IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Og’zaki savol-javob.
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
O’quvchilar bilan timsollar ustida ishlangandan so’ng asar yuzasidan o’qituvchi yakuniy xulosani beradi. Agar inson bilimsiz bo’lsa, unda hayotda hech qanday yutuqlarga erisha olmaydi.
Ma’naviyat va badiiy adabiyot, ilmlar majmuasidan xulq-axloqqa oid rasm-rusumlardam ota-bobola-rimizdan o’tib kelayotgan urf-odatlardan ajdodlarimizning tajribasidan iboratdir.
X.To’xtaboyev
Oldindan va’da qilingan sehrli qalpoqcha o’quvchilarga ko’rsatiladi, lekin hech qaysi o’quvchi uni olishni istamaydi. O’qituvchi buning sababini so’raydi. O’quvchilar ham o’z maqsadlariga sehrli qalpoqcha bilan emas, faqat a’lo o’qish va bilimlari bilan erishishni afzal ko’rishlarini aytishadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |