PEDAGOGIK TERMINLARNING
QISQACHA LUG‘ATI
Avtokratlik — hokimlik, kishining buyniqbozlik, ko‘rsatmalar berish
va jazolash kabi shakUarda boshqalarga (masalan, o'qituvchining talabaga)
nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressivlik — dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar yetkazish,
tajovuz qilish, noqulaylik tug'dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning
xususiyati.
Dolzarblashtirish — shaxsdagi mavjud bilim, malaka va ko‘nikmalami
turli axloqiy shakllar va hissiy holatlami qayta ishlab chiqish va ulami
botiniy holatdan zohiriy harakatlarga aylantirish.
Aksiologiya — qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy ta’limot, aksiologik
qadriyatlar mohiyati.
Aksiologik yondoshuv — insonparvarlik pedagogikasiga xos bo'lgan
xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining provaid
maqsadi sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o'zaro aloqadagi hamda o'zaro
harakatdagi dunyo konsepsiyasiga asoslanadi.
Amaliy tadqiqotlar — pedagogik jarayonning ayrim jihatlarini chuqur
o'rganishga qaratilgan ishlar, pedagogik amaliyot qonunlarini ochish.
Anketalashtirish — anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demograiik,
psixologik pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni yig'ish
jarayoni.
Antropologiya — odamning biologik tabiatini har tomonlama o'rganuvchi
fan.
Asotirlar - ibtidoiy insonlaming koinot, tabiat hodisalarining mohiyati,
paydo bo'lish sabablarini o'zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og'zaki
hikoyalaridir. Insoniyat tafakkurining ilk mevasi sifatida asotirlar qadimgi
ajdodlarimizning atrofini o'rab olgan borliqqa, turli- tuman narsa va
hodisalaiga, koinot va yer osti dunyosiga bo'lgan qarashlar tizimidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |