Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус


Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida


Download 136.49 Kb.
bet5/9
Sana23.06.2023
Hajmi136.49 Kb.
#1651224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева

Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida talaba ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatining tahlili asosida aniqlagan omillarni takomillashtirish tadbirlarini taklif qiladi.
Iloji boricha, har bir taklif qilingan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblash kerak. Bu hollarda tadbirlarni hayotda tadbiq qilishdagi samaradorligi yoki boshqa tarmoqlar, birlashmalar tajribalarini dalil qilishga asoslanadi:

  1. Ishlab chiqarishning o`zgaruvchanligini ta`minlangan holda korxonaning foydasini oshirish (mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish , assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash, mahsulot ishlab chiqarish tuzilishini rejalashtirishni, narx siyosatini, marketing tadqiqotlarini, innovatsiya siyosatini, strategik boshqarish sistemasini, moliyaviy siyosatni takomillashtirish hisobiga va hokazo).

  2. Mehnat unumdorligining o`sishi ( xodimlar siyosatini takomillashtirish hisobiga, xodimlarni motivatsiyasi, boshqarishning tashkiliy sistemasini takomillashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini axborot, texnik, texnik va dasturiy ta`minlash, boshqaruvning asosiy funksiyalaridan foydalangan holda va hokazo).

Bundan tashqari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmini, uning raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish biznes rejasini tuzish takliflari ham berilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning to`rtinchi bobi hayot faoliyati xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi masalalari va chora-tadbirlariga bag’ishlanadi. Ushbu bobda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida mehnat muhofazasining tashkil etilishi masalalari hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo`yicha ko`rsatmalarga doir ma`lumotlar yoritiladi.
Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish jarayonida "Hayot faoliyat xavfsizligi va mehnat muhofazasi" bo`limining asosiy tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo`lishi tavsiya etiladi:
Sanitariya-gigiena asoslari;
Yong’in xavfsizligi masalalari;
Tabiatni muhofaza qilish;
Favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi;
Mehnat xavfsizligi masalalari bo`yicha asosiy, qo`shimcha va individual himoya vositalari va ulardan unumli foydalanish qismlari.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusidan kelib chiqib yuqorida keltirilgan qismlardan tegishlilari tanlab bajarilishi tavsiya etiladi.

Download 136.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling