida ham qahramonlar hayoti sarguzashtli kechadigan asarlar anchagina. Jumladan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini sarguzasht asarning mukammal namunasi desa bo‘ladi. Unda Farhodning Axraman devni yengishi bilan bog‘liq voqealar, Yosuman kampir kirdikorlari haqiqiy sarguzasht asarga xos tarzda tasvirlangan.

Keyingi davr adabiyotimizda yaratilgan asarlar, jumladan, Siz yuqorida tanishgan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romani ham sarguzasht usulida bitilgan asar hisoblanadi. Unda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjon Ro‘ziyevning qilmishlari juda qiziqarli voqealar asosida hikoya qilinadi. Bu asarda fantastik va detektiv holatlar uyg‘unlashgan tarzda ifoda etilgan. Garchi asarda real voqealar tasvirlanayotgan bo‘lsa-da, undagi fantastik, detektiv unsurlar romanni hayajon bilan o‘qilishini ta’minlaydi.

Sarguzasht asarlar qiziqarli bo‘lishi, ajoyib-g‘aroyib voqealarga boy bo‘lishi tufayli kitobxon dunyoqarashini, fantaziyasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham Sizlarga vaqt-vaqti bilan sarguzasht asarlarni o‘qib turishni maslahat beramiz.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling