‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
mustaqil
ishlar; • rekonstruktiv-variativ; • evristik (qisman, ijodiy); • ijodiy tadqiqot. Namunalar bo'yicha mustaqil ishlar deganda tipik vazifalami va turli mashqlami namuna asosida yechish tushiniladi. Ular materialni o'zlashtirishga omil bo'ladi, lekin talabalaming ijodiy faolligini o'stirmaydi. Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlaming amaliy tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni hamda masala va muammo kabilami yechishda mavjud bilimlami jalb qilishni ko'zda tutadi. Evristik mustaqil ishlar leksiya, laboratoriya, amaliy mashg'ulotlar, seminarlarda qo‘yilgan ayrim masala va muammolami hal qilish bilan bog‘liqdir. Tadqiqiy mustaqil ishlar, tadqiqot muammosini ko‘ra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish va muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish hamda uni hal qilishni mo'ljallaydi. Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo‘ladi. Talaba o‘z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo'lgan holda masalaning hal qilinish yo'llarini qidiradi va tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo‘yish, jihozlar, maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi. Shunday qilib, mustaqil ishlar, o‘qitishning eng muhim metodi bo‘lib, unda talabalaming mashg'ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi. Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: • mustaqil ishlaming ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri; • mustaqil ravishda o'z bilimlarini yanada oshirib borishga bo'lgan ehtiyojning shakllanishi; • mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish; • mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish. Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni mustaqil tahsilni tashkil etilishini ham ko‘zda tutadi. Talabalaming mustaqil tahsili ulaming o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda ulaming yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishi sifatida qaraladi. Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalaming shaxsiy va kasbiy sifatlarmi o‘stirishdir. Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ulaming goyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish kabilami ichiga oladi. Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni mustaqil tahsilga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi va talabalaming o‘z-o‘zini baholay olishini, ulaming tayyorgarligini, yangi bilimlami egallashga bo'lgan ongli munosabatini aniqlab berishi kerak. Mustaqil tahsil bo'yicha mashg'ulotlaming izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning rejasi tuziladi. Rejaga quyidagi talablar qo'yiladi: • rejalashtirilayotgan ishlaming hq/mi va oldinma-keyinligi; • ulaming bajarilish muddatlari; • mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli fco'rsatmalar berish. Mustaqil tahsil jarayoni uning aniq shakli, metodlari va usullarini qamrab olishi shart. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlasbdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to‘g‘ri baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo‘lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatda zarur boMadigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi. Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik bo'lgan vazifalami bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi. Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ulaming muloqotkBr. Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalami ijodiy izlanishga, o‘zi ustida ishlash va har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir. 1.3.3. Oliy maktabda o'qitish metodlari Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o‘quv jarayonining o‘zagi, ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. 0 ‘qitish metodi «o'qitishning maqsadi — mazmuni, metodi, shakli, usullari» Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling