X X II B O B . IC H K I Y O N U V D V IG A TELLA R I
N A Z A R IY A S I
73 -§ . Ichki yonuv dvigatellari haqida tushuncha
Ichki yonuv dvigatellari avtom obillarda, samolyotlarda, tanklarda.
traktorlarda, motorli qayiqlar va boshqalarda o ‘rnatiladi.
T o krt taktli benzinda ishlaydigan dvigatelni k o ‘rib chiqamiz:
ichki
yonuv dvigatelining asosiy qismi — yoqilg‘i yonishini hosil qiluvchi bir
va b ir n e c h ta silindr h i so b la n a d i. S ilin d rn in g ich id a esa p o r s h e n
harakatlana di. P o rsh en m etall sterjen bilan t a ’m inla n g an b o l i b , u
porshenni shatun bilan bog‘lashga hizm at qiladi. Shatun esa o ‘z
navbatida
porshen orqali tirsakli valga harakatni berishga xizmat qiladi. S ilindr
ning yuqori qismida ikkita yopiq klapanlari b o ‘lib, biri yoqilg‘ini purkashga
xizmat qilsa, ikkinchisi ishlatib b o ‘lgan gazlarni chiqarib yuborishga xizmat
qiladi. Klapanlar p o ‘latli sterjenlar harakati tufayli ochiladi. Klapanlardan
tashqari silindrning yuqori qismida svecha joylashgan.
U aralashma elektr
uchquni yordamida yonishiga xizm at qiladi.
Benzinli ichki yonuv dvigatellarida yonuvchi aralashma hosil qiluvchi
asosiy qismi karbyurator hisoblanadi. Dvigatelning ish bajarishi 4 ta
taktdan iboratdir.
I takt — s o ‘rish. S o ‘ruvchi klapan ochilib,
porshen pastga qarab
harakatlanishi davom ida yonuvchi aralashm a karbyuratordan silindrga
o'tadi.
II takt — siqilish. S o‘ruvchi klapan yopilishi bilan porshenning yuqoriga
xarakatlanishi tufayli aralashm a siqiladi.
III takt — yonish. Porshen eng yuqori holatga o ‘tganda
aralashm a
svecha orqali beriladigan elektr uchquni yordam ida yoqiladi. S huning
hisobiga bosim ko‘tarilganligi tufayli kuch porshenni yana pastga itaradi.
Bu harakat tirsakli valga beriladi, shuning natijasida ish bajariladi. Ish
bajarilishi hisobiga yoqilg‘i mahsulotlari soviydi va pasayib bosim atmosfera
bosimigacha yetib keladi.
IV takt — chiqarib yuborish. C hiqarib
yuboruvchi klapan ochilib
ishlatib b o ‘lingan gazlartashqi muhitga glushitel orqali chiqarib yuboriladi.
Yuqorida keltirilgan taktlardan uchinchisi ishchi takt hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: