Yxatga olindi № 2019 y


MUSTAQIL ISHNI RASMIYLASHTIRISH


Download 1.54 Mb.
bet197/331
Sana30.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1733718
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   331
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti-hozir.org

MUSTAQIL ISHNI RASMIYLASHTIRISH
Mustaqil ishni rasmiylashtirish ishlariga jiddiy e’tibor berish kerak.

Uning tashqi ko’rinishi va rasmiylashtirish talablarini bajarish mustaqil ish sifatini baholashga kiradi.


Mustaqil ishning titul varag’i bo’lib, unda asosiy ma’lumotlar joylashtiriladi Titul varag’i albatta kompьyuterda terilgan bo’lishi kerak.
Titul varag’idan keyin mustaqil ishning rejasi betlari ko’rsatilgan xolda joylashtiriladi.
Ish qat’iy reja asosida yozilishi lozim, har bir savol ajratib ko’rsatilishi hamda yangi varaqda nomini ko’rsatilgan holda yozilishi kerak.
Ishda beriladigan jadvallar, chizmalar, diagrammalar yaxshilab chizilishi, raqamlar esa berilayotgan savol bilan bog’langan xolda bo’lishi kerak. Hamma jadvallar, chizma, diagrammalar va grafiklarga (har biri alohida, o’ng tomondan) nomer qo’yilishi, nomi hamda berilayotgan materiallarning manbasi ko’rsatilishi lozim.
Mustaqil ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda beriladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
4. O’zbekiston Respublikasi vazirliklari me’yoriy-huquqiy hujjatlari
5. Darsliklar
6. O’quv qo’llanmalar
7. Ilmiy monografiyalar va maqolalar
8. Doktorlik, nomzodlik va magistrlik dessertatsiyalari
9. Ilmiy-amaliy anjumanlar ma’ruza to’plamlari
10. Gazeta va jurnallar
11. Statistik ma’lumotlar to’plami
12. Internet saytlari
.
Adabiyotlar ro’yxatida quyidagi talablarga amal qilinadi:
-kitoblar uchun – mualliflarning familiyasi, kitob nomi, nashr etilgan joyi, yili va nashriyoti;
-maqolalar uchun – muallifning familiyasi, jurnal yoki gazetaning nomi, chiqqan yili va soni, joyi, nashriyoti.
MUSTAQIL ISHNI TAQRIZGA TAQDIM ETISH VA HIMOYa QILISH
Tayyorlangan mustaqil ishni talaba tomonidan kafedraga taqriz uchun taqdim etiladi. Kafedra laboranti mustaqil ishni qaydnoma daftariga belgilab, rasmiylashtiradi va uni talabaning ilmiy rahbariga topshiradi. Talabaning ilmiy rahbari mustaqil ishga taqriz yozadi. Unda mustaqil ishning ijobiy tomonlari va kamchiliklari ko’rsatiladi. SHuningdek, taqrizda mustaqil ishning kamchiliklarini, yo’qotish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. Taqriz oxirida xulosa berilib, unda mustaqil ishni himoyaga qo’yish yoki qo’ymaslik haqida hulosa chiqariladi

3. Glossariy.






Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling