‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus
/ Qleskari. Misol, Qt0‘S‘r r
Download 3.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Logistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Moddiy oqimlarni boshqarish
- 10- rasm. Logistik operatsiyalarning turlari
/
Qleskari. Misol, Qt0‘S‘r r 500 ming.t, Q teskari= 375 ming.t bo‘lsin,u holda K = Qwg-n / Qteskari = 500 ming.t / 375 ming.t = 1.33 bo‘ladi. Nazorat savollari: 1. Harakat yo‘nalishiga qarab yuklar qanday nomlanadi? 2. Yuk oqimlari qanday o ‘lchovlarga ega bo‘lishi mumkin? 3. Oqimning quvvati deb nimaga aytiladi? 4. Yuk oqimi epyurasi qanday quriladi? 5. Yuk oqimining notekislik koeffitsiyenti qanday baholanadi? 3.4. Moddiy oqimlarni boshqarish Avval aytib o ‘tilganidek moddiy obyekt ustidan m a’lum bir xatti- harakatlar qilish natijasida moddiy oqimlar vujudga keladi. M oddiy oqimlarni boshqarish uchun ularni qabul qilish, bu oqimga taalluqli axborotlami qayta ishlash va ularni uzatish kerak. Bu ishni amalga oshirishdagi barcha xatti- harakatlar logistik ope- ratsiyalar deb ataladi. Umuman olganda barcha moddiy yoki axborot oqimlarini yangidan tuzishga yo‘naltirilgan harakatlar majmui logistik operatsi- yalar deb hisoblanadi. 42 M oddiy oqimlar ustidan amalga oshiriladigan logistik operatsi- yalarga ortish, transportirovka qilish, tushirish, butlash, taxlash, joylashtirish va boshqa operatsiyalar kiradi. Axborot oqimlari bilan amalga oshiriladigan logistik operatsi- yalarga moddiy oqimlarga taalluqli m a’lumotlami to‘plash, qayta ishlash va axborotlami uzatish kabi xatti- harakatlar kiradi. Logistik operatsiyalar bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi (10- rasm). I 10- rasm. Logistik operatsiyalarning turlari Logistik operatsiyalarning yiriklashtirilgan guruhi logistik vazifalar (funksiyalar) deb ataladi. Logistik operatsiyalami paxta xomashyosini tashish misolida ko‘rib chiqaylik (Sh.O.Butayev materiallari). Tayyorlov punktlaridan paxta tozalash zavodlariga paxta homashyosini tashishda quyidagi logistik operatsiyalar bajariladi. Tayyorlov punktida shibbalangan paxta g ‘arami yumshatiladi va avtopoyezdga g ‘aram to'plovchi mexanizm yordamida ortiladi. Avtopoyezdni o ‘zining va yuk ortilgandan keyingi og‘irliklari taro- zida tortib aniqlanadi. Yukni jo ‘natish hujjatlari rasmiylashtiriladi. 43 Avtopoyezdv yukni paxta zavodiga olib keladi. Avtopoyezdni o ‘zining va yuk ortilgandan keyingi og‘irliklari tarozida tortib aniqlanadi. Olib kelingan yuk qabul qilinib olinadi va kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Qabul qilib olingan yuk tushiriladi va omborlarga joylashtiriladi. Bu operatsiyalarning to ‘plami (majmui) logistik funksiyaniv tashkil etadi. Masalan, yuk jo ‘natilishini tashkil etish funksiyasi, qabul qilib olish fimksiyasi. Avtopoezdlar kunlik bajargan ishiga paxta zavodining omborini kerakli zaxiralar bilan toMdirish yoki ehtiyojini qondirish funksiyasi deb qarash mumkin. Paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlashni ikki bosqichli logistik funksiya deb qarash mumkin ekan. Bunda birinchi bosqichda paxta dalaiarida yetishtirilgan paxta xomashyosini tayyorlov punktlariga tashib clish va saqlash. Ikkinchi bosqich esa tayyorlov punktlaridan homashyoni zavodga tashib keltirish va u yerda uni qayta ishlash. Download 3.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling