‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
• bosh miya faoliyatining emotsional - irodaviy doirasining
murakkablashuvi; • voqelikning abstrakt-logik tushunilishi; • shaxs faoliyatini birin-ketin intellektuallashtirish; • ijtimoiy va kasbiy muhitga moslashish. 0 ‘smirlik davri xususiyatlari tahlilida faoliyatga alohida ahamiyat beriladi. Faoliyat deb insonning ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari yig‘indisiga aytiladi. Psixologiya faoliyatning o'yin, o'rganish, mehnat turlarini qayd qiladi. 0 ‘yin - shartli vaziyatlarda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi. 0 ‘rganish - bu mehnat faoliyatini bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalami muntazam egallash jarayonidir. Mehnat - insonlaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy foydali mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Sotsiologlar faoliyatning quyidagi asosiy guruhlarini ajratadilar: ijtimoiy xarakter, maqsadga muvofiqlik, rejalilik, izchillik. 0 ‘smirlik davri faoliyatining ijtimoiy xarakteri shundaki, ular bu davrda jamiyat tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy mehnat jarayonida erishilgan barcha b ilim la m i o ‘zlarin in g s a ’y -h arak atlari bilan o ‘zlash tirad ilar va takomillashtiradilar. Faoliyatning maqsadga muvofiqligi esa o‘zining asosiy maqsadi, ya’ni kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalami egallash uchun ongli va muntazam intilishni bildiradi. Faoliyatning rejaliligida esa barcha sa’y-harakatlar shunday tizimga ega bo‘ladiki, unda ular o‘zaro bog‘langan, ma’lum bir tartibda joylashgan, muvofiq ravishda reja asosiga qurilgan bo‘ladi. Faoliyatning izchilligi doimiy ravishda ma’lum bir vaqt jadvali asosida, kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Shaxs faoliyatida uning yo‘nalganIigi m uhim o ‘rin egallaydi. Psixologlaming aniqlashlaricha, shaxsning yo‘nalganligi, bu shunday psixik xislatki, unda ehtiyojlar, motivlar, dunyoqarash, yo‘l-yo‘riq, hayot va faoliyat maqsadlari ifodalanadi. Shaxsning yo‘nalganliligi tuzilmasidagi talabalaming asosiy ehtiyojlari bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalami egallash bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirlik davri ehtiyojlari doim o‘sib borish xarakteriga ega. Ular nafaqat o‘quv faoliyatini, balki m a’naviy va moddiy hayotni qamrab oladi. Bundan kelib chiqadigan ziddiyatlar talaba shaxsining harakatga keltiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Motivlar - bu ichki kuchlar bo‘lib, ehtiyojlar bilan bog'langan va u shaxsni belgili faoliyatga undaydi. 0 ‘smirlik davrining yo‘l-yo‘riqlari u yoki bu faoliyat turini amalga oshirishning ichki shayligidan iboratdir. Maqsad shaxs uchun ahamiyatli bo‘lgan predmetlar, hodisalar, vazifalar va obyektlaiga yetishish bilan xarakterlanadi. Shaxsning dunyoqarashi tabiat, jamiyat, insoniyatga bo‘lgan e’tiqodlari, ilmiy qarashlari asosida yuzaga kelgan tizimdir. Dunyoqarash shaxsning botiniy holati, hayot maqsadlari, qiziqishlari, munosabatlari, tutgan mavqelari bilan belgilanadi. Demak, o ‘smiriik shaxsning shakllanishida muhim davr hisoblanadi. 0 ‘smirlar va qizlar hayoti va faoliyatining yangi sharoiti, ulaming faol o ‘quv ijtimoiy, m ehnat faoliyatlari b o ‘lg‘usi mutaxassis shaxsining shakllanishida o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi. Nazariy bilimlaming oshib, muloqot doirasining kengayib, turm ush tajrib alarin ing boyib b orishi esa dunyoqarashning shakllanishiga ta ’sir etadi. 2.3. Talabaning aqliy faoliyat xususiyatlari Pedagogika nazariyasida aqliy tarbiya shaxsni hayotga va mehnatga tayyorlashning muhim jihati sifatida belgilanadi. Uning mohiyati shundaki, intellektual faoliyatga qiziqish uyg‘otish, bilimlar bilan qurollanish, ularni qo‘lga kiritish va amaliyotda qo‘Uash metodlari, aqliy mehnat madaniyatini joriy qilish orqali aql va bilish qobiliyatlariga rahbarlik qilishdir. Pedagogika va psixologiyaga oid tadqiqotlarda aqliy tarbiya muammosini tushunish bo‘yicha ikki muhim konsepsiya mavjud. Ulardan biri o‘qitish jarayonida kishilar tomonidan to‘plangan va bir tizimga keltirilgan bilimlami egallashdan iboratdir. Bu qarash Platon davridan boshlab aksariyat falsafa va pedagogika namoyandalari tomonidan rivojlantirilgan (Ya.A.Komenskiy, Dj. Lokk, I.F.Gerbert vab.) Bu konsepsiya namoyandalari aqliy taibiyani belgilashda insoniyatning ijtimoiy tajribasiga asoslandilar. Bu esa so‘zsiz bu konsepsiyaning ijobiy jihati edi. Lekin bu konsepsiyada ta’lim oluvchilaming imkoniyatlari, so‘rovlari, qiziqishlari hisobga olinmagan edi. Boshqa konsepsiya tarafdorlari (J.J. Russo va uning izdoshlari) bolaning aqli hammadan awal uning o‘z tabiiy faoliyatida rivojlanadi degan qoidaga asoslanadilar. T a’lim oluvchiga ishlash, harakat qilish, mustaqil bo‘lishga to‘la imkoniyat yaratilishi zarur. Bunda fan ikkinchi navbatga surib qo‘yilgan. Bu konsepsiya ijobiy va salbiy jihatlaiga ega. Faol mustaqil faoliyat jarayonida aqliy tarbiya to‘g‘risidagi g‘oya ijobiydir, biroq unga yagona qoida sifatida qarashning o‘zi yetarli emas. Fanda to‘plangan va insoniyatning tizimga tushirilgan tajribalarini inkor etib bo'lmaydi. Pragmatika nazariyasi tarafdorlari tizimga tushirilgan bilimlami o'zlashtirish konsepsiyasini qattiq tanqid ostiga oldilar. Dj.Dyui ta’kidlaydiki, maktabdagi shaxs rivojlanishi, hayoti va tajribasi o'rganilishi lozim bo'lgan va tizimli bilimlar doirasini belgilaydigan o'quv dasturlariga bo'ysundirilgan, zero ular o'lik, mexanik va formal manbalardir. U «maktab fanlari»ning an’anaviyligidan voz kechishni taklif qiladi va o'qitishga «sun“iy jarayon* ning kiritilishini talab qiladi. Aqliy taibiyani rivojlantirish jarayonida, bu konsepsiyani boyitishga harakat qilingan. K.D.Ushinskiy aqlni ham formal, ham real rivojlantirish mumkin deb hisoblaydi. Demak, turlicha yondoshuvlar, aqliy rivojlanishga bo'lgan amaldagi munosabatlar bilan zich aloqada, deb qarashga imkoniyat beradi. Shaxsning amaldagi munosabatlari deganda uning tabiat, jamiyat va jamoa, san’atga bo'lgan munosabati tushuniladi. Bu munosabatlarda insoniyatning ko'p asrlik tajribasida to'plangan va tizimga tushirilgan ilm-fanni egallash katta ahamiyatga molikdir. Bunda faqat bilimlami egallashga erishishgjna emas, balki ulaming mohiyatiga chuqur kirib borish, ulami egallash hamda qo'llash metodlarini o'rganish, bilimlami e’tiqodga, fikrlash va faoliyat quroliga aylantirish ham zarur. Aqliy rivojlanish bilimlarni o'zlashtirishning faqat hajmi va sifati emas, balki fikrlash jarayoni tuzilmasi, mantiqiy ish yuritish va aqliy harakatlaraing boyligi hamda uni to'g'ri qo'llash bilan ham belgilanadi. Aqliy tarbiyaning umumiy sharti keng qamrovli faoliyatdir. Faoliyatning xarakteri ham muhim ahamiyatga molik. O'zi asoslanadigan ilmiy asoslaming kengayishi jarayonida aqliy rivojlanish intensivlashadi. Bunga faoliyatsiz holat va maqsadsiz vaqt o'tkazish zid turadi. U intellektual ojizlikni, qoloqlikni yuzaga keltiradi. Aqliy rivojlanishning asosiy jarayonlari L.S.Vigodskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, L.V.Zankov, M.A.Danilov, B.P.Esinov, M.N.Skatkin tadqiqotlarida yoritib berilgan. Ularda aqliy rivqjbnish o'rgaash, mehnat, о‘yin, hayotiy vaziyatlarda takomfflashib boravchi to'xtovsiz jarayon А и К р ta’kidlanadi. Aqliy rivojlanish bilimlarni faol o'zlashtirish va ijodiy qo'llash jarayonida juda intensiv yuz beradi. Aql rivojlanishining xarakterli xislatlariga quyidagilami kiritish mumkin: • atrof-muhitga faol munosabatda bo'lish; Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling