‘z b e k is t n r e s p u b L ik a s I o L iy V a ‘r t a m a X su s t a ’l im V a z ir L ig I u r g a n c h d a V l a t u n IV e r s it e t I


-mavzu. Okeanlar tabiiy geografiyasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/57
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1582791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
YaDA dasturi Geografiya yonalishi uchun 2022-2023

3-mavzu. Okeanlar tabiiy geografiyasi
Kirish. Okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan 
aloqasi. Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari.
Okeanning birlamchiligi, ikkilamchiligi va litosfera plitalari tektonikasi nazariyalari. 
Okean tagi relefining asosiy shakllari, okean tagi yotqiziqlari.
Dunyo okeanining iqlimi va suv massalari. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Doimiy va 
mavsumiy past va baland atmosfera bosimi markazlari, doimiy shamollar. Suvning sho‘rligi va 
harorati. Suv massalari va ularning harakati. Okeandagi hayot. Okean mavjudotlarining 
geologik faoliyati. Dunyo okeani biotsenozlari va biogeografik oblastlari.
Dunyo okeanining geografik mintaqalari. Suv yuzasidagi va okean tubidagi geografik 
mintaqalar. Okean tabiatini muhofaza qilish.
Regional birliklari: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani. Okeanlarga umumiy 
tabiiy geografik ta’rif.
4-mavzu. Materiklar tabiiy geografiyasi
Yevrosiyo
Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar, okeanlar, dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘ozlar 
haqida umumiy tushuncha. Yevrosiyoning asosiy xususiyatlari (maydonining kattaligi
shimoldan janubga cho‘zilganligi va shimoliy yarim shardagi hamma geografik mintaqalaming 
namoyon bo‘lganligi. Yevropa qit’asining geologik tuzilishi va relefi. Yevropa qit’asining iqlim 
hosil qiluvchi omillari. Iqlim mintaqalari va tabiat zonalari. Ichki suvlari (daryolari, ko‘llari, yer 
osti suvlari). Yevropa tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami. Yevropaning yirik regional tabiiy 
geografik o‘lkalari. Shimoliy Yevropa, Markaziy Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa. 
Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalarning kichik tabiiy geografik o‘lkalarga ajratilishi. 
Shimoliy Yevropa: Fennoskandiya, Islandiya, 0 ‘rta Yevropa yoki Germaniya-Polsha 
tekisliklari, Gertsin Yevropasi va Britaniya orolllari tabiiy geografik o‘lkalari. Har bir regional 
tabiiy geografik o‘lkaning umumiy tabiiy geografik tasnifi: geografik o‘mi, tektonikasi va 
geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va 
hayvonot dunyosi, tabiatiga inson faoliyatining ta’siri.
Osiyoning geologik tuzilishi va relefi. Relef shakllarining xilma-xilligi. Osiyoning iqlimi 
va tabiat zonalari. Osiyoning ichki suvlari. Osiyo tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami. 
Geografik mintaqalari va tabiat zonalari. Yirik tabiiy geografik o‘lkalari: G‘arbiy Sibir, Sharqiy 
Sibir, Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, 
0 ‘rta Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Old Osiyo. Har bir regional tabiiy geografik 
o‘lkaning umumiy tabiiy geografik tasnifi: geografik o‘mi, tektonikasi va geologik tuzilishi
foydali qazilmalari va relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi
tabiatiga inson faoliyatining ta’siri.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling