Z freydning klassik psixoanalizda psixik rivojlanish
Download 42.69 Kb.
|
Z.FREYDNING KLASSIK PSIXOANALIZDA PSIXIK RIVOJLANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday
- “Id” – biologik instinktlarmi
Ongsizlik nima?
Z. Freyd bizda “yashirinib” yotgan psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: “bessoznatelnoye” (ongsizlik), “podsoznaniye” (ongosti). O‘zbek olimlari ichida ongsizlikni “botiniy ong” deb atash taklifi ham kiritilgan (A. Usmonxo‘jayev). Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan va mohiyati to‘laligacha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayonlarning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Ularning ma’nosini o‘zgartirmagan holda men “ongsizlik” atamasini ma’qul topdim. Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o‘z-o‘zidan kundalik hayotda, uyquda, ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat. Z. Freydning ta’biricha, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida qo‘nim topadi. Ongsizlik tug‘ma xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi. Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday? Z. Freyd o‘z kuzatuvlariga asoslanib, inson ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego va super-ego. “Id” – bu instinktlar. U ongdan xolis. “Ego” – bu Men. Uning ongi bor. “Super-ego”, ya’ni “Super-men” – bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. “Super-men” odamning xulq-atvorini “tepadan” nazorat qilib turadi. Bu tushunchalarning har biriga ta’rif berib chiqamiz. “Id” – biologik instinktlarmi? Zigmund Freyd fikricha, evolyutsiyaning dastlabki bosqichida odamda o‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-atvorini belgilab bergan. Shu bilan parallel holda yoki biroz so‘ng bu funksiyani ko‘payish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Freyd barcha biologik instinktlarni (himoya, ovqat izlash va ko‘payish, ya’ni seksual) bitta so‘z bilan “Id” deb atagan. “Id” ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to‘g‘rirog‘i, ong ostiga tiqishtirilgan. “Id” qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida o‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag‘oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni uning ta’limoti bo‘yicha jinsiy mayl odamning xatti-harakatini tug‘ilganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd qondirilmagan his-tuyg‘u yoki maylning ruhiy quvvati ong ostida to‘planib boradi va o‘z ifodasini topishga urinadi, deb fikr yuritadi. Mayllar ichida u libidoni asosiy o‘ringa qo‘ygan. Download 42.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling