‘z b e k is t n r e s p u b L ik a s I o L iy V a ‘r t a m a X su s t a ’l im V a z ir L ig I u r g a n c h d a V l a t u n IV e r s it e t I
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
YaDA dasturi Geografiya yonalishi uchun 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- ( £ . d a g i m a jli s i d a ( B a y o n n o m a № / 4 )
2 - £
Q £ ■ d a g i m a j l i s i d a ( B a y o n n o m a № 2 J I m u h o k a m a q ilin d i v a f a k u l lc t k c n g a s h i d a k o 'rik r 'c f f iq is h u c h u n t a v s i y a q il in d i K a f e d r a m u d ir i: d o ts . A b d u lla y e v A . Y a k u n iy D a v la t A tte s l a ts iy a s i d a s tu r i T a b iiy f a n la r f a k u l te t i k e n g a s h i n i n g 2 0 2 2 yil ( ? £ . d a g i m a jli s i d a ( B a y o n n o m a № / 4 ) kft rib c h i q ild i v a u n iv e r s i te t k e n g a s h i i’a t a s d i q la s h u c h u n ta v s i y a q ilin d i K c n g a s h r a is i: d o ts . P o lv o n o v X . Y a k u n iy D a v la t A tte s t a ts iy a s i d a s tu r i U r g a n c h d a v l a t u n i v e r s i t e t i K e n g a s h in i n g 2 0 2 2 yil 4 . с ’ ■? d a g i № H - s o n li y i g 'i l i s h i d a m u h o k a m a q il in g a n v a t a s d i q la n g a n . I KIRISH Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi 5140600-Geografiya ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bitiruvchi talabalaming “Umumiy tabiiy geografiya”, “Jahon geografiyasi”, “0 ‘zbekiston geografiyasi”, “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi”, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanlari bo‘yicha egallagan bilim va malakalarini baholash uchun tuzilgan. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga keskinlashib borishi insonning tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan hamda uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqozo etadi. Bunda talabalar geografik qobiqning qonuniyatlari, ularning manbalari, omillari, sabab va oqibatlari hamda ho‘jalik faoliyatida ularga amal qilish lozimligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar. “Umumiy tabiiy geografiya” kursi universitetlarda geograflar tayyorlashda tabiiy geografiyadan asosiy bilim va tushunchalar beradigan fandir. Shu bilan birga geografiya faninning tuzilishi, rivojlanish tarixi, umumgeografik qonuniyatlar haqida ma’lumot beradi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi dunyo tabiati komplekslari va komponentlarining tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Ushbu fan talabalarga yer kurrasida ro‘y beradigan tabiiy jarayon va hodisalarni, geografik tizimlar yoki ularni tashkil qilgan ayrim komponentlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik va ta’sirni, o‘xshash va farq qiluvchi qonuniyatlarni o‘rganish bo‘yicha bilimlar beradi. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o‘quv predmetida aholi va xo‘jalikni jahon hamda uning ayrim mintaqalarida, mamlakatlarida joylanish va rivojlanish xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Mazkur fanning regional bo‘limida talabalar dunyoning turli davlat va hududlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy jarayonlaming mazmun-mohiyati, sabab-oqibatlari, qonuniyat va aloqadorliklari, shuningdek globallashuv jarayonlarining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. 0 ‘zbekiston geografiyasi o‘quv kursi oliy ta’lim tizimida geograf bakalavrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu o‘quv kursi Vatanimiz - 0 ‘zbekiston tabiiy sharoiti va resurslari, ulardan omilkorlik bilan foydalanish, muhofaza qilish haqida bilimlar berish bilan birga, respublikamiz tabiati va xo‘jaligining rivojlanishi qonuniyatlarini tushunib olishga xizmat qiladi. 0 ‘zbekiston geografiyasi o‘quv kursining asosiy maqsadi talabalarda mamlakatning tabiati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy va mineral xom ashyo salohiyati, aholi va mehnat resurslari, xo‘jaligi, uning tarmoqlar va hududiy tuzilishi hamda rivojlanishi masalalari bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iborat. Jamiyat taraqqiyotini har tomonlama yetuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin. Bugungi kun talabi esa yangi texnologiyalarga asoslangan holda geografik voqea va hodisalarni, geografik jarayonlami, ularning sabab va oqibatlarini, qonuniyatlarini, tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy tushunchalarni bilim oluvchilarga yetkaza olishga qodir yuksak malakali o‘qituvchilami tayyorlash hisoblanadi. Bu vazifani a’lo darajada bajarish uchun Vatanimizga fanni chuqur biladigan, metodik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar kerak bo‘ladi. Ushbu kursda talabalarga aynan shunday pedagog bo‘lib yetishishlari uchun yetarlicha bilim berish va malaka shakllantirish nazarda tutilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling