‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
Pedagogfka nazariyasi ta’limning bir necha shakllanish tamoyillarini
asoslab berdi. Ular: ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat, shaxs rivojlanishi talablariga muvofiqligi tamoyili, ta’limning yagona mazmun va protsessualjihatlari mazmuni, turli sathlarda ta’lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, ta’lim mazmunining asoslanganligi, ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi. Ta’lim mazmunining asosiy komponenti quyidagilar: shaxsning kognitiv tajribasi, amaliy faoliyat tajribasi, ijod tajribasi, shaxs munosabatlari tajribasi. 1.3. Oliy maktabda o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga qo‘yiladigan talablar 1.3.1. Asosiy qoidalar Har bir fan obyektiv voqelikni o'rganish qonunlarini belgilab beradi. Didaktik qonunlar o'qitish va ta’lim birligi hamda ulaming o‘zaro aloqadorligida o‘iganiladi. Hozirgi oliy maktab didaktikasida qanday o'qitish jarayoni qonuniyatlari mavjud? Oliy maktabdagi o‘quv jarayoniga sistem-struktur yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi. Birinchidan, o‘quv jarayoni o'zining o'qitish maqsadi, o'qitish va o'quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o'qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan bog'lanib ketgan. Dddnchidan, o'quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo'lgan pedagogik jarayonning tagtirimidir. Bu tagtizim o'qitish, ta’lim berish va taibiya jarayoni birligi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga bu tizim salmoqli tizim sifatida oliy o'quv yurti o'quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir ko'rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud. Shunday qilib, o'quv jarayonining muhim tashqi va ichki bog'liqligini farqlash lozim. Shu asosda ta’lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning o'z qonuniyatlari sifatida o'quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bog'lanishlami ko'rsatish mumkin. Sotsial-pedagogik qonuniyatlarga quyidagUarni kiritish mumkin: • oliy o'quv yurtidagi ta ’lim jarayoni jamiyat ishlab chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi; • oliy o'quv yurtidagi ta ’lim jarayoni tarbiya jarayoni va talabalar rivojlanishi bilan qonuniy boglangan; • oliy o'quv yurtidagi o'quv jarayoni tashqi sharoitga ham qonuniy bog'liq; • oliy o'quv yurtidagi o'qitish va o'rgatish jarayonlari yaxlit o'qitish jarayoni bilan, muayyan ta ’lim mazmuni bilan, ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi; • talabani и yoki bu faoliyatga o'rgatish uni shu faoliyatga, maqsadga muvofiq jalb qilish orqali amalga oshiriladi; • o'qitish maqsadi va oliy o'quv yurti ta ’lim mazmuni, o'qitish metodlari va shakllari o'rtasida qonuniy bog'liqlik mavjud; • o'quv jarayoni talaba maqsadlarining o'qituvchi maqsadlariga muvofiq kelgani taqdiridagina davom etadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'zlashtirilishi lozim bo'lgan mazmunga mos bo'lishi shart; • ta ’lim mazmunining o'zlashtirilish surati va mustahkamligi o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga talabalaming bilishga bo'lgan qiziqishini ta ’minlash bilan proporsionaldir; • o'qitish va rivojlantirishning muvaffaqiyatliligi va tezligi talabani и o'ziashtirishi mumkin bo'lgan o'quv-bilish jarayoniga jalb qilinishiga bogliq; • anglab olingan o'quv materiali mazmunining mustahkamligi ushbu Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling