Ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishida shahar madaniyatining o’rni kattadir. 2750-2760 yil avval Maroqanda shahar qiyofasini olaboshladi. So’ng Xiva, Buxoro, Termiz, Xazorasp, Kesh, Quva kabi shaharlar paydo bo’ldi. - Ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishida shahar madaniyatining o’rni kattadir. 2750-2760 yil avval Maroqanda shahar qiyofasini olaboshladi. So’ng Xiva, Buxoro, Termiz, Xazorasp, Kesh, Quva kabi shaharlar paydo bo’ldi.
- Osiyoda shahar madaniyati, davlatchilik va ilk sinfiy jamiyat so„nggi bronza davrida, eramizgacha bo„lgan II yillikning ikkinchi yarmida shakllana boshlagan. Bunga Jarqo’tonni misol qilib keltirish mumkin. Miloddan oldingi 1 ming yillikning birinchi choragida esa Baqtriya, So’g’d, Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlari shakllandi, boshqaruv usullari asta-sekin takomillashib bordi.
- Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan ahmoniylar davlati atrofidagi bir qancha hududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik saltanat barpo etadi. So’ng ular 545 yildan boshlab O’rta Osiyoga bir necha bor harbiy yurishlar qiladi, lekin massagetlarning qarshiligiga duch keladi. Ahmoniylar podshosi Kir II ning qo’shinlari Markaziy Osiyoga qilgan ikkinchi yurishida ham mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchraydilar. Mil. av. 530 yilda Kir II massagetlar ustiga yangi yurish qilganda bosqinchilarga qarshi kurashga malika To’maris boshchilik qiladi. Bu janglarda ahmoniylar katta talofot ko’radi, Kir II esa o’ldiriladi.
- Miloddan avvalgi 522 yilda Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Doro I ga qarshi Marqiyonada keng xalq ommasi Frada boshchiligida qo’zg’olon ko’taradi. Ammo u shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bunday harakatlar keyingi davrlarda ham davom etib, mil.av 519-518 yillarda Doro I Markaziy Osiyodagi sak qabilalari ustiga yurish qiladi. Bu janglarda mahalliy aholining ko’pchiligi o’ldirilib, bir qismi asir olinadi. Saklarning bosqinchilarga qarshi kurashida otboqar -Shiroq kabi mardonavor vatanparvarlar jonbozlik qiladilar.
- Xullas, uzoq yillar davomidagi ahmoniylarning O’rta Osiyo hududiga harbiy yurishlari natijasida bu o’lka katta Eron imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi. Ahmoniylar yurtimizda deyarli 200 yil mobaynida hukmronlik qildilar. O’sha paytlarda O’rta Osiyo to’rt satraplikka (viloyatga) bo’lindi - Eron amaldorlari boshliq etib tayinlandi. Mahalliy aholi ahmoniylarga katta miqdorda kumush hisobidan soliq to’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |