‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
qiyoslash, ulardan qaysi birlari zarur, foydali, tugallangan, haqqoniy va
kuchli va qaysi birlari и qadar zarur emas va kuchsizroq, shuningdek, o'rganish uchun nimadan boshlash, xususan nimani o'rganish, nima yaroqli, qaysi biri yaroqsiz va qay darajada uni egallash kabi masalalarda yordam beradi. Shunday qilib, uning fanga bo'lgan munosabati ko'rlikka, nodonlikka emas, balki bilim va donolikka asoslanadi ”. O'rta asr olimlari o'z asarlarida inson faoliyatining ikki turi haqida fikr yuritadilar. Bu mehnat va bilish faoliyatidir. Ular shuni ta’kidlaydilarki: “Bilim — bu biluvchining qalbidagi bUinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o'qitish va o'zlashtirishsiz bilim bo'lmaydi. O'qitish — bu qalbdan chiqadigan, qalb uchun dolzarb, ichki bilishga asoslangan e ’tiqod. Bilimlami o'zlashtirish — bu bilim shakllarini qalbdan idrok etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama qabul qiladi: birinchidan, his qilish orqali, ikkinchidan, dalillar orqali, uchinchidan, fikr yuritish va mushohada qilish orqali”. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha yoziladi: “Agar molsizJikdan qashshoq bo'lsang, aqldan boy bo'lmoqqa sa'y ko'rguzgilki, mol bila boy bo'lgondan, aql bila boy bo'lgon yaxshiroqdur. Nedinkim, aql bila mol jam etsa bo'lar, ammo mol bila aql o'rganib bo'lmas. Bttgil, aql bir moldurid, uni o'gri olobnas, и o'tda yonmas, suvda oqmas”. Farobiy o'z asarlarida bilish faoliyatini tashkil etish tavsiyalarini ishlab chiqqan. Unda uch shart belgilanadi: • muayyan fan asosida yotgan barcha tamoyillami yaxshi bilish; • muayyan fan та lumotlari, ya ’ni hukm chiqarish qoidalarini egallashga aloqador tamoyillar va ma’lumotlar asosida zarur xulosalar chiqara olish; • yanglish nazariyalami inkor eta otish, yolgondan haqiqatni ajratib ola bilah va xatolami tuzpta olish uchun boshqa muaUjflaming fikriarini tahlil qila otish. Beruniy bilish obyektiga bo'lgan ilmiy-falsafiy va konkret-metodologik yondashuv munosabatlariga e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi. Beraniy hissiy bilishga alohida diqqat qaratadi. U shunday yozadi: "Bilim sohalari ko'pdur, tobora rivojlanayotgan davr insonlar aqi-zakovatining unga qo'shilib borishi bilan ular yanada ko*payadi, uning belgisi insonlaming fanga intilishi, uni e'zozlashi, fan kishilarini e'zpzlashidadir” Voqelikning noma’lum tamoyillarini bilish haqida: “Bilinishi lozim bo'lgan barcha hodisalaming yo‘li borki, uning vositasida bilimlaiga erishish mumkin”,- deydi. Abu Ali ibn Sinoning aql taraqqiyoti bosqichlari haqidagi fikrlari ham kishida qiziqish uyg'otadi. Unda uchta bosqich belgilanadi: Birinchi bosqich — aqliy idrok bo'lib, unda aqliy kategoriyalar tushuniladi. Ikkinchi bosqich — ikki tomonlama idrokdir. Uchinchi bosqich — fikran idrok qilinadigan bilimlar o'zlashtirib olinganda namoyon bo'ladi. Umar Hayyom o'z ta’limotida ilmiy bilishga alohida diqqat e’tibor qaratadi. U shunday deydi: “Aql-zakovat narsa va hodisalaming xususiy tasodiflarini umumlashtirmasa, и haqda tasawur hosil qila olmaydi hamda narsa va hodisalardan ajralib qolgan mavhumlikni umuman aks ettirmaydi". O'rta asrlar qomusiy olimlarining qarashlari tahlilidan shunday xulosa qilish mumkinki, ulaming ilmiy dunyoqarashi mavjud tashqi olam va uning kishilar ongida aks etishini tan olishlari tufayli yuzaga kelgan. Ular bilishning manbaini real voqelik deb hisoblaganlar. Ulaming fikricha, inson bilimlami uni o'rab olgan olamdan oladi va ular (bilimlar) ushbu olamning inikosidir. Yaqin va o'rta sharq qomusiy olimlarining pedagogik qarashlari tahlili bu qarashlaming yaxlitligini, ulaming ilmiy bilish, insonga bo'lgan munosabat va uning amaliy faoliyati shakllanishi va rivojlanish usullari bilan bog'liqligini ko'rsatadi. 1.5. Oliy maktab talabalarining bilish faoliyati Oliy maktabda mutaxassislar tayyorlash jarayonini faqat muayyan fanlar bo'yicha bilim, malaka va ko'nikma olish bilan chegaralab bo'lmaydi. Shu tufayli hozirgi sharoitda o'quv jarayonini sifat jihatdan jiddiy qayta qurish lozim bo'ladi. Shu munosabat bilan oliy maktabda talabalaming bilish faoliyatini jonlantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Bilish faoliyati masalalari taniqli psixolog va pedagog P.P. Blonskiyning ijodida yoritib berilgan. P.P. Blonskiy ilk bor pedagogik psixologiyada mantiqiy hukm turiarining shakllanishi (muammoli, oldindan ko'ra bilish) va xulosa chiqarish planida ta’lim oluvchining fikrlashini tahlil qilib berdi. U bilish faoliyatini psixologik hodisalar — xotira, iroda, idrok bilan dialektik aloqadorlikda deb qaraydi va xotira nazariyasini shakllantirar ekan, xotiraning fikrlash va nutq bilan ichki aloqasini ochib beradi. P. Blonskiyning o'rganishga qiziqtirish asosida faollik va mustaqillikka undash, mustaqil faoliyat yuritish, ta’lim oluvchilaming bilish qobiliyatlarini o‘stirishni tashkil etish to ‘g‘risidagi g'oyalari samarali hisoblanadi. Bilish faolligi muammosi bo‘yicha L.P. Aristova, M.A. Danilov, B.P. Yesipov, I.Ya. Lamer, R.S.Noga, M.N. Skatkin, M.I. Maxmutov, I.T. Ogorodnikov kabi pedagog va psixolog olimlar tadqiqot ishi olib boiganlar. Didaktika va psixologiyaga oid adabiyotlar tahlilidan “bilish” va “o‘qitish” degan tushunchalami farqlash lozimligi ko‘rinadi. “Bilish faoliyati” tushunchasi “o ‘quv faoliyati” tushunchasidan ancha keng. Bilish faoliyatining mazmuniy tomoni o‘quv dasturlariga asoslangan formal o ‘qitish doirasidan chiqadi. Bilish faoliyati inson qurollanishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar, shuningdek, unga zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik va mohiyatnigina emas, balki bilimlami mukammallashtirish, takomillashtirish ehtiyojlariga bog‘liq ravishda uni tanlay olish hamda tashkil eta olish va uni hayotga tatbiq etishni shakllantirishdir. Pedagogika nazariyasi bilish faoliyatini jonlantirish masalasiga xilma-xil omillar majmui nuqtai nazaridan qaraydi: ijtimoiy omillar (obyektiv va subyektiv shakllarda) va subyektda muayyan ma’naviy ehtiyojning mavjudligi omili. Talabalaming bilish faoliyatini jonlantirish uchun ularda quyidagilami shakllantirish zarur: • bilishga tayyorlik; Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling