- “YUZ” ICHIDA RAQAMLASH METODIKASI
Reja: KIRISH Asosiy qism 1. “YUZ” ICHIDA RAQAMLASH METODIKASI 2. 100 ICHIDA MASALALAR BILAN ISHLASHNING UMUMIY METODIKASI 3. “YUZLIK” MAVZUSIDA ARIFMETIK AMALLARNI O’RGANISH 4 “YUZ ICHIDA”ARFIMETIK AMALLAR XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR - “Yuz” ichida raqamlash metodikasi
- 1.O’quvchilarni yangi sanoq birligi o’nliklar bilan tanishtirish.
- 2.Xonalar bo’yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o’nlikdan iboratligini, bitta o’nlik esa o’nta birlikdan iboratligini o’rgatish.
- Raqamlashni o’rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
- 11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash.
- 10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o’nli guruhlashga va raqamlarning o’rin qiymatlari tamoyilini qo’llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o’ringa, o’nliklar ikkinchi o’ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo’yicha ish davomida o’quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» atamalarini o’quvchilar o’zlashtirishlari, ularni tushunishini va o’z nutqlarida ulardan foydalana olishni o’rganishlari kerak) bilan tanishadilar.O’quvchilarga quyidagi ko’rinishdagi topshiriqlarni berish yo’li bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak
1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19…………. - 1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19………….
- 2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni o’qing?.
- 3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so’ngra ikki xonali sonlarni yozing.
- 4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
- Bu topshiriqni bajarishda o’quvchilarning ye’tiborini 22 sonini yozish uchun bitta 2 raqamining o’zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
- O’quvchilarni 20 ichida, so’ngra 100 ichida sonlarni o’rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib so’ngra og’zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.
- 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga doir ish davomida o’quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tanishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17,
Do'stlaringiz bilan baham: |