Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус


Download 136.49 Kb.
bet1/9
Sana23.06.2023
Hajmi136.49 Kb.
#1651224
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева


O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus
Ta`lim Vazirligi


Buxoro muhandislik- texnologiya instituti
«Menejment» kafedrasi


«5232900-Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish» yo`nalishi bakalavrlarining
bitiruv malakaviy ishlarini
bajarish bo`yicha


U S L U B I Y K O’ R S A T M A


Buxoro - 2022


Tuzuvchilar:
Zayavitdinova N.M. – Menejment kafedrasi mudiri, dots.,i.f.n.
Yuldasheva S.N.- Menejment kafedrasi katta oqituvchisi.
Musayeva J.K.- Menejment kafedrasi katta oqituvchisi.
Primova A.A. - Menejment kafedrasi katta oqituvchisi.
Usmanova N.Yu..- Menejment kafedrasi katta oqituvchisi.
Taqrizchilar:
Navro’z-zoda Baxtiyor - BDU “Servis sohasi iqtisodiyoti” kafedrasi professori,i.f.d.
Boboyev A.Ch - BMTI “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.n.

“Menejment” kafedrasida tasdiqlangan. Bayon № «___» ____2022 y.


Institut uslubiy kengashida tasdiqlangan.Bayon № «___» ____2022 y


Ushbu uslubiy ko`rsatma “Menejment” yo`nalishi bo`yicha bakalavr tizimidagi bitiruvchi talabalar bitiruv malakaviy ishlarining mazmunini yoritishda, rasmiylashtirishda uslubiy yordam sifatida foydalanadi.
Kirish
Raqamli iqtisodiyot sharoitida, uning izchil va barqaror rivojlanishini ta`minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo`nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o`tilgan yo`l – oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim printsipial ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim to’g’risidagi qonun vazifalaridan kelib chiqqan holda malakali kadrlarni tayyorlash iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun asos bo`ladi. Bu qonunga asosan malakali iqtisodchi-menejerlarni tayyorlash izchillikni, chuqur bilimga ega bo`lishni, nazariyani amaliyot bilan bog’lanishni talab qiladi. Ta’lim to’g’risidagi qonunda ko`zda tutilgan asosiy vazifalardan biri ta`lim tizimini zamonaviy o`quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar hamda sifatli ta’lim bilan ta`minlashdan iboratdir. Ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va faol ta`lim omillaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik- texnologik vositalarni tadbiq qilish, talabalarni ko`proq mustaqil ishlashga undash, ilg’or tajribalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi sharoit talablariga mos holda ishlab chiqarishni boshqarish sanoat korxonalari oldida turgan asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni talab qiladi. O`z navbatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida bitiruv malakaviy ish muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodchi-menejerlar mehnat jamoasini boshqarishning eng oqilona usullaridan foydalanib ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga imkon yaratishni o`rganib, ularni amaliyotda qo`llaydilar.
Shu sababli korxonalarda, firmalarda hozirgi davr boshqaruv imkoniyatlaridan foydalanib ularga nisbatan minimal xarajatlarda katta iqtisodiy samara olib kelishi mumkinligini o`rganish davr talabiga mos ravishda rivojlanib boradi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish yo`nalishi bo`yicha bitiruvchilarni tayyorlash maxsus iqtisodiy bilimlarini egallashni talab etadi. Bitiruvchilar o`z kasblariga doir iqtisodiy va boshqaruvga oid bilimlarni bilishlari shart va zarur, ular bilimlarni egallash bilan bir qatorda iqtisodiy jabhada har tomonlama hayotga tayyor bo`lib borishlari zarur.
Ushbu uslubiy ko’rsatma bitiruvchi bakalavrlarga ularning bitiruv ishini yoritishda, rasmiylashtirishda uslubiy yordam berish uchun mo`ljallangan.



Download 136.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling