Yusupova z. Sh. Qabul qildi: tuhtasinova m. M


Download 253.22 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi253.22 Kb.
#158470
Bog'liq
2 5346184481843710798


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g`oyalar

BAJARDI: 72A-20 guruh talabasi

YUSUPOVA Z.SH.

QABUL QILDI: TUHTASINOVA M.M.
Farg'ona – 2020



MAVZU:Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g`oyalar

Reja:

1.Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g`oyalar

2.Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g`oyalar

3.``Avesto``dagi iqtisodiy g`oyalar

4.Konfutsiy ta`limoti



1,Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g`oyalar

Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon svilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir.Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan bog`langan ammo hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan.Shu sababli iqtisodiy ta`limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo`lishi bilan bog`lanadi.Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda,Mesopotamiya va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y bergan.Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishloq xo`jaligida intensif ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tilgan.Shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan.Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo`lgan.Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta soliq olish bo`lsa, qullarni beayov ishlatish bilan kata boylik orttirilgan.Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan akademik V.V.Struve uni tan olgan.Lekin ko`pgina olimlarning fikricha,Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan,patriarxal,ya`ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan.Sharq,jumladan O`rta Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan.Masalan,dehqonchilik,qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan.Antik dunyo(G`arbiy Yevropadagi)ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib boorish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan(masalan Gretsiyaning ayrim shaharlari).Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topgan.O`z mahsulotini mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan.Oqibatda klassik yoki antic qulchilik yuzaga kelgan.Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va Tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir.Bu Bobil(Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to`plamlari (jami 282ta) diqqatga sazovor.Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo`jaligini rivojlantirishni qo`llab quvvatlash bo`lgan,ya`ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan.Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo`lmagan umuman,xususiy mulkchilik, shu jumladan, yerga ham tan olingan.Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan,unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.Bu qonunlar to`plami davlatning,mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko`rsatgan.Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan, ham iqtisodiy ravnaq topgan.Qadimgi Hindistonning ``Manu qonunlari``da ijtimoiy mehnat taqsimotining hukmronligi v abo`ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik ``Artxashastra``dir.Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo`yilgan.Asarda ``Buyumning qiymat``muammosi,qiymat miqdori davlatning boshqarish bo`yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g`oyalar ilgari surilgan.Qadimgi Hindistonda yaratilgan ``Veda``lardan bir qancha muhim iqtisodiy g`oyalar keltirilgan.Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalari Konfutsiy yoki Kun-Tszi va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo`lib,tabiiy huquq nazariyasi ilgari surilgan.Ularda mehnat taqsimoti,davlatning roli,xalq boyligi va hunarmandlar mulki o`rtasidagi bog`lanish,iqtisod va qonun masalalariga bag`ishlangan.Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko`ra,Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lgan ``Avesto``da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.Jumladan, sun`iy sug`orish asosida dehqonchilik yuritish,ona tabiatni e`zozlash,hayvonlarni asrash,noo`rin so`ymaslik,unga zulm qilmaslik,tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan.Bu kitob eramizdan avvalgi XI ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida voqealarni aks ettirgan va juda qadimiy yodgorlikdir.

2.Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g`oyalar

Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati bo`lgan.Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan.Podsholar oqsoqollar kengashi va qo`shinga tayanib ish olib borganlar.Qadimgi aholi boy-badavlat,hunarmand,mayda savdogar,o`rtahol dehqon va ziyolilardan o`rta tabaqaga hamda kambag`allar,qashshoqlar va qullarga bo`lingan.Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan.Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o`zlashtirganlar.Buyvol,zubr va qo`tos ho`kizlarini qo`shomochga qo`shib yer haydaganlar.O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan.Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan.Suvni yuqoriga chiqarishning eng qadimgi qo`l usuli Misr tipishoduflar bo`lib,ular Qadimiy Misr ,Mesopotamiyada keng tarqalgan edi.Shoduf moslamasi Hindistonda ``densli`` nomi bilan mashhur bo`lgan.U yerda ``rati`` deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo`lib,Misr ``atue``siga o`xshaydi.Dehqonlar dalalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar.Hindiston g`o`za-paxtaning ilk vatanidir.Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma yetishtirib, polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`ullangan.Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan.Dehqonchilikda tosh, mis va jezdanyasalgan qurollardan foydalanganlar.Hind vohasida, ayniqsa, Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan.Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug`ullangan.Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar.Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan.Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi.Hind ustalari tosh, mis, kumush, jez, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovor qurollar, muhrlar,uy-ro`zg`or va zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan.U yerda to`qimachilik,kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan.Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari va do`konlarning qoldiqlarini topganlar.U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan.Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganidan dalolat beradi.Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari na tijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo`lg`usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan.

3.``Avestodagi iqtisodiy g`oyalar

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan.Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri-Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan ``Avesto`` ham isbotlaydi.Olingan ma`lumotlarda ``Avesto`` kitobining muallifi Zardusht(mill.avv.589-512 y.) bo`lganligi qayd etiladi.U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko`rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan.

``Avesto`` boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat`iy nazar ularning ro`shnoli hayoti uchun kurashuvchi, jasur, halol, pok insonlarni shakillantirish va tarbiyalash g`oyasi bilan sug`orilgan.Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatlari o`z aksini topgan.``Avesto``da yer yumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o`ralganligi haqida yozilgan.Unda 16 mamlakatning nomi ko`rsatilgan bo`lib, ulardan to`qqiztasi Markaziy Osiyo hududida joylashgan.

``Avesto`` shakllanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi.Ko`chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarsi o`rnini o`troq yashash egallay boshladi,sug`oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik brogan sari taraqqiy etdi.Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo`lishi o`troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko`rsata bordi.Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko`rsatib berishda ``Avesto``ning ahamiyati kattadir.

``Avesto``da ``…yerga yaxshi, sog`lom urug`larsepishdan ortiq savob ish yo`q…`` deb, xalq xo`jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko`rsatib beriladi.``Olam go`zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug` qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir``, deyiladi unda.Qo`riq va bo`z yerlarni o`zlashtirish uni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko`paytirishga ham alohida e`tibor berilgan.``Avesto``da yer, suv, havoni bulg`ash, ifloslantirish og`ir gunoh hisoblanadi.Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga vahshiyona munosabatda bo`lmaslikka chorlaydi.

Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi:``Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga van a sog`lom, baquvvat bolalarga ega bo`ladi…Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi.Agar non mo`l-ko`l bo`lsa, muqaddas so`zlar ham yaxshi qabul qilinadi``.Bu yerda biz sog`lom avlod to`g`risida, iqtisodiy va madaniy, ma`naviy yuksalish o`rtasida o`zaro bog`liqlik mavjudligi to`g`risida fikr yuritilganligini ko`ramiz.O`sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.Bu noyob kitobda patriarxal urug` jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma`lumotlar beriladi. Demak, ``Avesto`` miloddan avvalgi IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma`naviy hayot haqida g`oyat muhim ma`lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy boyligidir.

4.Konfutsiy ta`limoti

Konfutsiylik yoki konfutsiychilik- Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta`limot hisoblanadi va eng ta`sirli uch asosiy falsafiy-diniy oqimlardan biri(daosizm va buddizm bilan birga).Bu ta`limotga Konfutsiy asos solgan.Konfutsiylikning ilk davomchilari- Men-szi(Mek Ke- mill.avv.-371-289), Ven-szi (mill.avv.VI asr), Xan Fey-szi (mill.avv.233-yil v.e.) keying davrda Fan Chjen (VI asr), Xan Fuy (768-824) va boshqalar.

Konfutsiylik ta`limotida insonparvarlik, odob qoidalari, fazilat tushunchasi muhim o`rin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga ko`ra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda Yoshi ulug`, mavqei baland kishilarni hurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo`lishlari kerak. Odob qoidalari tushunchasiga ko`ra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi, Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning negizida ``Sen o`zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga ko`maklash``, ``Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo ko`rma`` kabi hayotiy tamoyillar yotadi. ``Buyuk ta`limot`` va ``O`ratlik haqida ta`limot`` nomli asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi.Bu kitoblarga ko`ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini beshta oddiy va buyuk fazilat tashkil etadi:donolik, insonparvarlik, sadoqat, kattalarni hurmat qilish va jasorat. Bu fazilatlar o`ziga va boshqalarga halollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega bo`ladi.

Konfutsiychilikda ta`kidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmog`I lozim. Qonun o`zgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha ma`no kasb etadi, inson faoliyatida tub o`zgarish ro`y beradi. O`tmishda o`rnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. Konfutsiylikda jamiyatni boshqarishga kata e`tabor berilib, unga ko`ra, jamiyatni keragidan ortiq, oddiy qonunlar bilan to`ldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida konfutsiychilikning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular o`rtasida keskin kurash borgan.

Konfutsiylik milodiy I asrda davlat ta`limotiga aylandi, IX asrda buddizm, XI asrda daosizm ustidan to`la g`alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri(960-1279) neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.

XULOSA


Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shaklllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari mill.avv. 2- ming yillikka to`g`ri kelib , o`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalar oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.

Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa, qishloq xo`jaligi qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mehnat deb hisoblangan Hindistonda ``buyumning qiymati``ni ``ish kunlari`` bilan belgilab, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab quvvatlangan.

Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o`tiladi.

Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antic dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab quvvatlangan. Pulning asosan almashuv ( Ksenofont jamg`arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli deb hisoblangan. ``Ekonomika``, ``Xrematistika`` tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari( ilk yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni ( mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.

Rimda quldorlik yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi( Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). Qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi(Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi.

Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.



Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyot: Iqtisodiy ta`limotlar tarixi. Razzoqov. A., Tashmatov SH.
Download 253.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling