‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

shakllantirishni ta ’minlovchi metodlar. 
Metodlaming bu guruhiga leksiya
talabalaming mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo'yicha ishlar, ishlab 
chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko'rsatma berish, ommaviy 
axborot, programmalashtirilgan materiallami idrok etish va boshqalar kiradi.
2.
Bilimlami tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko'nikmalami 
hosil qilish hamda e ’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. 
Bu guruhga seminar, 
amaliy va laboratoriya m ashg'ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, 
programmalashtirilgan o'qituv kabinetlaridagi mashg'ulotlar va ishlab 
chiqarish amaliyoti kiradi.
3.
Bilimlar, e ’tiqodlarni shakllantirish va talabalaming kasbiy 
tayyorgarligini aniqlash metodlari. 
Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, 
koilogiumlar, suhbat o'tkazish, kurs vadiplom ishlari loyihalari hamda 
davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir.
Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim 
sifatlar asosiga qurilgan.
Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlami 
idrok qilish 
va 
o'zlashtirish, 
ikkinchi guruhga — 
tatbiq etish va mustahkamlash, 
uchinchi 
guruhga esa — 
attestatsiya va bilimlarni aniqlash 
taalluqlidir.
Oliy maktabdagi o'qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi:
metodlar tizimi ta’limiy funksiyaga ega bo'lishi lozim. 
Bu didaktik 
maqsadlar va o'qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;
• metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuvfunksiyasiga ega bo'lishi lozim. 
Bunda talabalaming mustaqil ishlari, vazifalari, ulaming ishga ijodiy 
yondashuvi hal qilinadi, talabalaming shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va 
ko'nikmalar egallashga bo'lgan ehtiyojlari shakllanadi hamda ulaming diqqati, 
irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o‘sadi.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri 
ta’lim metodlarini tanlash 
nimaga bog'liq 
degan masaladir.
Didaktikaga oid adabiyotlarda o'qitish metodlarining quyidagi bog'liqliklari 
qayd qilinadi:
birinchidan, o'quv mashg'ulotlarining didaktik maqsadlari va 
vazifalariga bogliq;
ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog'liq;
• uchinchidan, ta’lim oluvchilaming bilimi va rivojlanish darajasiga 
bog'liq;
• to'rtinchidan, o'quv jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan 
(hozirgi) davrdagi metodlariga bog'liq;
beshinchidan, oliy o'quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bogliq;


oltinchidan, o'quv jarayonining moddiy-texnik ta ‘minoti bilan bog'liq;
ytttinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi 
va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon 
metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq.
Shunday qilib, oliy maktabdagi o ‘quv jarayoni, o'qitishning shakl va 
metodlarida tashkil etiladigan ko'pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. 
Bunda har bir shakl o'z oldiga qo'ygan vazifalami bajaradi, lekin shakl va 
metodlar to'plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. 
Didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o'quv jarayonining psixologik- 
pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasidagi oliy 
ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalaming o'quv-bilish faoliyatini 
jonlantirish, o'quv jarayoniga yangi texnologiyalami tatbiq etishga xizmat 
qiladigan o'qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir.
1.4. Bilish faoliyati to'g'risida sharq mutafaUdrlarining ilmiy-pedagogik
qarashlari
Oliy maktabdagi ta ’lim mazmunini qayta qurish, mutaxassislar 
tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalaming 
bilish faoliyatini jonlantirish bilan bog'langandir.
Hozirgi davrda talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish muammosi 
o'z mohiyatiga ko'ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy 
metodika fanlari vakillarining dolzarb ilmiy-tadqiqot obyekti bo'lib 
qolmoqda.
Biroq bu muammoni, o'rta asr qomusiy olimlaming qarashlari va 
ta’limotini o'rganmasdan turib to'la yoritish mumkin emas. O'zbek olimi 
X.X. Tlashevning tadqiqotlarida o'rta asr olimlarining didaktik qarashlari 
umumlashtirilgan holda tahlil qilib berilgan. Xorazmiy, Kindiy, Farobiy, 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, U m ar H ayyom va ularning boshqa 
zamondoshlarining ilmiy dunyoqarashi hamda bilimlar manbai va obyekti 
tahlilidan ayon bo'ladi. Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan 
hamda bilish va amaliy faoliyat o'rtasida qanday munosabatlar mavjud degan 
savol ulami doimo qiziqtirib kelgan.
Shu ma’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg'otadi. 
Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, 
Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o'zlashtirish 
uchun nima zarurligi haqida risola”si, “Dastlabki falsafa to'g'risida”, “Besh 
mohiyat to'g'risida kitob”, “Paydo bo'lish va yo'q bo'lishning yaqin tasvirlari 
izohi”, Al-Farobiyning “Aql ma’nolari to'g'risida”, “Fozil odamlar shahri”, 
“Baxt-saodatga erishuv to'g'risida”, “Ilmlaming kelib chiqishi”, “Almagestr


Ptolomeyga izoh”, “Ixso-ul-ulum”, Ibn Sinoning “Kitob ash ishorat va at 
tanbiqot”, “Donishnoma” (mutlaq baxt ham, mutlaq baxtiqarolik ham 
yo‘q), “Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud 
qonuni”, “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”, “Saydana”, “Munajjimlik 
san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”, “Yodgorliklar”, Abdurahmon 
Jomiyning “Musiqa” risolasi hamda Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” 
kabi asarlari katta qiziqish uyg'otadi.
Xorazmiy bilish faoliyati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan. U bilishning 
tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiy tomonidan 
quyidagi umumdidaktik tamoyillar hamda metodlar va shakllar asoslab 
berilgan: mustaqillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlami va hodisalami tasviiiash 
va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya 
va deduksiya aspektida yakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o'qitishning 
savol-javob shaldi.
Xorazmiyning salafi Al-Kindiy mohiyatni barcha nazariy bilimlaming 
bosh mavzusi, deb qaraydi. U awalo miqdor va sifatni hissiy idrok qilish 
zarurligini ta’kidlaydi.
Kindiy ilmiy bilishning uch pog'onali konsepsiyasini ilgari suradi: 
tabiiy fanlar, mantiq va matematikadan bilimlar metafizika muammosiga 
olib keladi. Kindiy o'z falsafiy qarashlarini asoslashda ilmiy bilishni diniy 
bilimlaiga qarama-qarshi qo'ygan holda matematika va tabiiy fanlaiga alohida 
ahamiyat beradi. Kindiy inson bilimlari hissiy va aqliy bilimlarga bo'linadi, 
deb hisoblaydi. Uningcha, hissiy bilimlar o'z predmeti bilan bog'langan 
bo'lib, uning obyekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta’kidlaydiki, 
agar hissiy bilimlar yakka bilimlardan iborat bo'lsa, aqliy bilimlar esa 
umumiy bilimlardir. Kindiy fikricha, haqqoniylikni bilish va o'zining xatti- 
harakatlarini haqqoniylik bilan muvofiqlashtirishda, kishi ongidagi uning 
sabablarini aniqlash kaliti yordam ko'rsatadi.
U shunday yozadi: “Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga 
yeta olamiz. Har qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish 
uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalaming barchasi haqiqatdan iboratdir. 
Haqiqatni idrok etsa bo'ladi, binobarin, mavjud narsalami hammasini 
anglamoq mumkin”.
Bilish jarayoniga Farobiy alohida ahamiyat beradi. U o'zining “Aql 
ma'nolari to'g'risida” va “Baxt-saodatga erishuv to'g'risida” asarlarida 
insonlaming bilimga bo'lgan intilishlarini har tomonlama keng yoritishga 
harakat qiladi. U shunday yozadi: “Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, 
uning qandaydir bir holatini biladi va ongini o'sha predmet shaklidagi 
bilimga yo'naltiradi. Bu o'zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir”.
Farobiyning ilmiy g'oyalarini umumlashtiigan holda X.X. Tlashev uning 
bilish to'g'risidagi nazariy asoslarga bag'ishlangan ishlari, xususan, mantiq 
fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi qarashlarida birinchi marta


uning mohiyati ochib berilganini ta’kidlaydi. Bu jaiayonlar, mantiqda unga 
rioya qilish, tafakkumi takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo'pol 
xatolaming oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Farobiy fikrlash faoliyatini jonlantirishning didaktik tamoyillari va 
metodlarini asoslab berdi. Unga o'qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy 
bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik, hukm 
metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Farobiyning bilish jarayoni haqidagi qarashlarini Abu Ali ibn Sino 
ham tasdiqlaydi. Uning tushunishicha, mantiq inson bilimlarining asosi 
sifatida qoida va 
me’yorlami 
belgilab beradi; insonning bilish faoliyatini 
jonlantiradi hamda uning to'g'ri fikrlashini o'stiradi. Farobiy tomonidan 
ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar g'oyasining rivojlanishini 
ta’minlaydi. U shunday yozadi: “fanlar tasnifi insonga fanlami o'zaro 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling