‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
mazmunini
tanlash tamoyillari va me’yorlari Pedagogika nazariyasida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari V.V. Kraevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardir: 1. Ta ’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalami, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlami kiritishni ko'zda tutadi. 2. Cfqitishning mazmun protsessual jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o‘quv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ulami amalga oshirish texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi. 3. Turli sathlardagi ta lim mazmuni tuzjlmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasawur, o'quv fanlari, o'quv materiallari, ta’lim oluvchining shaxsi kabi qismlaming muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. 4. Ta ’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma’naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi. 5. Ta ’lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy- ilmiy bilimlami integratsiyalash, uzviylik va fanlararo aloqalami o'matishni talab qiladi. 6. Ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili. Z am o nav iy p edagogika fani t a ’lim m azm u n in in g q u y idagi komponentlarini belgilaydi: • shaxsning kognitiv tajribasi; • amaliy faoliyat tajribasi; • ijod tajribasi; • shaxs munosabatlari tajribasi. Shaxsning kognitiv tajribasi. Bu komponent tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika, faoliyat usullari to'g'risidagi bilimlar tizimini o'z ichiga oladi. Bu asosiy komponent hisoblanadi. Chunki shaxs shakllanishining asosini bilim tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkuming rivojlanishi qonunlarini bilish natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlaming asosiy funksiyalari dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni ta’minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir. Ta’lim mazmunining amaliy komponenti malaka va ko'nikmalami shakllantirishni o'z ichiga oladi. Tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual malaka va ko'nikmalar mavjud. Malaka va ko'nikmalar barcha o'quv fanlari uchun umumiy bo'lishi mumkin. U har bir o'quv fani uchun o'ziga xos va xarakterli bo'ladi. Malaka va ko'nikmalar muayyan faoliyat tunning asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, qadriyatlarga yo'naltirilgan va kommunikativ turlarini qayd qilish mumkin. Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolami hal qilish va voqelikni ijodiy qayta yaratishga tayyor bo'lishda namoyon bo'ladi. Shaxs munosabatlari tajribasi. Bu asoslash (motivatsiya) — baholash, hissiylik, irodalilik munosabatlar tizimidan iboratdir. Bu tajriba dunyoga, voqelikka, odamlarga baho berish mimosabatida namoyon bo'ladi. Xotima. Mutaxassis shaxsi rivojlanishining asosiy vositalaridan biri va ularning chuqur fundamental bilim hamda amaliy tayyorgarligi oliy maktabdagi ta’lim mazmuni bilan belgilanadi. Ta’lim mazmunining rivojlanishi shuni ko'rsatadiki, и ta’lim oluvchining ijtimoiy va individual talablarini hisobga oladi hamda tobora takomillashtirib borish, tarbiyalash hamda bilish ahamiyatini kasb etadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling