‘z b e k I s t n r e s p u b L 1k a s I o L iy va ‘rta m a X s u c ta’l I m V a zir L ig I
6 -§ . Sovitish tizimlarining vazifasi va ularning tasnifi
Download 40 Kb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik texnikasi (R.Zohidov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 7 -§ . Sovitish suyuqliklari
7 6 -§ . Sovitish tizimlarining vazifasi va ularning tasnifi
Sovitish tizimi dvigatelning qizigan detallaridan issiqlikni m ajburan tashqi m u hitga tarqatib, unin g kerakli issiqlik m aro m id a ishlashini t a ’minlaydi. Dvigatelda ish siklining o ‘rtacha harorati 1070... 1270 К (800...1000°C). Bunday haroratda krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizm ining detallari qizib ketadi, ishqalanuvchi yuzalar orasida m oy quyib ishqalanish haddan tashqari oshib ketadi. Natijada porshen haddan tashqari kengayib, silindr ichida tiqilib qoladi, podshipniklar esa erib ketishi m um kin. Shu sababli dvigatelning qizigan detallaridan issikqlikni uzluksiz ravishda tashqi m uhitga tarqatib turish lozim. Lekin dvigatel haddan tashqari sovutib yuborilsa ham issiqlik energiyasi bekorga sarf b o ‘ladi. M oy quyuqlashib, ishqalanishga sarflanadigan quvvat oshadi. Bundan tashqari, yonuvchi aralashma qisman tomchiga aylanib, silindrlar devoridagi moyni yuvib tushiradi. N atijada silindr-porshen guruhiga kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi. D em ak, dvigatelning juda qizib ketishi yoki haddan tashqari sovib qolishi uning foydali quw atini kamaytirib, tejamkorligini yomonlashtiradi. Sovitish tizimi esa dvigatelning ishlashi uch u n qulay b o ‘lgan issiqlik m arom ini belgilangan holda saqlab turadi. 7 7 -§ . Sovitish suyuqliklari Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi. Chunki u issiqlikni o ‘ziga tez qabul qiladi va tarqatadi, arzon va yetarli m iqdorda b o ‘ladi. 189 www.ziyouz.com kutubxonasi Lekin sovitish ta rm o g ‘ida qaynagan suvning quyqasi c h o ‘kib, suv g'ilofl, devorlarida tuz qatlami paydo bo'ladi. Natijada silindrlar blokining issiqlik o ‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g ‘iloflarining devorlari zanglash natijasida yemiriladi. Suv qishda muzlab, dvigatelning devorlarini darz ketkazishi yoki yorib yuborishi m um kin. S huning uch u n sovituvchi suyuqlik sifatida yuqorida aytib o ‘tilgan kamchiliklardan holi b o ‘lgan antifriz keng q o ‘llanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi. Antifriz M-40: 47 foiz suv, 53 foiz etilenglikol (muzlash harorati 23 3 K) (-40°C); antifriz M-65: 34 foiz suv, 66 foiz etilenglikol (muzlash harorati 207K) ( 66 °C). Antifriz kishi organizmi uchun zaharli. U ning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan ancha kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antfriz q o ‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past. Natijada silindrlar devorining harorati 15 ... 20°C ga ortiqroq qiziydi. Shu sababli antifrizning issik kunda qoMlanilishi b a ’zan dvigatelni haddan tashqari qizdirib yuboradi. Yuqorida aytilgan sabablarga ko'ra sovituvchi suyuqlik sifatida qish davrida antifriz va yoz kunlarida toza yumshoq suv ishlatish maqsadga muvofiq. Tizim da ishlatish uchun yom g‘ir yoki qor suvi tavsiya qilinadi. C hunki bu suv yumshoqlik xususiyatiga ega. Bu maqsadda quduq, bulok yoki dengiz suvini ishlatish yaramaydi. Daryo va ko'l suvlarini yumshatish u chun bu suvlar 30...40 minut qaynatiladi va sovitish tarm o g ‘iga quvishdan a w a l besh-olti qavat dokadan o'tkazib tozalanadi. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling