Z. A. Ilhomov Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari


Download 140.03 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi140.03 Kb.
#1622232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari.

O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", - deydi.

  • O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", - deydi.
  • Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyaga bo'lgan. Davrlar o'tishi natijasida insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o'sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan.
  • U yoki bu sivilizatsiya haqida so'z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o'zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari, kiyim bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ong va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insoniyatning iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy hayoti, turmush tarzi, ahloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo'ladi.
  • Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazaridan ertaroq yoki kechroq, o'ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.
  • XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Mossop boshliq arxeologik guruh Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg'ona vodiysida qidiruv va nozim ishlarini olib bordi. 30-40 yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling